Harakat xavfsizligini taʼminlash 1 · 27-bilet, 20-savol
Avtomobil harakatlanayotganda kutilmaganda shinasi yorilib ketsa, haydovchi nima qilishi zarur?
Javob variantlari
- Ishchi tormoz bilan toʻla toʻxtaguncha keskin tormozlash
- Avtomobilni toʻxtab turish tormozi yordamida toʻxtatish
- Rul chambaragini ushlab turish, toʻgʻri chiziqda harakatni saqlash, tezlikni kamaytirish va toʻxtatish✓ Toʻgʻri javob
Izoh
Shinalarning birida bosimning kamayishi uning aylanishiga qarama-qarshiligini kuchaytiradi va koʻndalang qattiqligini kamaytiradi. Shuning uchun bosimi boʻlmagan shina bilan avtomobil yon tomonga ogʻadi. Boshqarishni saqlab qolish uchun haydovchi rul chambaragini ushlab turib, tezligini pasaytirishi va toʻxtatish lozim.
«Harakat xavfsizligini taʼminlash 1» mavzusidagi boshqa savollar
- Oʻng va chap gʻildiraklarining shinalari turlicha yeyilgan avtomobilga tormoz berish qanday xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin?
- Avtomobil haydovchisi tormoz pedalini bosganda sirpanib ketishning xavfli oqibatlarini oldini olish uchun majbur:
- Yoʻl burilishlarida avtomobilning markazdan qochirma kuchi qanday hollarda oshadi?
- Ishqalanish koeffitsientiga shinalarning siyqalanib ketgan protektori qanday taʼsir qiladi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.