28-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
28-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 28-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Qaysi holatda siz majburiy toʻxtashni amalga oshirasiz?
- Texnik nosozlik tufayli yoʻlning harakat qismida.
- Piyodalar oʻtish joyi oldida piyodalarga yoʻl berish uchun toʻxtab
- Har ikki sanab oʻtilgan holda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Texnik nosozlik tufayli yoʻlning harakat qismida.
YHQ 1-bobi 6-bandi 11-atamaga muvofiq, majburiy toʻxtash – texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yoʻlovchining holati, yoʻldagi biror toʻsiq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bogʻliq holda transport vositasi harakatini toʻxtatish. Haydovchining ushbu xatti-harakati oxirgi zarur chora boʻlib, qoidabuzarlik deb eʼtirof etilmaydi.
Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →
2-savol. Ushbu yoʻl belgisi:
- Qatnov qismida toʻsuvchi qurilma borligini bildiradi
- Chorraha oldida toʻsuvchi qurilma borligini bildiradi
- Oldinda boshqariladigan toʻsuvchi qurilma borligini bildiradi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Oldinda boshqariladigan toʻsuvchi qurilma borligini bildiradi
YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.34 «Diqqat, boshqariladigan toʻsiq» yoʻl belgisi boshqariladigan toʻsuvchi qurilmaga yetmasdan oʻrnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda toʻsuvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →
3-savol. Ushbu “50” yozuvli yoʻl chizigʻi nimani bildiradi?
- Yoʻlning ushbu qismida ruxsat berilgan eng yuqori tezlikni
- Yoʻlning ushbu qismida tavsiya berilgan tezlikni
- Yoʻl yoki marshrut raqamini
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yoʻlning ushbu qismida ruxsat berilgan eng yuqori tezlikni
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.28 yoʻl chizigʻiga asosan, taqiqlovchi yoʻl belgilarini takrorlovchi yoʻl chizigʻi.
4-savol. Tumanga qarshi chiroqlarni qorongʻi vaqtda yoʻlning yoritilmagan qismlarida uzoqni yorituvchi chiroqlar bilan birga qoʻllash mumkinmi?
- Ha
- Yoʻq
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Ha
Yoʻl harakati qoidalarining 137 bandiga asosan, quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin: sutkaning qorongʻi vaqtida yoʻlning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan birga.
Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →
5-savol. Kunning qorongʻi vaqtida yoʻlning yoritilmagan qismlarida harakatlanayotganda mexanik transport vositasining qaysi chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak?
- Faqat uzoqni yorituvchi chiroqlar
- Faqat yaqinni yorituvchi chiroqlar
- Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlar
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlar
YHQ 23 – bobi 134 – bandining birinchi va ikkinchi xatboshilariga asosan: Qorongʻi vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda, shuningdek yoʻlning yoritilganligidan qatʼi nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan boʻlishi kerak: barcha mexanik transport vositalari – uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar.
Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →
6-savol. Chorrahani ikkinchi boʻlib kesib oʻtadi:
- Tramvay
- Avtomobil
- Motosikl
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Avtomobil
Yoʻl harakati qoidalarining 106 bandiga asosan, Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →
7-savol. Haydovchi manevrni bajarishda burilish koʻrsatkichlari bilan yorugʻlik ishorasini har doim berishi kerakmi?
- Har doim berishi kerak
- Kerak emas, agar harakatlanishning boshqa qatnashchilarini chalgʻitishi mumkin boʻlsa
- Kerak, zaruriy ehtiyot choralarini koʻrgan holda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Kerak emas, agar harakatlanishning boshqa qatnashchilarini chalgʻitishi mumkin boʻlsa
YHQ 8- bobi 46 – bandining ikkinchisi xatboshisiga asosan: Burilish koʻrsatkichi yoki qoʻl bilan berilayotgan ishora manevrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach, darhol toʻxtatilishi kerak (qoʻl bilan berilayotgan ishorani manevrni bevosita bajarishdan oldin tugallash mumkin). Beriladigan ishoralar yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini chalgʻitmasligi kerak. Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin oʻtish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini koʻrish masʼuliyatidan ozod etmaydi.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
8-savol. Qaysi belgi tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?
- Hammasi
- A va C
- Faqat A
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Faqat A
YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.20 belgiga asosan, «Piyodalar oʻtish joyi». 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 — 1.14.4 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar oʻtish joyini bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →
9-savol. Qaysi belgi agar yuk avtomobilni tirkamasi bilan birga ruxsat etilgan toʻliq vazni 7 tonnaga teng boʻlsa, tirkamali avtomobillarning harakatlanishini taqiqlaydi?
- 5
- 1
- 4
- 3
- 2
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. 4
YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining toʻqqizinchi xatboshisiga asosan: 3.7 “Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi”. Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.
10-savol. Bunday vaziyatda haydovchi nima qilishi kerak?
- Qatnov qismidan oʻtayotgan bolalarga yoʻl berishi
- Bu yoʻl qismidan oʻtishi kerak, chunki bolalar qatnov qismini piyodalar oʻtish joyidan kesib oʻtmayaptilar
- Oldindan yaqin fara chiroqlarini yoqib va uzluksiz tovush ishorasini berib, eng kam tezlik bilan turgan transport vositasini aylanib oʻtishi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Qatnov qismidan oʻtayotgan bolalarga yoʻl berishi
YHQ 17-bobi 115-bandiga asosan, "Bolalar guruhini tashish" taniqlik belgisi oʻrnatilgan, avariya ishorasi yoqilgan transport vositasi toʻxtaganda, unga yaqinlashayotgan haydovchi harakat tezligini kamaytirishi, zarur boʻlsa, toʻxtashi va bolalarni oʻtkazib yuborishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 26-dars «Piyodalar oʻtish joyi va bekatlar» →
11-savol. Qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti?
