Harakat xavfsizligini taʼminlash 1 · 35-bilet, 13-savol
Siz balandlikda svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutib toʻxtadingiz. Bunda avtomobilni joyida toʻxtab turishning eng yaxshi usuli:
Javob variantlari
- Toʻxtab turish tormozi bilan✓ Toʻgʻri javob
- Ishchi tormoz bilan
- Birinchi uzatma ulangan holda ulagichni joydan jimlay aylantirish hisobiga
- Yurgizgich oʻchirilib, past uzatma ulangan holda
Izoh
Ishchi (asosiy) tormoz avtomobil harakatlanishi vaqtida doimiy foydalanishga moʻljallangan va haydovchiga avtomobil harakatini har xil intensivlikda sekinlashtirish yoki uni toʻxtatish uchun xizmat qiladi. Toʻxtab turish tormozi avtomobilni uzoq muddatli toʻxtash yoki toʻxtab turish vaqtida oʻz – oʻzidan harakatlanib ketishidan saqlab qolish uchun moʻljallangan.
Balandlikda svetoforning ruxsat etuvchi ishorasini kutib toʻxtaganda, avtomobilni joyidan jimlay ushlab turishning eng yaxshi usuli, toʻxtab turish tormozi (“qoʻl tormozi”) hisoblanadi. Chunki, bu avtomobilning orqaga harakatlanib ketishining xavfini kamaytiradi.
«Harakat xavfsizligini taʼminlash 1» mavzusidagi boshqa savollar
- Agar gʻildiraklardagi tortish kuchi yoʻl bilan tishlashish kuchidan ortiq boʻlsa:
- Koʻrsatilgan avtosisternalardan qaysi biri burilishda agʻdarilib ketish xavfi kamroq, turgʻunroq?
- Haydovchi tormozlanishda boshlangan avtomobilning sirpanib ketishini toʻxtatish uchun bajarishi kerak:
- Avtomobilning yon tomonga sirpanib ketishi nima sababdan roʻy berishi mumkin?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.