27-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
27-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 27-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Qanday hollarda haydovchisi boʻlmagan transport vositalarini shatakka olish mumkin?
- Egiluvchan yoki qattiq ulagichda shatakka olishda
- Barcha hollarda
- Qattiq ulagichda shatakka olishda
- Qattiq ulagichning tuzilishi shatakka olingan transport vositalarining shatakka olgan transport vositalari izidan harakatlanishini taʼminlaganda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Qattiq ulagichning tuzilishi shatakka olingan transport vositalarining shatakka olgan transport vositalari izidan harakatlanishini taʼminlaganda
YHQ 24-bobi 142-bandiga muvofiq, qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olish shatakka olingan transport vositasining rul boshqaruvida haydovchi boʻlgandagina amalga oshirilishi kerak. Toʻgʻri chiziq boʻylab harakatlanganda qattiq ulagichning konstruktsiyasi shatakka olingan transport vositasini shatakka olgan transport vositasining izidan harakatlanishini taʼminlaydigan hollar bundan mustasno.
2-savol. Ushbu belgi qanday nomlanadi?
- Majburiy sekinlanish
- Baland piyodalar oʻtish joyi
- Sunʼiy notekislik
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Baland piyodalar oʻtish joyi
YHQ 1 ilova: 5.48. “Baland piyodalar oʻtish joyi”. 5.16.1-5.16.2 yoʻl belgilari bilan birga qoʻllaniladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
3-savol. Koʻk avtomobil haydovchisi qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etilmaydi?
- Faqat 1
- Faqat 1, 3, 4 yoʻnalishlarda
- Barcha yoʻnalishlarda
- Faqat 2
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Faqat 1, 3, 4 yoʻnalishlarda
YHQga 1-ILOVA 3.18.1 bandi va 3.Taqiqlovchi belgilarning 47-xatboshiga asosan: 3.18.1. “Oʻngga burilish taqiqlangan”. 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
4-savol. Koʻrsatilgan qaysi belgilar sizga yashash manzilingizga avtomobilda oʻtishga ruxsat beradi?
- Barchasi
- Faqat «Б»
- Faqat «А» va «В»
- Faqat «А»
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Faqat «А» va «В»
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimiga asosan: «А» — 3.2 «Harakatlanish taqiqlangan», «В» — 3.3 «Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan». Bu belgilar belgilangan zonada yashaydigan (yoki ishlaydigan) fuqarolarga tegishli transport vositalariga taʼsir qilmaydi, shuning uchun yashash manziliga oʻtishga ruxsat etiladi. «Б» — 3.1 «Kirish taqiqlangan» belgisi; unga bunday istisno qoʻllanilmaydi.
5-savol. Kesishayotgan qatnov qismi chetiga qanchadan kam masofa qolganda toʻxtash taqiqlanadi?
- 45 metr
- 40 metr
- 30 metr
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. 30 metr
YHQ 13-bobi 91-bandi: Toʻxtash taqiqlanadi: Qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq, yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
6-savol. Qaysi yoʻnalishda harakatlanishni davom ettirishingiz mumkin?
- Chapga va orqaga qayrilib olishga
- Oʻngga, chapga va orqaga qayrilib olishga
- Faqat chapga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Oʻngga, chapga va orqaga qayrilib olishga
YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.1.6 belgiga asosan, «Harakatlanish oʻngga yoki chapga». Faqat belgilarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yoʻnalishiga tegishli koʻrsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qoʻllash mumkin).
YHQning 56 bandiga asosan, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Ushbu holatda belgi talabi boʻyicha, oʻng va chap yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi, lekin, transport vositasi shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining chap chetki holatni egallaganligi uchun chapga va orqaga qayrilib olishga ruxsat etiladi.
7-savol. N2, N3; O3; O4; M2; M3 toifadagi avtotransport vositalarining orqa devoriga yozilishi kerak?
- Yaxshi koʻrinadigan raqam belgisi
- Transport vositasining tegishligi haqida taniqlik belgisi
- Taniqlik va raqam belgilari
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yaxshi koʻrinadigan raqam belgisi
YHQ 29-bobi 175-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Yuk avtomobillari, tirkamalar (yengil avtomobillar tirkamalaridan tashqari) va avtobuslar (mikroavtobuslardan tashqari) kuzovining orqa devoriga uning davlat raqam belgisi va harflari yozilishi kerak. Raqamning balandligi 300 millimetr, kengligi 120 millimetr, chizigʻining yoʻgʻonligi 30 millimetrdan kam boʻlmasligi, harflar balandligi esa raqam oʻlchamlarining 2/3 qismiga teng boʻlishi kerak.
