Buyuruvchi belgilar · 27-bilet, 6-savol
Qaysi yoʻnalishda harakatlanishni davom ettirishingiz mumkin?
Javob variantlari
- Chapga va orqaga qayrilib olishga
- Oʻngga, chapga va orqaga qayrilib olishga✓ Toʻgʻri javob
- Faqat chapga
Izoh
YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.1.6 belgiga asosan, «Harakatlanish oʻngga yoki chapga». Faqat belgilarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yoʻnalishiga tegishli koʻrsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qoʻllash mumkin).
YHQning 56 bandiga asosan, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Ushbu holatda belgi talabi boʻyicha, oʻng va chap yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi, lekin, transport vositasi shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining chap chetki holatni egallaganligi uchun chapga va orqaga qayrilib olishga ruxsat etiladi.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Buyuruvchi belgilar» mavzusidagi boshqa savollar
- Qaysi transport vositasining haydovchisi qoidani buzib burilmoqda?
- Qaysi yoʻl belgisi piyodalar yoʻlkasini bildiradi?
- Koʻrsatilgan yoʻl belgilaridan qaysi biri ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan kam boʻlgan yuk avtomobiliga oʻngga harakatlanishni buyuradi?
- Qaysi belgi velosiped yoʻlkasini koʻrsatadi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

