Harakat xavfsizligini taʼminlash 1 · 60-bilet, 9-savol

Oʻng va chap gʻildiraklarining shinalari turlicha yeyilgan avtomobilga tormoz berish qanday xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Javob variantlari

  1. Avtomobilning agʻdarilib ketishi mumkin darajada sirpanib ketishiga✓ Toʻgʻri javob
  2. Naqsh izlarining koʻchib ketishiga
  3. Tormoz barabanlarining qizib ketishiga

Izoh

Bir oʻqda oʻrnatilgan (chap va oʻng) shinalar naqshining ustki shakli va uning yoyilganlik darajasi barcha hollarda bir xil boʻlishi lozim, chunki bu hol tormozlanayotganda avtomobilning muvozanatini taʼminlovchi shartlardan biri hisoblanadi. Ushbu tartib inobatga olinmasa, tormozlanish vaqtida har xil tormoz kuchlari yuzaga kelib, muvozanatni yoʻqotishga olib keluvchi hollarni vujudga keltiradi. Avtomobilning yeyilgan shina naqshi tomoni oldinga intilib, aks tomoni orqada qoladi. Bu holda avtomobil bir tomonga siljib, maqbul boʻlmagan sharoitlarda muvozanatini yoʻqotib, agʻdarilishi mumkin.

«Harakat xavfsizligini taʼminlash 1» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish