«Harakat xavfsizligini taʼminlash 1» mavzusi boʻyicha YHQ testi
YHQ testidagi «Harakat xavfsizligini taʼminlash 1» mavzusiga oid 51 ta savol: toʻgʻri javoblar va izohlar bilan. Izohni oʻqish uchun savolni oching yoki butun mavzuni trenajyorda yeching.
Mavzuni mashq qilish
51 ta savol ketma-ket · toʻgʻri javob darhol koʻrinadi
Bu mavzu savollari testning 37 ta biletida uchraydi, ulardan 9 tasida rasm bor.
Mavzu savollari
- Qaysi holatda egri yoʻlda harakatlanayotgan avtomobil turgʻunligi taʼminlangan?Uzatma ulangan holatda
- Avtomobilning qaysi gʻildiragi «sirpanib» tormozlanishga koʻproq moyil?Orqa gʻildiraklar
- Siz balandlikda svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutib toʻxtadingiz. Bunda avtomobilni joyida toʻxtab turishning eng yaxshi usuli:Toʻxtab turish tormozi bilan
- Agar gʻildiraklardagi tortish kuchi yoʻl bilan tishlashish kuchidan ortiq boʻlsa:Yetakchi gʻildiraklar oʻrnidan jimlay aylanadi
- Koʻrsatilgan avtosisternalardan qaysi biri burilishda agʻdarilib ketish xavfi kamroq, turgʻunroq?Suyuqlik bilan toʻliq toʻldirilgani
- Haydovchi tormozlanishda boshlangan avtomobilning sirpanib ketishini toʻxtatish uchun bajarishi kerak:Boshlangan tormozlashni tugatish
- Avtomobilning yon tomonga sirpanib ketishi nima sababdan roʻy berishi mumkin?Barcha sanab oʻtilgan hollarda
- Haydovchi orqa gʻildiraklari yetakchi boʻlgan avtomobilning orqa oʻqi sirpanib ketishi boshlanganida toʻxtatish uchun nima qilishi kerak?Boshqaruv rulini sirpanish boshlanayotgan tomonga burish
- Sirpanchiq yoʻlda orqa yetakchi avtomobil uchun tormozlashning qaysi usuli xavfsiz toʻxtashni taʼminlaydi?Ulagichni uzmasdan tormoz tepkisini koʻplab marta uzuq-uzuq bosish va qoʻyib yuborish
- Qaysi holda avtomobilning agʻdarilib ketishiga qarshi turgʻunligi ortadi?Ogʻirlik markazi pastda joylashganda
- Ishchi tormozi toʻsatdan ishlamay qolganda avtomobilni qanday toʻxtatish kerak?Eng past uzatmaga oʻtish, toʻxtab turish tormozi bilan tormozlash. Zarur boʻlganda biron-bir toʻsiqdan foydalanish
- Yoʻlovchilarning va mahkamlanmagan yukning shiddat bilan oldinga surilib ketishiga nima sabab boʻlishi mumkin?Faqat keskin tormozlash
- Sirpanchiq yoʻlda karbyuratorning drossel zaslonkasini keskin ochish qanday xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin?Avtomobilning yonga sirpanib ketishiga
- Koʻrsatilgan avtomobillardan qaysi biri agʻdarilishga qarshi turgʻunroq?Boʻsh yuk avtomobili
- Yoʻl quruq boʻlganda gʻildirak aylanmay, sirpanib tormozlanish tormoz yoʻliga qanday taʼsir etadi?Tormoz yoʻli ortadi
- Avtomobilning qaysi gʻildiraklari «sirpanib» tormozlanishga koʻproq moyil boʻladi?Orqa gʻildiraklar
- Qanday holda markazdan qochirma kuch burilishda kamayadi?Harakat tezligi pasayganda
- Burilishda harakat qilganda avtopoezdning tirkamasi siljiydimi?Burilish markaziga siljiydi
- Quruq yoʻlda darhol toʻxtash uchun nima qilish lozim?Tormoz pedalini ulagichni ajratmasdan bosish
- Haydovchi avtopoezd harakatining eng keng boʻlagini aniqlashda nimani hisobga olishi kerak?Kengligi boʻyicha transport vositasining oʻlchamlarini, shuningdek tirkamaning chayqalishini hamda uning burilish markaziga siljishini
- Haydovchi avtopoezdni tormozlashning qaysi qoidalariga rioya qilishi kerak?Oldindan tezlikni kamaytirish, ulagichni ajratmay, bir tekis tormozlash
- Sirpanchiq yoʻlda harakatlanayotganda karbyuratorning drossel zaslonkasini birdaniga ochish xavfi nimadan iborat?Avtomobilning yonga sirpanishi vujudga kelishi mumkin
- Sirpanchiq yoʻlda tormozlardan qanday foydalanish kerak?Ulagichni ajratmay turib sekin tormoz berishi va boshqaruv rulining keskin burilishiga yoʻl qoʻymasligi
- Chuqur kechuvdan oʻtgach, haydovchi nima qilishi shart?Qisqa masofa oraligʻida tormoz tepkisini bir necha bor bosib tormoz mexanizmi friksion ustqoplamalarini quritishi
- Qish vaqtida orqa yetakchi koʻprikli avtomobilda chuqur boʻlib qolgan gʻildirak izidan qanday chiqish mumkin?Uncha katta boʻlmagan tezlikda chiqish, birinchi galda boshqaruv chambaragini chiqish tomonning roʻparasiga, keyin esa chiqish tomoniga shiddat bilan…
- Sirpanchiq yoʻlda yurgizgich bilan tormozlashni qoʻllash orqa uzatmali avtomobil uchun:Avtomobilning turgʻunligini oshiradi
- Sanab oʻtilgan sharoitlardan qay birida avtomobillar va avtopoezdlardan foydalanish taqiqlanadi?Gidravlik tormoz tizimining zichligi buzilganda
- Avtomobil harakatlanayotganda kutilmaganda shinasi yorilib ketsa, haydovchi nima qilishi zarur?Rul chambaragini ushlab turish, toʻgʻri chiziqda harakatni saqlash, tezlikni kamaytirish va toʻxtatish
- Oʻng va chap gʻildiraklarining shinalari turlicha yeyilgan avtomobilga tormoz berish qanday xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin?Avtomobilning agʻdarilib ketishi mumkin darajada sirpanib ketishiga
- Avtomobil haydovchisi tormoz pedalini bosganda sirpanib ketishning xavfli oqibatlarini oldini olish uchun majbur:Boshlangan tormoz berishni toʻxtatishga
- Yoʻl burilishlarida avtomobilning markazdan qochirma kuchi qanday hollarda oshadi?Harakat tezligi ortishi bilan
- Ishqalanish koeffitsientiga shinalarning siyqalanib ketgan protektori qanday taʼsir qiladi?Ishqalanish koeffitsienti kamayadi
- Tik choʻzilgan qiyaliklarda ajratilgan uzatma bilan avtomobilni uzoq tormozlashning qanday xavfi bor?Tormoz qiziydi va ishdan chiqadi
- Togʻ yoʻllarining tik qiyaliklaridan tushishda gʻildiratishdan foydalanishga ruxsat etiladimi?Taqiqlanadi
- Yoʻlning sirpanchiq qismida rul chambaragini keskin burganda hosil boʻladigan sirpanishning oldini olish uchun haydovchi qanday ehtiyot choralarini koʻrishi kerak?Rul chambaragini zudlik bilan sirpanayotgan tomonga burish va tezda avtomobilni harakat yoʻnalishini toʻgʻrilab olish
- Agar avtomobil antiblokirovkali (ABS) tormoz tizimi bilan jihozlangan boʻlsa keskin tormoz berishni qanday amalga oshirish kerak?Tormoz tepkisini oxirigacha bosish va avtomobilni toʻliq toʻxtaguncha tepkini qoʻyib yubormaslik
- Qanday hollarda yoʻlning burilish qismlarida yengil avtomobil agʻdarilishga qarshi turgʻunroq?Yuksiz va yoʻlovchilarsiz
- Birinchi uzatmada uzoq tezlanishda yurish yoqilgʻi sarfiga qanday taʼsir etadi?Yoqilgʻi sarfi ortadi
- Yoʻlning keskin burilishida yuzaga keladigan sirpanishning oldini olish uchun haydovchi nima qilishi kerak?Burilishdan oldin tezlikni kamaytirish, kerak boʻlsa uzatmalar pagʻonasini pasaytirish, burilishdan oʻtayotganda tezlikni oshirmaslik va avtomobilni…
- Tormoz tizimiga ega boʻlmagan tirkama bilan harakatlanayotganda yengil avtomobilni tormoz yoʻli qanday oʻzgaradi?Tormoz yoʻli uzayadi
- Kunning qorongʻi vaqtida va bulutli ob-havoda roʻparadan kelayotgan avtomobil tezligi qanday tuyuladi?Aslidagidan kam tezlikda tuyuladi
- Sanab oʻtilgan qaysi hollarda haydovchi orqadagi vaziyatni eʼtiborga olishi kerak?Har qanday tormozlashda
- Avtomobilning antiblokirovka tizimi (ABS) burilishda sirpanish va yonga siljishni oldini oladimi?Avtomobilning sirpanish va yonga tomonga sirpanishini oldini olmaydi
- 90 km/soat tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda qancha masofani bosib oʻtadi?25 m
- Transport vositasi qiyalikda joyidan qoʻzgʻalishda toʻxtab turish tormoz dastagini qay vaqtda tushirishni boshlash kerak?Harakatni boshlash bilan bir vaqtda
- Yengil avtomobilning tormoz yoʻli tormoz tizimiga ega boʻlmagan tirkama bilan harakatlanayotganda qanday oʻzgaradi?Ortadi
- Gʻildiraklarni yoʻl bilan ilashishi yoʻqolganda (kuchli yomgʻir, sel yoki suv toshgan yoʻl qismlari) haydovchi:Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim
- Avtomobilning antiblokirovka tizimi (ABS) burilishda sirpanish va yonga siljishni oldini oladimi?Avtomobilning sirpanish va yonga tomonga sirpanishini oldini olmaydi
- Yoʻlning xavfli burilishlarida oldingi uzatmali avtomobilning orqa oʻqi yon tomonga sirpanganda siz qanday harakat qilasiz?Gaz pedalini ohista bosib, avtomobilni rul chambaragini toʻgʻrilab, avtomobilni sirpanishdan olib chiqib ketasiz
- Agar avtomobilning oʻng gʻildiraklari nam qoplamali yoʻl yoqasiga chiqib qolsa, tavsiya etiladi:Avtomobilni tormozlamasdan yoʻlning harakat qismiga ohista ravon burish
- Ushbu taniqlik belgilaridan qaysi biri haydovchining xohishiga koʻra oʻrnatiladi?Barchasi
Mavzu uchun kerakli YHQ bandlari
Shu mavzudagi savollar izohlarida eng koʻp tilga olinadigan bandlar:
«Xavfsizlik va yordam» boʻlimidagi boshqa mavzular
Koʻp beriladigan savollar
«Harakat xavfsizligini taʼminlash 1» mavzusida nechta savol bor?
YHQ testida «Harakat xavfsizligini taʼminlash 1» mavzusiga 51 ta savol berilgan. Har birining toʻgʻri javobi va izohi alohida sahifada.
«Harakat xavfsizligini taʼminlash 1» mavzusini qanday mashq qilish mumkin?
«Mavzuni mashq qilish» tugmasini bosing: savollar trenajyorda ketma-ket ochiladi, toʻgʻri javob darhol koʻrinadi. Bepul va roʻyxatdan oʻtmasdan.