8-savol. Toʻxtash yoʻli deb nimaga aytiladi?
- Xavfning haydovchiga maʼlum boʻlgan paytidan tormozlash boshlanguncha avtomobilda oʻtilgan masofa
- Avtomobilda xavfning haydovchiga maʼlum boʻlgan paytidan boshlab toʻla toʻxtagunga qadar bosib oʻtilgan masofa
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Avtomobilda xavfning haydovchiga maʼlum boʻlgan paytidan boshlab toʻla toʻxtagunga qadar bosib oʻtilgan masofa
Toʻxtash yoʻliga haydovchining xavf-xatarni sezgan vaqtidan boshlab, transport vositasining butunlay toʻxtagunga qadar yurib oʻtgan masofasi tushuniladi. Toʻxtash yoʻli doim tormoz yoʻlidan koʻproq boʻladi, chunki tormozlanish boshlanishidan avval transport vositasi haydovchining reaksiya vaqti va tormoz yuritmasining ishlab ketish vaqtiga bogʻliq boʻlgan masofani oʻtadi.
9-savol. Bu belgi nimani bildiradi?
- Qarama-qarshi yoʻnalish boʻlagiga chiqishning boshlangʻich koʻrsatkichi
- Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning dastlabki koʻrsatkichi
- Toʻsiqlarni aylanib oʻtishning dastlabki koʻrsatkichi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning dastlabki koʻrsatkichi
YHQ 1-ilovasi 5-boʻlimining ellik ikkinchi xatboshisiga asosan: 5.34.2. “Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlangʻich koʻrsatkichi”. Ajratuvchi boʻlagi boʻlgan yoʻlning harakatlanish uchun yopiq hududini aylanib oʻtish yoki oʻng tomondagi qatnov qismiga qaytish uchun harakatlanish yoʻnalishini bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
10-savol. Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzmay harakatlanmoqda?
- Chapdagi rasmda
- Ikkala rasmda
- Oʻngdagi rasmda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Chapdagi rasmda
YHQning 22-bob. 132-band 2 va 3-xatboshi, 17 prim 1-bob. 115 prim 2-band 1-xatboshi hamda YHQga 2-ILOVA 1.23 bandga asosan: Agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.
Shuningdek, bunday joylarda yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladi.
115 prim 2. Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻlda harakatlanishi taqiqlangan transport vositalari ushbu yoʻldan faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida yondosh hududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanishi mumkin. 1.23 — yoʻlning faqat yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlagini bildiradi.
11-savol. Toʻxtash qoidasini qaysi transport haydovchisi buzdi?
- Faqat koʻk avtomobil haydovchisi
- Faqat qizil avtomobil haydovchisi
- Har ikkala haydovchi ham
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Faqat qizil avtomobil haydovchisi
YHQ 22-bobi 132-bandiga muvofiq, agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, bunday joylarda yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
12-savol. Ushbu svetofor tramvayga qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat beradi?
- Barcha yoʻnalishlarga
- Barcha yoʻnalishlarda harakatlanish taqiqlanadi
- Faqat toʻgʻriga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Barcha yoʻnalishlarda harakatlanish taqiqlanadi
YHQ 7-bobi 36-bandi: Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma boʻylab harakatlanayotgan boshqa yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun “T” harfi koʻrinishida joylashgan toʻrtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qoʻllanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning oʻzida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, oʻngdagisi oʻngga, oʻrtadagisi toʻgʻriga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora oʻchirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.
13-savol. Qizil avtomobilning haydovchisi, yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va maxsus tovushli ishora yoqilgan transport vositasiga yaqinlashib kelayotganda nima qilishi kerak?
