Harakat xavfsizligini taʼminlash 1 · 2-bilet, 12-savol
Yoʻlning keskin burilishida yuzaga keladigan sirpanishning oldini olish uchun haydovchi nima qilishi kerak?
Javob variantlari
- Sanab oʻtilgan ikkisiga ham ruxsat etiladi
- Burilishdan oldin tezlikni kamaytirib, avtomobilni erkin harakatlanishi uchun ilashma tepkisini bosishi
- Burilishdan oldin tezlikni kamaytirish, kerak boʻlsa uzatmalar pagʻonasini pasaytirish, burilishdan oʻtayotganda tezlikni oshirmaslik va avtomobilni keskin tormozlamaslik✓ Toʻgʻri javob
Izoh
Xavfli burilishda yuqori tezlik oqibatida vujudga keladigan markazdan qochirma kuchning taʼsiri oqibatida harakatlanayotgan avtomobil yon tomonga surilib ketishi mumkin. Shuning uchun, haydovchi oldindan, burilishning radiusiga mutanosib ravishda tezlikni pasaytirishi, zarur holatlarda past uzatmaga oʻtishi, burilishda esa tezlikni keskin oshirmasdan va tormozlamasdan harakatni davom ettirishi kerak. Burilishlarda avtomobilni gʻildiratish avtomobil boshqaruvini yoʻqotish bilan barobardir.
«Harakat xavfsizligini taʼminlash 1» mavzusidagi boshqa savollar
- Tormoz tizimiga ega boʻlmagan tirkama bilan harakatlanayotganda yengil avtomobilni tormoz yoʻli qanday oʻzgaradi?
- Kunning qorongʻi vaqtida va bulutli ob-havoda roʻparadan kelayotgan avtomobil tezligi qanday tuyuladi?
- Sanab oʻtilgan qaysi hollarda haydovchi orqadagi vaziyatni eʼtiborga olishi kerak?
- Avtomobilning antiblokirovka tizimi (ABS) burilishda sirpanish va yonga siljishni oldini oladimi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.