Harakat xavfsizligini taʼminlash 1 · 58-bilet, 17-savol
Agar avtomobilning oʻng gʻildiraklari nam qoplamali yoʻl yoqasiga chiqib qolsa, tavsiya etiladi:
Javob variantlari
- Avtomobilni tormozlash va toʻliq toʻxtatish
- Avtomobilni tormozlamasdan yoʻlning harakat qismiga ohista ravon burish✓ Toʻgʻri javob
- Avtomobilni tormozlab, yoʻlning harakat qismiga ohista ravon burilish
Izoh
Harakatlanishda avtomobil oʻng gʻildiraklarining yumshoq va nam yoʻl yoqasida chiqishi oʻng va chap gʻildiraklar ilashish koeffisientlarining turlicha boʻlishiga va bu oʻz navbatida avtomobilning sirpanib ketishiga olib keladi. Bunday vaziyatda tezlikni pasaytirmay, yaʼni tormoz tepkisini bosmay rul chambaragini asta burib qatnov qismiga yoʻnaltirish kerak. Ushbu holatda tormozlash ham avtomobilning sirpanishiga olib keladi.
«Harakat xavfsizligini taʼminlash 1» mavzusidagi boshqa savollar
- Ushbu taniqlik belgilaridan qaysi biri haydovchining xohishiga koʻra oʻrnatiladi?
- Qaysi holatda egri yoʻlda harakatlanayotgan avtomobil turgʻunligi taʼminlangan?
- Avtomobilning qaysi gʻildiragi «sirpanib» tormozlanishga koʻproq moyil?
- Siz balandlikda svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutib toʻxtadingiz. Bunda avtomobilni joyida toʻxtab turishning eng yaxshi usuli:
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.