- A
- A va B
- B
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. A
Yoʻl harakati qoidalari 163 bandiga asosan, transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, yon tomonga gabaritning chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk «Katta oʻlchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi kerak.
12-savol. Koʻrsatilgan yoʻl belgilaridan qaysilari Siz yoʻlning tor qismida yoʻl berishingizni talab qiladi?
- «Б» va «Г»
- «Б» va «В»
- «А» va «В»
- Faqat «В»
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. «А» va «В»
YHQ 21-bobi 128-bandiga muvofiq, yoʻlning 1.13 belgisi bilan belgilangan qiyaliklarida, qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan biron-bir toʻsiq boʻlsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak va YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimi 2.6 belgisiga asosan, "roʻpara harakatlanishning ustunligi", qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yoʻlning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yoʻlning tor qismida boʻlgan yoki roʻparadan unga yaqin boʻlgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
13-savol. Ushbu vaziyatda qaysi yoʻnalishda harakatlanishingiz mumkin?
- 1 va 4 yoʻnalishlarda
- 1, 3 va 4 yoʻnalishlarda
- Barcha yoʻnalishlarda
- 1, 2 va 3 yoʻnalishlarda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Barcha yoʻnalishlarda
YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish toʻgʻriga”. Yoʻlning qismi boshlanishida oʻrnatilgan 4.1.1 belgisining taʼsiri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovlilarga va yoʻlga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.
14-savol. Qaysi transport vositalariga yoʻlovchilarni tushirishga ruxsat etiladi?
- B
- Hech qaysi biriga
- A
- C
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. A
YHQ 13-bobi 88-bandi: Aholi punktlarida oʻrtada tramvay yoʻli boʻlmagan, har yoʻnalishda bittadan tasmasi boʻlgan, Shuningdek, bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda yoʻlning chap tomonida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi. YHQ 17.1-bobi 115.1-bandi: Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan yoʻnalishli jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin. Boshqa transport vositalari ushbu yoʻlakda harakatlanishi taqiqlanadi, bundan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari mustasno.
Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →
15-savol. Siz chapga burilmoqchisiz, kimga yoʻl berishingiz kerak?
- Faqat yuk avtomobiliga
- Faqat avtobusga
- Har ikki transport vositasiga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Har ikki transport vositasiga
Yoʻl harakati qoidalarining 104 bandi 1 xatboshiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼiy nazar, yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 14-dars «Chorraha: asosiy yoʻl toʻgʻri» →
16-savol. Qaysi belgi toʻsiqni oʻng yoki chap tomonidan chetlab oʻtishga ruxsat etilishini bildiradi?
- 5
- 2
- 4
- 1
- 3
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. 5
YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.2.3 belgiga asosan, «Toʻsiqni oʻngdan yoki chapdan aylanib oʻtish». Har tomonidan aylanib oʻtish ruxsat etiladi.
17-savol. Oldida transport vositasi toʻxtab turgan tartibga solinmaydigan piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashib kelmoqdasiz, Siz nima qilishingiz kerak?
- Harakatni davom ettirish, lekin toʻxtab turgan transport vositasi oldida piyodalar yoʻqligiga ishonch hosil qilgan holda
- Piyodalar oʻtish joyidan toʻxtamasdan oʻtish, lekin alohida ehtiyotkorlik bilan
- Piyodalar oʻtish joyidan oʻtish
- Albatta toʻxtash, piyodalar paydo boʻlsa, ularni oʻtkazib yuborish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Harakatni davom ettirish, lekin toʻxtab turgan transport vositasi oldida piyodalar yoʻqligiga ishonch hosil qilgan holda
YHQ 17-bobi 110-bandiga muvofiq, agar tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki toʻxtasa, qoʻshni tasmalarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida piyoda(lar) yoʻqligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.
Mavzu boʻyicha videodars: 26-dars «Piyodalar oʻtish joyi va bekatlar» →
18-savol. Qaysi yoʻl belgisi barcha transport vositalarining harakatini istisnosiz taqiqlaydi?
- «А»
- «В»
- «Б»
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. «Б»
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.17.2 "Xavf-xatar" belgisiga muvofiq, yoʻl-transport hodisasi yoki boshqa xavfli vaziyatlar tufayli, istisnosiz, barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
19-savol. Yonilgʻi quyish joyidan yoʻlga chiqish chorraha hisoblanadimi?
- Hisoblanadi
- Hisoblanmaydi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Hisoblanmaydi
YHQ 1-bob 6-bandi 36 va 51 -tushunchalariga asosan, yondosh hududdan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi. Yondosh hudud – bevosita yoʻlga tutashgan va transport vositalari oʻtib ketishi uchun moʻljallanmagan hudud (hovlilar, mahallalar, turar joy dahalari, transport vositasi toʻxtab turish joylari, yonilgʻi quyish shoxobchalari, korxona va shunga oʻxshashlar).
Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →
20-savol. Ushbu belgilardan qaysi biri bir tomonlama harakat tashkil qilingan yoʻlning boshida oʻrnatiladi?
- Faqat «А»
- Faqat «Б»
- «Б» yoki «В»
- «Б» va «Г»
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Faqat «Б»
YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.5 belgiga asosan, 5.5. «Bir tomonlama harakatli yoʻl». Transport vositalari butun kenglik boʻyicha bir yoʻnalishda harakatlanadigan yoʻl yoki qatnov qismi.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
28-biletni onlayn yechish