- Tezlikni pasaytirish va boshqa qatorga oʻtish bilan bogʻliq keskin manevrlarga yoʻl qoʻymasdan harakatni davom ettirish
- Harakat boʻlagini oʻzgartirmasdan toʻxtashi va majburiy toʻxtash chiroqlarini yoqishi
- Yoʻl berishi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Yoʻl berishi
YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yoʻl berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 32-dars «Maxsus transport: signal va mayoqchalar» →
14-savol. Qizil avtomobil chorrahani kesib oʻtadi:
- Ikkinchi boʻlib
- Birinchi boʻlib
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Birinchi boʻlib
YHQ 6-bobi 25-bandiga asosan, koʻk yoki koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq- mayoqchasi va (yoki) maxsus tovushli ishorasi yoqilgan tezkor va maxsus xizmat transport vositalarining haydovchilari kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sharti bilan Qoidalarning 7-bob (38-bandidan tashqari), 9-16, 19-20 boblari, Qoidalarning 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. YHQ 16-bobi 104, 106-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼi nazar, asosiy yoʻldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yoʻldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak. Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar kesishgan chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari lozim.
Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →
15-savol. Chorrahadan oxirgi boʻlib qaysi transport vositasi kesib oʻtadi?
- Oq avtomobil, sariq bilan bir vaqtda
- Sariq avtomobil
- Qizil avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Oq avtomobil, sariq bilan bir vaqtda
Yoʻl harakati qoidalarining 104 bandi 1 xatboshiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼiy nazar, yoʻl berishi kerak.
Yoʻl harakati qoidalarining 107 bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.
Ushbu chorrahani yashil avtomobil birinchi, qizil avtomobil ikkinchi oq avtomobil, sariq bilan bir vaqtda oxirgi boʻlib kesib oʻtadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 14-dars «Chorraha: asosiy yoʻl toʻgʻri» →
16-savol. Ushbu vaziyatda siz oʻngdagi boʻlakda harakatlanayotib sizning boʻlagingizga qayta tizilmoqchi boʻlgan transport vositasiga yoʻl berishingiz kerakmi?
- Kerak emas
- Kerak
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Kerak emas
YHQ 9-bobi 55-bandi: Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirmasdan harakatlanayotgan yoʻlakay transport vositalariga yoʻl berishi kerak. Bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganlarida haydovchi oʻng tomondagi transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
17-savol. Avtobus haydovchisiga yoʻlovchilarni tushirish uchun toʻxtashga ruxsat etiladimi?
- Taqiqlanadi
- Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi
YHQ 13-bobi 91-bandining toʻrtinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda toʻxtash taqiqlanadi: toʻxtagan transport vositasi bilan sidirgʻa chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi boʻlak yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam boʻlgan joylarda.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
18-savol. Qaysi transport vositalariga harakatlanish ruxsat etiladi?
- Yashil, koʻk va qizil
- Yashil, koʻk va qora avtomobillarga
- Qizil, sariq va yashil avtomobillarga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yashil, koʻk va qizil
YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
19-savol. Yetarli koʻrinmaslik sharoitida yoʻlning yoritilmagan qismida toʻxtagan yoki toʻxtab turgan mexanik transport vositasining haydovchisi bajarishi kerak:
- Tumanga qarshi faralarni yoki yaqinni yoritish faralarini yoqishi
- Gabarit chiroqlarini yoqishi
- Faralarning uzoqni yoritish chiroqlarini yoqishi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Gabarit chiroqlarini yoqishi
YHQ 23-bobi 136-bandiga asosan: Qorongʻi vaqtda yoʻlning yoritilmagan qismida, shuningdek yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda toʻxtagan yoki toʻxtab turgan transport vositasida gabarit chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak.
Yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda gabarit chiroqlariga qoʻshimcha ravishda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari, tumanga qarshi fara chiroqlari va tumanga qarshi orqa fara chiroqlari yoqilishi mumkin.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
20-savol. Avtomobil harakatlanayotganda kutilmaganda shinasi yorilib ketsa, haydovchi nima qilishi zarur?
- Ishchi tormoz bilan toʻla toʻxtaguncha keskin tormozlash
- Avtomobilni toʻxtab turish tormozi yordamida toʻxtatish
- Rul chambaragini ushlab turish, toʻgʻri chiziqda harakatni saqlash, tezlikni kamaytirish va toʻxtatish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Rul chambaragini ushlab turish, toʻgʻri chiziqda harakatni saqlash, tezlikni kamaytirish va toʻxtatish
Shinalarning birida bosimning kamayishi uning aylanishiga qarama-qarshiligini kuchaytiradi va koʻndalang qattiqligini kamaytiradi. Shuning uchun bosimi boʻlmagan shina bilan avtomobil yon tomonga ogʻadi. Boshqarishni saqlab qolish uchun haydovchi rul chambaragini ushlab turib, tezligini pasaytirishi va toʻxtatish lozim.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
27-biletni onlayn yechish