Avtodrom: 12 ta mashq va jarima ballari

Avtodromdagi amaliy imtihon 12 ta mashqdan iborat. Xatolar uchun jarima ballari qoʻyiladi: kichik, oʻrta va qoʻpol xatolar. «Svetofor» avtomaktabining oʻz avtodromi Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan, moʻljal — Arnasoy koʻchasi (sobiq Pionerskaya koʻchasi).

Simulyatorda mashq qiling

Maydon marshruti 3D formatda: imtihon mashqlari, svetoforlar va shu jadval boʻyicha jarima ballari. Brauzerda bepul ishlaydi — telefonda ham, kompyuterda ham. Simulyatorda barcha 12 ta mashq bor: maydonning oʻzida temir yoʻl kesishmasi yoʻq, u marshrutga qoʻshilgan.

Simulyatorni ochish →

Avtodromdagi 12 ta mashq

Amaliy imtihon mashqlari roʻyxati.

  • Harakatni boshlash (START)
  • Piyodalar oʻtish joyi
  • Toʻxtash va tik balandlikka koʻtarilish (Estakada)
  • 90 gradus burchak ostida burilishlar
  • Ilon izi
  • Harakat tartibga solingan chorraha
  • Tor joyda qayrilib olish uchun boksga kirish
  • Temir yoʻl kesishmasi (tartibga solinmagan)
  • Tezlashish boʻlagi
  • Avariya holatda toʻxtash
  • Orqaga harakatlanib parallel toʻxtash (Parkovka)
  • Harakatni yakunlash (FINISH)

Jarima ballari

32 ta xatodan iborat jadval. Har bir xato uchun ball belgilangan. 100 jarima balli toʻplansa, imtihon topshirilmagan hisoblanadi.

Kichik xatolik 9 ta xato

XatoBall
Xavfsizlik kamarini taqmadi5
Chapga burilish chirogʻini yoqmasdan “Start” chizigʻini kesib oʻtdi5
“Start” chizigʻidan keyin 10 metr masofada chapga burilish chirogʻini oʻchirmadi5
“Toʻxtash chizigʻi”dan oldin 1 metrdan koʻproq masofada toʻxtatdi5
Tegishli yoʻnalishdagi burilish chirogʻini yoqmadi5
4.7 va 3.24 yoʻl belgilarining talablarini buzdi5
“Harakatlanishni yakunlash (Finish)” chizigʻini kesib oʻtishdan oldin oʻngga burilish ishorasini yoqmadi5
Harakatlanish tezligini 20 km/soatdan oshirib yubordi (“Yoʻlning tezlashish qismida harakatlanish” mashqini bajarishdan tashqari)har 5 soniya uchun5
Svetoforning ruxsat beruvchi ishorasida chorrahadan oʻtish uchun 30 soniyadan koʻp vaqt sarfladi10

Oʻrta xatolik 13 ta xato

XatoBall
“Start” ishorasidan keyin 30 soniya davomida harakatni boshlamadi25
“Toʻxtash chizigʻi”ning oldida toʻxtamadi yoki uni bosib oʻtdi20
Toʻxtagandan soʻng 3 soniya oʻtmasdan harakatni boshladi20
“Estakada” mashqida toʻxtagandan soʻng 30 soniya davomida harakatni boshlamadi25
“Estakada” mashqida toʻxtagandan soʻng yoki harakatni boshlashdan oldin transport vositasi orqaga 0,3 metrdan ortiq siljidi20
“90 gradus burilish” va “Ilon izi” mashqlarini bajarishda nazorat chizigʻini bosdi20
“90 gradus burilish” va “Ilon izi” mashqlarini bajarishga 2 daqiqadan koʻp vaqt sarfladi15
“Boksga kirish” va “Parallel toʻxtash” mashqlarida gʻildiraklarni mashqni bajarishning qayd etish chizigʻiga qoʻymadi20
Yoʻlning tezlashish qismida harakatlanishda ikkinchi uzatmani qoʻshmadi25
Transport vositasining salonida tovushli va/yoki yorugʻlik ishorasi yonganidan soʻng 2 soniya ichida transport vositasini toʻxtatmadi20
“Avariya holatda toʻxtash” mashqida toʻxtagandan soʻng 3 soniya ichida avariya ishorasini yoqmadi20
“Avariya holatda toʻxtash” mashqida harakatni boshlashdan oldin avariya ishorasini oʻchirmadi10
Sinov mashqlarini bajarayotganda dvigatelni oʻchirib qoʻydihar bir xato uchun20

Qoʻpol xatolik 10 ta xato

XatoBall
“Start” ishorasidan keyin 40 soniya davomida harakatni boshlamadi100
Svetoforning taqiqlovchi ishorasida chorrahaga kirdi yoki transport vositasining eng oldingi nuqtasi “Toʻxtash chizigʻi”dan oʻtdi100
Temir yoʻl kesishmasidan toʻxtamasdan oʻtdi50
Imtihonni oʻzboshimchalik bilan tark etdi yoki sinov mashqlarini bajarishni rad etdi100
Sinov mashqlaridan birini bajarmadi100
Sinov mashqlarini bajarish uchun belgilangan yoʻnalishdan chetga chiqib ketdi100
Sinov mashqlarida koʻzda tutilmagan joylarda orqaga harakatlandi100
Boshqa transport vositasi bilan toʻqnashuv sodir qildi yoki toʻsiqqa borib urildi100
Harakatlanish tezligini 40 km/soatdan oshirib yubordi100
Amaliy imtihon uchun belgilangan umumiy vaqtdan oshib ketdi100

Jadval manbasi: Oʻzbekiston imtihon qabul qilish markazi (rasmiy maʼlumot). Jadval tayyorgarlik uchun berilgan; aniq talablar va ballarni imtihon markazi belgilaydi.

Imtihon haqida batafsil: Amaliy imtihon: avtodrom va mashqlar

Qoʻngʻiroq qilish