19-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
19-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 19-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Koʻrsatilgan vaziyatda qaysi boʻlakdan oʻngga burilish lozim?
- Faqat «А» chizigʻi bilan belgilangan oʻng chekkadagi boʻlakdan
- Faqat ikkinchi boʻlakdan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Faqat «А» chizigʻi bilan belgilangan oʻng chekkadagi boʻlakdan
YHQ 22-bobi 132-bandiga asosan, yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yoʻl belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va toʻxtashi taqiqlanadi. Agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →
2-savol. Ushbu vaziyatda siz
- Toʻxtamasdan harakatni davom ettirishingiz mumkin
- Belgi oldida toʻxtashingiz va svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutishingiz kerak
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Belgi oldida toʻxtashingiz va svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutishingiz kerak
YHQ 15-bobi 102-bandiga muvofiq, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda svetofor ishoralaridan qatʼi nazar, moʻljallangan yoʻnalishda harakatlanishni davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanish yoʻlida joylashgan svetoforlar oldida toʻxtash chiziqlari (yoki 5.33 yoʻl belgisi) boʻlsa, u har bir svetofor ishoralariga amal qilishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →
3-savol. Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzmasdan harakatlanmoqda?
- Har ikkala avtomobil haydovchilari qoidani buzmoqda
- Qizil avtomobil haydovchisi
- Koʻk avtomobil haydovchisi
- Ikkala avtomobil haydovchilari
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Koʻk avtomobil haydovchisi
YHQga 1-ILOVA 3.18.2 bandi va 3.Taqiqlovchi belgilarning 47-xatboshi hamda YHQga 1-ILOVA 5.8.2 bandi va 5. Axborot-koʻrsatkich belgilarining 11-xatboshiga asosan: 3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi». 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
5.8.2. «Tasma boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi». Tasma boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishi. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanish taqiqlanadi.
Yoʻlning chetki chap boʻlagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →
4-savol. Avtobus haydovchisiga bu joyda odam tushirishga ruxsat etiladimi?
- Agar avtobus belgilangan yoʻnalishli boʻlsa ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
- Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi
YHQning 22-bob. 133-band 2-xatboshiga asosan: Yoʻnalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yoʻlovchi olish va tushirish taqiqlanadi (yoʻnalishli taksilar bundan mustasno).
Mavzu boʻyicha videodars: 26-dars «Piyodalar oʻtish joyi va bekatlar» →
5-savol. Toʻxtab turish tormoz tizimi N toifadagi avtotransport vositalarini yuklangan holatda qanday qiyalikda ushlab tura olmasa foydalanish taqiqlanadi?
- 25 % dan kam
- 20 % dan kam
- 31 % dan kam
- 16 % dan kam
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. 31 % dan kam
Yoʻl harakati qoidalariga 3-ilova 1.6 bandiga asosan, toʻxtab turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa: N toifa transport vositalari uchun— 31 foizdan kam boʻlmagan qiyalikda.
Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →
6-savol. Koʻrsatilgan qaysi belgi yoʻlning oʻta sirpanchiq boʻlgan qismini bildiradi?
- A
- A va B
- V
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. V
YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.15 belgiga asosan, «Sirpanchiq yoʻl». Qatnov qismi oʻta sirpanchiq boʻlgan yoʻl qismi.
Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →
7-savol. Qaysi avtomobil haydovchisiga burilishga ruxsat etilgan?
- Har ikkisiga taqiqlangan
- Oq avtomobil haydovchisiga
- Qizil avtomobil haydovchisiga
- Har ikkisiga ruxsat etilgan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Har ikkisiga taqiqlangan
YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish toʻgʻriga”. Faqat belgilarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yoʻnalishiga tegishli koʻrsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qoʻllash mumkin). 4.1.1 — 4.1.6 belgilarining taʼsiri yoʻnalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. 4.1.1 — 4.1.6 yoʻl belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin oʻrnatilsa, belgining taʼsiri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yoʻlning qismi boshlanishida oʻrnatilgan 4.1.1 belgisining taʼsiri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovlilarga va yoʻlga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.
8-savol. Kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar qaysi javobda koʻrsatilgan?
