Qoʻshimcha axborot belgilari · 26-bilet, 13-savol
Yengil avtomobilda qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?
Javob variantlari
- Faqat toʻgʻriga
- Faqat oʻngga va chapga
- Istalgan yoʻnalishda✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.1.1 belgiga asosan, «Harakatlanish toʻgʻriga». Faqat belgilarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi.
YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimidagi 7.4.1 belgiga asosan, «Transport vositasining turi». Belgining taʼsiri joriy etilgan transport vositalari turini koʻrsatadi. 7.4.1 belgi bilan oʻrnatilgan yoʻl belgisining taʼsiri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositalariga tatbiq etiladi.
Yengil avtomobilga istalgan yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Qoʻshimcha axborot belgilari» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

