«Harakat xavfsizligini taʼminlash 2» mavzusi boʻyicha YHQ testi

YHQ testidagi «Harakat xavfsizligini taʼminlash 2» mavzusiga oid 23 ta savol: toʻgʻri javoblar va izohlar bilan. Izohni oʻqish uchun savolni oching yoki butun mavzuni trenajyorda yeching.

Mavzuni mashq qilish

23 ta savol ketma-ket · toʻgʻri javob darhol koʻrinadi

Mavzuni mashq qilish

Bu mavzu savollari testning 21 ta biletida uchraydi, ulardan 2 tasida rasm bor.

Mavzu savollari

  1. Uzoq davom etadigan keng ravon yoʻlda avtomobilni yuqori tezlikda boshqarganda haydovchiga tezlik qanday qabul qilinadi?Aslidagidan sekin harakatlanayotganga oʻxshaydi
  2. Yoʻlning qanday qismida harakatlanganda kuchli yonlama shamol xavfi ortadi?Yoʻlning yopiq qismidan ochiq qismiga chiqishda
  3. Yoqilgʻi bilan taʼminlash tepkisini keskin tezlikni oshirish uchun bosayotganda, avtomobil sirpanishni boshlasa, haydovchi qanday harakat qilishi kerak?Tepkiga taʼsir etuvchi kuchni kamaytirish
  4. Quruq ob-havo sharoitida asfalt-beton qoplamali yoʻlda harakatlanayotgan haydovchi yomgʻir tomchilab qolganda nima qilishi kerak?Tezlikni kamaytirish va ehtiyot boʻlishi kerak
  5. Avtomobilni qanday boshqarish usuli yonilgʻi sarfini tejaydi?Ohista tezlanish va ohista sekinlashish bilan
  6. Yoʻlning qiyaliklarida qisqa muddatga toʻxtagan mexanik uzatmali avtomobilni joyidan toʻsatdan harakatlanib ketishini oldini olish uchun:Toʻxtab turish tormozidan foydalanish lozim
  7. Gʻildiraklarni yoʻl bilan ilashishi yoʻqolganda (kuchli yomgʻir, sel yoki suv toshgan yoʻl qismlari) haydovchi:Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim
  8. Avtomobilni qanday boshqarish usuli yonilgʻi sarfini tejaydi?Ohista (ravon) tezlanish va ohista sekinlashish bilan
  9. Yengil avtomobil tirkamasi burilishda qanday trayektoriya boʻyicha harakatlanadi?Burilish markaziga nisbatan avtomobil trayektoriyasidan ichkarida
  10. Tormoz yoʻli deb nimaga aytiladi?Haydovchi tormoz tepkisini bosgandan to avtomobil toʻliq toʻxtaguncha bosib oʻtilgan masofa
  11. Tezlik ortishi bilan haydovchining koʻrish maydoni qanday oʻzgaradi?Torayadi
  12. Haydovchining oʻrtacha reaksiya vaqti deb qabul qilingan:Taxminan 1 soniya
  13. Yoʻlning xavfli burilishlarida oldingi uzatmali avtomobilning orqa oʻqi yon tomonga sirpanganda siz qanday harakat qilasiz?Gaz pedalini ohista bosib avtomobilni rul chambaragini toʻgʻrilab avtomobilni sirpanishdan olib chiqib ketasiz
  14. Agar avtomobilning oʻng gʻildiraklari nam qoplamali yoʻl yoqasiga chiqib qolsa, tavsiya etiladi?Avtomobilni tormozlamasdan yoʻlning qatnov qismiga ohista ravon burish
  15. Tik nishabliklarda dvigatel bilan tormozlashda qiyalikka nisbatan qanday uzatma tanlanadi?Nishablik qancha qiyin boʻlsa uzatma pagʻonasi shuncha past tanlanadi
  16. Agar avtomobilning oʻng gʻildiraklari nam qoplamali yoʻl yoqasiga chiqib qolsa, tavsiya etiladi:Avtomobilni tormozlamasdan yoʻlning harakat qismiga ohista ravon burish
  17. Avtomobilning antiblokirovka tizimi (ABS) burilishda sirpanish va yonga siljishni oldini oladimi?Avtomobilning sirpanish va yonga tomonga sirpanishini oldini olmaydi
  18. Yengil avtomobil burilishda agʻdarilib ketishga qarshi turgʻunroq:Yoʻlovchisiz va yuksiz
  19. 108 km/s tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda qancha masofani bosib oʻtadi?30 m
  20. Balandlikda yoʻl chetida toʻsiq mavjud boʻlganda toʻxtagan avtomobilni joyidan gʻildirab ketishini oldini olish uchun oldingi gʻildiraklarni burib qoʻyish usuli qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan:A va C
  21. Oʻng tomondagi yondosh hududdan foydalanib qayrilib olishning koʻrsatilgan qaysi usuli harakat xavfsizligini taʼminlaydi?Faqat chap tomondagi rasmda
  22. Siz toʻgʻri yoʻlda harakatlanayotib toʻsatdan yoʻlning qisman kichik sirpanchiq qismiga duch keldingiz. Bunda qanday ehtiyot choralarini koʻrasiz?Harakat yoʻnalishini va tezlikni oʻzgartirmasdan ehtiyotkorlik bilan oʻtib ketish
  23. Yengil avtomobilning tormoz yoʻli tormoz tizimiga ega boʻlmagan tirkama bilan harakatlanayotganda qanday oʻzgaradi?Ortadi

«Xavfsizlik va yordam» boʻlimidagi boshqa mavzular

Koʻp beriladigan savollar

«Harakat xavfsizligini taʼminlash 2» mavzusida nechta savol bor?

YHQ testida «Harakat xavfsizligini taʼminlash 2» mavzusiga 23 ta savol berilgan. Har birining toʻgʻri javobi va izohi alohida sahifada.

«Harakat xavfsizligini taʼminlash 2» mavzusini qanday mashq qilish mumkin?

«Mavzuni mashq qilish» tugmasini bosing: savollar trenajyorda ketma-ket ochiladi, toʻgʻri javob darhol koʻrinadi. Bepul va roʻyxatdan oʻtmasdan.

Qoʻngʻiroq qilish