- 4
- 3
- 2
- 1 va 3
- 1
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. 3
YHQ 1 ilova: 1.25.3. “Kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar”.
Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →
9-savol. Koʻrsatilgan qaysi yoʻl belgisi yengil yoʻnalishsiz taksilarga yoʻlovchilarni tushirish-chiqarish (yuklarni ortish-tushirish) vaqtida taʼsir qilmaydi?
- Hammasi
- Faqat A
- Faqat B
- Faqat B,C,D
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Hammasi
YHQ 1 ilova: 3.27. belgisi yoʻlalishsiz yengil taksilarga yoʻlovchilarni tushirish-chiqarish (yuklarni ortish-tushirish) vaqtida taʼsir qilmaydi; Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan “Nogiron” tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi boʻlganda 3.27 belgisining taʼsir doirasida toʻxtashga ruxsat etiladi. 3.28 3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.
10-savol. Avtomagistralda quyidagilar taqiqlanadi:
- Orqaga harakatlanish
- Yuqoridagi barcha holatlar
- «Toʻxtab turish joyi» yoki «Dam olish joyi» belgilari boʻlgan maxsus maydonchalardan tashqari joyda toʻxtash
- Qayrilib olish va ajratuvchi boʻlakning texnologik oʻzilish joylariga kirish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yuqoridagi barcha holatlar
YHQ 19 – bobi 121 – bandi: Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:
- piyodalar, uy hayvonlari, ot – aravalar, velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, skuterlar, mopedlar, traktorlar va oʻziyurar uskunalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi;
- yuk avtomobillariga yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishi;
- 5.15 yoki 6.11 yoʻl belgilari bilan belgilangan maxsus toʻxtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda toʻxtash;
- ajratuvchi mintaqaning texnologik uzulish joylariga kirish va ularda qayrilib olish orqaga harakatlanish;
- transport vositasini oʻrganish uchun boshqarish.
Koʻrinib turibdiki, avtomagistralda barcha sanab oʻtilgan harakatlar taqiqlangan.
11-savol. Haydovchi qayta tizilishdan va harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishdan oldin nima qilishi zarur?
- Aholi punktlaridan tashqarida tovush ishora berishi
- Chapga burilish haqida ogohlantirish ishorasi berishi va hech kimga xalaqit bermasligi haqida ishonch hosil qilishi
- Koʻrsatilgan barcha harakatlarni bajarishi
- Ushbu manevr xavfsiz boʻlishiga va harakatlanishning boshqa qatnashchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Ushbu manevr xavfsiz boʻlishiga va harakatlanishning boshqa qatnashchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi
Haydovchi qayta tizilishdan va harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishdan oldin Ushbu manevr xavfsiz boʻlishiga va harakatlanishning boshqa qatnashchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi shart
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
12-savol. Egiluvchan ulagichda shatakka olganda transport vositalari orasidagi masofa qanday boʻlishi kerak?
- 3-6 m
- 2-4 m
- 1-3 m
- 4-6 m
- 4-8 m
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. 4-6 m
YHQ 24-bobi 144 - bandiga muvofiq, egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari oʻrtasidagi masofa 4 — 6 metr oraligʻida boʻlishi kerak, qattiq ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari oʻrtasidagi masofa 4 metrdan koʻp boʻlmasligi kerak.
13-savol. Bu belgi oʻrnatilgan joyda tirkamali yengil avtomobilni harakatlanishga ruxsat beriladimi?
- Taqiqlanadi
- Ruxsat beriladi
- Ruxsat beriladi agar tirkamaning vazni 750 kg dan oshmasa
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Ruxsat beriladi
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.7 "Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi" belgisiga muvofiq, yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi Tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi. Tirkamali yengil avtomobillarga ushbu belgining taʼsiri yoʻq.
14-savol. Suratlarning qaysi birida quvib oʻtish koʻrsatilgan?
- «А» va «Б»
- «А»
- «Б»
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. «А»
YHQ 1-bobi 6-bandi 24-tushunchasiga asosan, quvib oʻtish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan tasmaga chiqib, soʻngra ilgari egallagan qatoriga qaytib oʻtish bilan bogʻliq boʻlgan oʻzib ketish.
