4.1.1 yoʻl belgisi «Harakatlanish toʻgʻriga»

4.1.1 belgisi nimani anglatadi
Faqat toʻgʻriga harakatlanishga ruxsat beradi; burilish va qayrilib olish taqiqlanadi.
Qayerda oʻrnatiladi
Qatnov qismlari kesishmasining oldida oʻrnatilsa, faqat shu kesishmaga amal qiladi. Yoʻl qismining boshlanishida oʻrnatilsa, taʼsiri eng yaqin chorrahagacha davom etadi.
Haydovchi nima qilishi kerak
- 4.1.1–4.1.6 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilgan boʻlsa, faqat shu kesishmaga amal qiladi. Belgilangan yoʻnalishli transport vositalariga taalluqli emas.
- Yoʻl qismi boshida oʻrnatilgan 4.1.1 belgisi oʻng tomondagi hovlilarga va yoʻlga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.
Shu belgiga oid test savollari
Trenajyorda shu belgiga bogʻliq savollar bor.
Ushbu chorrahada chapga burilishga ruxsat etiladimi?
Toʻgʻri javob: Ruxsat etiladi
59-bilet, 3-savolni ochishChorrahadan qaysi yoʻnalishda harakatlanishingizga ruxsat berilgan?
Toʻgʻri javob: Faqat toʻgʻriga
15-bilet, 7-savolni ochishQaysi avtomobil haydovchisiga burilishga ruxsat etilgan?
Toʻgʻri javob: Har ikkisiga taqiqlangan
19-bilet, 7-savolni ochishQaysi transport vositasining haydovchisi qoidani buzib burilmoqda?
Toʻgʻri javob: Ikkisi ham buzmoqda
7-bilet, 3-savolni ochishQaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzib hovliga burildi?
Toʻgʻri javob: Faqat sariq avtomobil haydovchisi
24-bilet, 13-savolni ochishYengil avtomobilda qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?
Toʻgʻri javob: Istalgan yoʻnalishda
26-bilet, 13-savolni ochishQaysi yoʻnalishda harakatlanishni davom ettirishingiz mumkin?
Toʻgʻri javob: Oʻngga, chapga va orqaga qayrilib olishga
27-bilet, 6-savolni ochishUshbu vaziyatda qaysi yoʻnalishda harakatlanishingiz mumkin?
Toʻgʻri javob: Barcha yoʻnalishlarda
28-bilet, 13-savolni ochish





