Buyuruvchi belgilar · 7-bilet, 3-savol
Qaysi transport vositasining haydovchisi qoidani buzib burilmoqda?
Javob variantlari
- Faqat mototsikl haydovchisi
- Faqat yengil avtomobil haydovchisi
- Ikkisi ham buzmoqda✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.1.1 belgiga asosan, «Harakatlanish toʻgʻriga». Faqat belgilarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yoʻnalishiga tegishli koʻrsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qoʻllash mumkin).
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Buyuruvchi belgilar» mavzusidagi boshqa savollar
- Qaysi yoʻl belgisi piyodalar yoʻlkasini bildiradi?
- Koʻrsatilgan yoʻl belgilaridan qaysi biri ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan kam boʻlgan yuk avtomobiliga oʻngga harakatlanishni buyuradi?
- Qaysi belgi velosiped yoʻlkasini koʻrsatadi?
- Qaysi belgi toʻsiqni oʻng yoki chap tomonidan chetlab oʻtishga ruxsat etilishini bildiradi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