15-savol. 01.01.1981-yilgacha ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar uchun Qoidalar tormozlashning 40 km/s tezlikda harakatlanish tartibida ishchi tormoz tizimining qanday samaradorlik meyoriga ruxsat berilgan?
- 7,2 m
- 19,5 m
- 12,2 m
- 25 m
- 14,5 m
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 5. 14,5 m
Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlaydigan shartlar (YHQ 3-ilova) talablariga muvofiq, 01.01.1981-yilgacha ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar uchun ishchi tormoz tizimining samaradorligi 40 km/s tezlikda harakatlanish tartibida tormozlanish yoʻli 14,5 m dan oshmasligi kerak. Shu meʼyorga javob bermasa, transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →
16-savol. Qayrilish taqiqlanadi:
- Barcha sanab oʻtilgan hollarda
- Piyodalar oʻtish joylarida va tunnellarda
- Temir yoʻl kesishmalarida
- Koʻpriklarda, osma yoʻllarda, estakadalarda va ularning ostida
- Loaqal bir yoʻnalishda yoʻl 100 m dan kamroq koʻringanda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Barcha sanab oʻtilgan hollarda
YHQ 9-bobi 62-bandiga asosan, quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning oʻtish joylarida; tunnellarda; koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan bunday manevrni bajarish ruxsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno); temir yoʻl kesishmalarida; yoʻlning koʻrinishi biror-bir yoʻnalishda 100 metrdan kam boʻlgan joylarda.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
17-savol. Transport vositasining bir oʻqiga izlari har xil naqshli shinalar oʻrnatishga ruxsat etiladimi?
- Avtomobilning faqat orqa oʻqiga oldingi boshqaruvchi koʻprik bilan birga ruxsat etiladi
- Faqat yuk avtomobiliga ruxsat etiladi
- Ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Taqiqlanadi
YHQ 3-ilovasining 5.5-bandiga muvofiq, agar transport vositasining bitta oʻqiga har xil oʻlchamli va konstruktsiyali (dioganal va radial, kamerali va kamerasiz), har xil naqshli, sovuqqa chidamli va chidamsiz, yangi va qayta tiklangan, yangi va protektor naqshi chuqurlashtirilgan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →
18-savol. Qaysi ishoralar ogohlantiruvchi hisoblanadi?
- Tovushli ishoralar
- Fara chiroqlarini oʻchib-yoqilishi va kunduzgi vaqtda yaqinni yorituvchi fara chirogʻining yoqilishi
- Burilishni koʻrsatadigan miltillovchi chiroq yoki qoʻl bilan beriladigan ishoralar
- Sanab oʻtilgan barcha ishoralar
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Sanab oʻtilgan barcha ishoralar
YHQ 8-bobi 44-bandiga muvofiq, quyidagilar ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi: burilishni koʻrsatadigan miltillovchi chiroq yoki qoʻl bilan beriladigan ishoralar; tovushli ishoralar; fara chiroqlarining yoqib-oʻchirilishi; kunduz kuni yaqinni yorituvchi fara chiroqlarini yoqilishi.
Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →
19-savol. Toʻxtashni taqiqlovchi joylarni bildiruvchi sidirgʻa sariq chiziq qayerda chiziladi?
- Qatnov qismining chetida
- Faqat toʻsiq (bordyur) ustida
- Qatnov qismining chetida yoki bordyur ustidan chiziladi
- Qatnov qismida
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Qatnov qismining chetida yoki bordyur ustidan chiziladi
YHQ 2 – ilovasi 1 – boʻlimining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 – toʻxtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi.
20-savol. Mopedlarni shatakka olishga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
- Qattiq qoplamasiz yoʻl boʻylab faqat kunning yorugʻ vaqtida ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi
YHQ 28-bobi 168-bandining yettinchi xatboshisiga asosan, velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: Velosipedlarni va individual harakatlanish vositalarini shatakka olish, shuningdek, ulardan shatakka olishda foydalanish taqiqlanadi (velosipedga moʻljallangan tirkamalarni shatakka olish bundan mustasno).
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
19-biletni onlayn yechish