Harakat xavfsizligini taʼminlash 1 · 58-bilet, 3-savol

Ishqalanish koeffitsientiga shinalarning siyqalanib ketgan protektori qanday taʼsir qiladi?

Javob variantlari

  1. Ishqalanish koeffitsienti kamayadi✓ Toʻgʻri javob
  2. Ishqalanish koeffitsienti oshadi
  3. Ishqalanish koeffisienti oʻzgarmaydi

Izoh

Protektor qatlamining yeyilishi bilan birga gʻildirakning yoʻl bilan tishlashishi yomonlashib, tormoz berayotganda yoki tezlikni oshirayotganda avtomobilning sirpanish ehtimoli koʻpayadi. Protektori butunlay yeyilib ketgan shinaning yoʻl bilan tishlashish koeffitsienti yangi shinaning ushbu koeffitsientidan ikki barobar kam. Shuning uchun shinasi yeyilgan avtomobildan foydalanish mumkin emas va yoʻl harakati qoidalarida taqiqlangan.

«Harakat xavfsizligini taʼminlash 1» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish