«Birinchi tibbiy yordam» mavzusi boʻyicha YHQ testi
YHQ testidagi «Birinchi tibbiy yordam» mavzusiga oid 34 ta savol: toʻgʻri javoblar va izohlar bilan. Izohni oʻqish uchun savolni oching yoki butun mavzuni trenajyorda yeching.
Mavzuni mashq qilish
34 ta savol ketma-ket · toʻgʻri javob darhol koʻrinadi
Bu mavzu savollari testning 27 ta biletida uchraydi, ulardan 0 tasida rasm bor.
Mavzu savollari
- Umurtqasining koʻkrak qismi shikastlangan kishi transportda qanday tashiladi?Qattiq taxtada orqasi bilan yotgan holda
- Qoʻl jarohatlanganda kiyim qanday tartibda kiydiriladi?Kiyim avval jarohatlangan qoʻlga, soʻngra sogʻ qoʻlga kiydiriladi
- Suyak singanda qotirib bogʻlash uchun nimadan shina sifatida foydalanish eng qoʻlay?Taxta boʻlagi
- Shikastlangan kishining oʻmrov suyagi singanda nima qilish kerak?Paxta yoki bint oʻramasini qoʻltiq sohasiga qoʻyib tirsagidan bukilgan qoʻlini gavdasiga qoʻshib bint bilan bogʻlash
- Sonning yumshoq toʻqimalari lat yeganda birinchi tibbiy yordam qanday koʻrsatiladi?Lat egan joyni qattiq bogʻlash, 15-20 daqiqaga muz solingan xalta qoʻyish. Oyoqni yuqori koʻtarish, tinch qoʻyish
- Son suyagining uchdan birining pastki qismi singanda jarohatlangan odamni transportda tashish uchun taxtakach qanday qoʻyiladi?Ikkita taxtakach oyoqning ichki va tashqi tomonidan qoʻyiladi. Bittasini oyoq toʻpigʻidan qoʻltiqosti chuqurigacha, ikkinchisini toʻpiqdan songacha
- Tos suyaklari singanda birinchi yordam qanday koʻrsatiladi?Shikastlanganni qattiq tekis yuzaga yotqizish, bukilgan va ikki tomonga kerilgan tizzalarining boʻgʻinlari ostiga gʻoʻla shaklida oʻram qoʻyish
- Qon oqishini toʻxtatuvchi jgut qoʻl-oyoqlarga qanday bogʻlanadi?Yaradan 10-15 sm yuqoriga
- Avtomobilda tibbiyot qutichasini qayerda saqlash lozim?Tayyorlovchi korxona tomonidan belgilangan joylarda berk holatda
- Toliqish haydovchining diqqatiga va eʼtiboriga qanday taʼsir qiladi?Haydovchining diqqati va eʼtibori pasayadi
- 5% li yod eritmasi (yod nastoykasi) nima uchun qoʻllaniladi?Yara atrofidagi terini ishlov berish uchun
- Qattiq charchoq boshlanishining asosiy tashqi alomatlari qanday?Koʻz sanchib ogʻriydi, yuz terisi oqaradi, uyqu bosadi
- Bosh miya va kalla suyagi oʻrtacha holatda jarohatlangan jabrlanuvchini transportning qaysi turida tashish kerak?Faqat tez tibbiy yordam mashinasida
- Koʻkrak qafasi shikastlangan yaradorni kerakli joyga qanday eltish kerak?Yaralangan yoni bilan yotgan yoki yarim oʻtirgan holda
- Jarohatdan behushlanganda birinchi tibbiy yordamni qanday koʻrsatish kerak?Mutloq tinch qoʻyish. Boshni tushirish, oyoqlarni koʻtarish, badanni isitish. Qaynoq ichimlik (choy va shu kabilar) berish. Bogʻlangan jgutni…
- Jabrlanuvchiga uning yurak faoliyati yoki nafas olishi toʻxtaganda qanday ketma-ketlikda birinchi yordam koʻrsatish zarur?Nafas yoʻllarini boʻshatish, sunʼiy nafas oldirish va yurakning ustidan massaj qilish
- Agar jonlantirishni (reanimatsiyani) 2 kishi bir vaqtda olib borganda yurakni bilvosita massaj qilish va sunʼiy nafas oldirish qanday bajariladi?Ikki marta havo puflanadi, soʻng yurak sohasi 30 marta bosiladi va hokazo
