Harakat xavfsizligini taʼminlash 1 · 42-bilet, 3-savol

Haydovchi avtopoezd harakatining eng keng boʻlagini aniqlashda nimani hisobga olishi kerak?

Javob variantlari

  1. Kengligi boʻyicha transport vositasining oʻlchamlarini, shuningdek tirkamaning chayqalishini hamda uning burilish markaziga siljishini✓ Toʻgʻri javob
  2. Faqat kengligi boʻyicha avtopoezdning oʻlchamlarini

Izoh

Yakka avtomobil boshqarishning barcha uslublari avtopoyezd uchun qoʻllanilishi mumkin, biroq uning katta vazni va gabaritlari (tashqi oʻlchami) bois bir qator xossalar bor. Avtopoyezd - bu bitta yarim tirkama yoxud bir yoki bir necha tirkamali shatakchi transport vositasidir. Harakat vaqtida tirkama doim shatakchi avtomobilning harakat yoʻlidan chetga siljib turadi va quvib oʻtish hamda qarama-qarshi yoʻnalishdagi harakat uchun xavf-xatar tugʻdiradi. Avtopoyezdning manevr qilishi yakka avtomobilga nisbatan yomonroq. Burilish vaqtida avtopoyezd burilish markazi tomon siljiyda va avtopoez harakat boʻlagi kengayishini haydovchi inobatga olishi lozim.

«Harakat xavfsizligini taʼminlash 1» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish