Harakat xavfsizligini taʼminlash 1 · 35-bilet, 7-savol
Ishchi tormozi toʻsatdan ishlamay qolganda avtomobilni qanday toʻxtatish kerak?
Javob variantlari
- Eng past uzatmaga oʻtish, toʻxtab turish tormozi bilan tormozlash. Zarur boʻlganda biron-bir toʻsiqdan foydalanish✓ Toʻgʻri javob
- Ulagichni ajratish va toʻxtab turish tormozi bilan keskin tormozlash
Izoh
Ishlayotgan tormozning birdan ishdan chiqishi holati alomatlari koʻp: avtomobil tezligi, toʻxtab turish tormozining ishlash qobiliyati, harakat oqimining zichligi, yoʻl kengligi, piyodalar, koʻkalamzorlashtirilgan joylar, qurilayotgan imoratlarning zichligi, qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan transport vositalarining zichligi va boshqalar. Shuningdek, koʻpgina toʻxtamlarga kelish mumkin. "Tormoz ishlamay qolganda nima qilish kerak?"degan savolga barcha holatlarga toʻgʻri keladigan javob berib boʻlmaydi. Shunday qilib, xavfli vaziyatda eng asosiy narsa bu: oʻziga ishonish va osoyishtalikni saqlash; kelib chiqqan holatni tezda baholash; inson hayotiga xavf-xatar solmaydigan va ziyon yetkazmaydigan qaror qabul qilish va qabul qilingan qarorni amalga oshirayotgan vaqtda vaziyatning oʻzgarishi natijasida taktikani oʻzgartirishga tayyor turish.
«Harakat xavfsizligini taʼminlash 1» mavzusidagi boshqa savollar
- Yoʻlovchilarning va mahkamlanmagan yukning shiddat bilan oldinga surilib ketishiga nima sabab boʻlishi mumkin?
- Sirpanchiq yoʻlda karbyuratorning drossel zaslonkasini keskin ochish qanday xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin?
- Koʻrsatilgan avtomobillardan qaysi biri agʻdarilishga qarshi turgʻunroq?
- Yoʻl quruq boʻlganda gʻildirak aylanmay, sirpanib tormozlanish tormoz yoʻliga qanday taʼsir etadi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.