- Boldir suyagi oʻrtasidan singanda transportda olib yurish uchun taxtakach yoki uning oʻrniga oʻtuvchi narsa qanday qoʻyiladi?Tovon tagidan to son oʻrtasigacha oyoqning ichki va tashqi tomonidan ikkita shina qoʻyish kerak. Singan joyni, tizza va boldir-oyoq kafti…
- Benzin bugʻidan zaharlanishning alomatlari qanday?Mastga oʻxshab harakatlanadi, bosh aylanadi, ogʻriydi, koʻngil ayniydi, qayt qiladi, mushaklari tortishadi. Nafas olish sekinlashadi
- Qishda boldirga qon toʻxtatadigan jgutni qancha muddatga qoʻyish mumkin?1 soatdan koʻp boʻlmagan
- Koʻkrak qafasining koʻp qismi jarohatlanganda uni qayerdan boshlab bint bilan bogʻlash kerak?Koʻkrak qafasining quyi qismidan
- Qoʻl jarohatlanganda jabrlanuvchining koʻylagi, kiyimi qanday yechilsa toʻgʻri boʻladi?Kiyim-boshni yechishni sogʻ qoʻldan boshlash, soʻng kasal qoʻlni boʻshatish
- Qornidan yopiq jarohat olgan jabrlanuvchi qanday tashiladi?Yotqizilgan holatda, lat yegan joyiga sovuq narsa (muz, malham) qoʻyiladi
- Bosh miya jarohatlanishining asosiy alomatlari:Barchasi holatlar toʻgʻri
- Shokning belgilari:Barcha holatlar toʻgʻri
- Bosh miya jarohatlanishining quyidagi alomatlar bilan xarakterlanadi:Yuqoridagi barcha holatlar
- Arterial qon kelish alomatlarini koʻrsatingQon tomirlaridan pushti rangli kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqadi
- Venoz qon ketish alomatlarini koʻrsating:Qon tomirlaridan toʻq qizil rangdagi qon sizib oqib chiqadi
- Qorin boʻshligʻi jarohatlangan odamga ovqat, suv, dori-darmon berishi mumkinmi?Yoʻq
- Bosh miya jarohatlanganda, miya chayqalganda yoki boʻyin qismi jarohatlanganda birinchi yordam koʻrsatish:Jarohatlangan odamni qattiq va tekis zambilga solib, boʻyin qismi tagiga qattiq yostiqcha qoʻyib, qoʻzgʻatmasdan, mahkam bogʻlab shifoxonaga…
- Muskul va paylarning ezilishi hamda choʻzilishi alomatlari qanday?Jarohatlangan joyda shishi paydo boʻladi, ogʻriq seziladi, baʼzan shu joyda mayda kapillyar qon tomirlari yorilib, qon quyilishlari natijasida…
- Shokning belgilari qanday?Yuqoridagi barcha holatlar
- Qaysi holatlarda jabrlanuvchiga yurak-oʻpka reanimatsiyasini boshlash kerak?Xushidan ketishda, nafas olish faoliyati va qon aylanishi toʻxtaganda
- Qoʻl-oyoq uchlari (tirsakdan past qismi, boldir) sinishida transport shinalari yoki ularni qoʻlda yasash uchun vositalar boʻlmasa birinchi tibbiy yordam qanday koʻrsatiladi?Qoʻllarni tirsakdan bukib, roʻmolga osgan holda tanaga bogʻlash, oyoqlarni orasiga albatta yumshoq mato qoʻyib bir-biriga bogʻlash
«Xavfsizlik va yordam» boʻlimidagi boshqa mavzular
Koʻp beriladigan savollar
«Birinchi tibbiy yordam» mavzusida nechta savol bor?
YHQ testida «Birinchi tibbiy yordam» mavzusiga 34 ta savol berilgan. Har birining toʻgʻri javobi va izohi alohida sahifada.
«Birinchi tibbiy yordam» mavzusini qanday mashq qilish mumkin?
«Mavzuni mashq qilish» tugmasini bosing: savollar trenajyorda ketma-ket ochiladi, toʻgʻri javob darhol koʻrinadi. Bepul va roʻyxatdan oʻtmasdan.