Harakat xavfsizligini taʼminlash 1 · 3-bilet, 3-savol

Quruq yoʻlda darhol toʻxtash uchun nima qilish lozim?

Javob variantlari

  1. Ulagichni ajratish, shundan keyin darhol tormoz pedalini bosish
  2. Tormoz pedalini ulagichni ajratmasdan bosish✓ Toʻgʻri javob
  3. Uzatmani almashtirish va tormoz pedalini keskin bosish

Izoh

Keskin tormoz berish - bu birdan paydo boʻlgan yoki kech koʻrib qolingan toʻsiqqa kelib urilishining oldini olish uchun katta intensivlik (jadallik) bilan tormoz berish tushuniladi. Shu bois, masalan yosh bolaning yoʻlda birdan paydo boʻlish ehtimolini inobatga olgan holda haydovchi keskin tormoz berish vaqtida oʻzini qanday tuta olishini bilishi lozim. Bunda quyidagi usullar mavjud: rul chambaragini ikki qoʻlingiz bilan mahkam ushlang, avtomobil gʻildiraklarini blokirovka qilmang, chunki gʻildiraklarning uzunasiga sirpanishi tormoz yoʻlini qisqartirmaydi; harakatda toʻxtab turish tormozini qoʻllamang, chunki bu hol orqa gʻildiraklarning sirpanishini kuchaytirishi mumkin. Tormoz tepkisini qattiq (shiddat bilan emas) va ravon, shinaning yoʻlga nisbatan ilashishiga qarab, kuchaytirish bosish lozim. Keskin tormoz berish vaqtida ham avtomobil ustidan nazoratni yoʻqotmang.

«Harakat xavfsizligini taʼminlash 1» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish