Harakat xavfsizligini taʼminlash 1 · 21-bilet, 9-savol
Koʻrsatilgan avtosisternalardan qaysi biri burilishda agʻdarilib ketish xavfi kamroq, turgʻunroq?
Javob variantlari
- Suyuqlik bilan toʻliq toʻldirilgani✓ Toʻgʻri javob
- Suyuqlik bilan 75% gacha toʻldirilgani
Izoh
Yuk avtomobilining muvozanati yoʻqolishiga mahkamlanmagan yuk sabab boʻladi. Burilishdagi harakat vaqtida mahkamlanmagan yuk yuk platformasida koʻchib, bortlariga urilishi va avtomobilning agʻdarilishiga sabab boʻlishi mumkin. Oʻxshash holat suyuq yuk ortgan avtomobil sisternalari harakatlanishida ham yuzaga keladi. Suyuq yuk ortgan avtomobillarning burilishlarda harakatlanishi jarayonida yukning bir bortdan ikkinchi bortga koʻchishi yuzaga keladi. Suyuq yuk tebranib bortlarga urilishi natijasida avtomobilning muvozanati yoʻqolishiga olib keladi.
«Harakat xavfsizligini taʼminlash 1» mavzusidagi boshqa savollar
- Haydovchi tormozlanishda boshlangan avtomobilning sirpanib ketishini toʻxtatish uchun bajarishi kerak:
- Avtomobilning yon tomonga sirpanib ketishi nima sababdan roʻy berishi mumkin?
- Haydovchi orqa gʻildiraklari yetakchi boʻlgan avtomobilning orqa oʻqi sirpanib ketishi boshlanganida toʻxtatish uchun nima qilishi kerak?
- Sirpanchiq yoʻlda orqa yetakchi avtomobil uchun tormozlashning qaysi usuli xavfsiz toʻxtashni taʼminlaydi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.