Harakat xavfsizligini taʼminlash 1 · 5-bilet, 3-savol
Yoʻlovchilarning va mahkamlanmagan yukning shiddat bilan oldinga surilib ketishiga nima sabab boʻlishi mumkin?
Javob variantlari
- Tezlikni keskin oshirish va keskin tormozlash
- Faqat keskin tormozlash✓ Toʻgʻri javob
- Faqat tezlikni keskin oshirish
Izoh
Haydovchi, yoʻlovchilar hamda mahkamlanmagan yuk birdan tormozlash, toʻqnashuv yoki avtomobilning keskin toʻxtashidan keyin avtomobil toʻxtashidan oldin mavjud harakat tezligini saqlagan holda harakatda davom etadilar. Aynan shu vaqtda jarohatlarning koʻpgina qismi boshning old peshonaga, koʻkrak qismining rul chambaragi va rul kolonkasiga, tizzaning asboblar oʻrnatilgan shchit qirrasiga urilishi natijasida yuzaga keladi. Yuk siljishi natijasida avtomobil muvozanatini yoʻqotib, agʻdarilishi mumkin. Shu bois, harakatdan oldin haydovchi va yoʻlovchilar xavfsizlik kamarini taqishi, yuk mahkamlanishi lozim.
«Harakat xavfsizligini taʼminlash 1» mavzusidagi boshqa savollar
- Sirpanchiq yoʻlda karbyuratorning drossel zaslonkasini keskin ochish qanday xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin?
- Koʻrsatilgan avtomobillardan qaysi biri agʻdarilishga qarshi turgʻunroq?
- Yoʻl quruq boʻlganda gʻildirak aylanmay, sirpanib tormozlanish tormoz yoʻliga qanday taʼsir etadi?
- Avtomobilning qaysi gʻildiraklari «sirpanib» tormozlanishga koʻproq moyil boʻladi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.