24-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

24-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 24-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Chorrahada aylanma harakatlanish tashkil qilingan. Siz yaqinlashib kelayotgan chorrahaning qatnov qismi ikkita harakat boʻlagiga ega. Chorrahaga kirishda burilish uchun Siz qaysi boʻlakni egallashingiz lozim?

  1. Oʻng boʻlakni
  2. Oʻng yoki chap boʻlakni
  3. Chap boʻlakni
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Oʻng yoki chap boʻlakni

YHQ 9 – bobi 56 – bandi: Haydovchi, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishidan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.

Yaʼni aylanma harakatli chorrahadan kirishda eng chetki holatni egallash shart emas va bu holatda oʻng yoki chap yoʻlakdan harakatlanish mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

2-savol. Venoz qon ketish alomatlarini koʻrsating:

  1. Qon tomirlaridan pushti rangli qon kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqadi
  2. Mayda qon tomirlaridan ichki aʼzolarga qon sizib chiqadi
  3. Qon tomirlaridan toʻq qizil rangdagi qon sizib oqib chiqadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Qon tomirlaridan toʻq qizil rangdagi qon sizib oqib chiqadi

Yoʻl - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, venoz qon ketish alomatlari, qon tomirlaridan toʻq qizil rangdagi qon sizib oqib chiqishi hisoblanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

3-savol. Qorin boʻshligʻi jarohatlangan odamga ovqat, suv, dori-darmon berishi mumkinmi?

  1. Ha
  2. Yoʻq
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yoʻq

Qorin boʻshligʻi jarohatlanganda (yopiq yoki ochiq) jabrlanuvchiga ovqat, suv va dori-darmon berish mumkin emas. Bu holatda ichki qon ketish, ichak shikastlanishi yoki jarrohlik amaliyoti ehtimoli boʻlishi mumkin; ogʻiz orqali biror narsa berish holatni ogʻirlashtiradi. Zarur hollarda faqat tibbiy yordam koʻrsatiladi, jabrlanuvchi maxsus holatda tashiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

4-savol. Haydovchi oʻz joyidan ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin, agar:

  1. U transport vositasining oʻz-oʻzidan harakatlanishi yoki undan haydovchi yoʻq vaqtda foydalanishga yoʻl qoʻymaydigan zaruriy choralarni koʻrgan boʻlsa
  2. U yurgizgichni oʻchirgan va avtomobilning toʻxtab turish tormoz tizimini ulagan boʻlsa
  3. U yurgizgichni oʻchirgan va orqaga siljib ketishga qarshi xavfsizlik buferini oʻrnatgan boʻlsa
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. U transport vositasining oʻz-oʻzidan harakatlanishi yoki undan haydovchi yoʻq vaqtda foydalanishga yoʻl qoʻymaydigan zaruriy choralarni koʻrgan boʻlsa

YHQ 13 – bobi 95 – bandiga asosan: Transport vositasining oʻz – oʻzidan harakatlanib ketishini yoki oʻzi yoʻqligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini koʻrgandan keyingina haydovchi oʻz joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

5-savol. Bir yoʻnalishda harakatlanayotgan (burilishga kirishmagan) relssiz transport vositasidan oʻzib ketishga ruxsat beriladi:

  1. Faqat chap tomondan
  2. Faqat oʻng tomondan
  3. Har ikki tomondan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Har ikki tomondan

YHQning 12-bob. 83-bandga asosan: 83. Bir yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalarini har ikki tomonidan oʻzib ketishga ruxsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini oʻzib ketish oʻng tomondan amalga oshiriladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

6-savol. Haydovchi poyezdni oʻtkazib yuborishi uchun toʻgʻri toʻxtaganmi?

Haydovchi poyezdni oʻtkazib yuborishi uchun toʻgʻri toʻxtaganmi?
  1. Ha
  2. Yoʻq
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yoʻq

YHQ 18-bobi 119-bandi: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi toʻxtash chizigʻi, 2.5 yoʻl belgisi yoki svetofor oldida toʻxtashi kerak. Agar ular boʻlmasa, shlagbaumga kamida 5 metr, Shlagbaum boʻlmaganda esa birinchi temir yoʻl iziga kamida 10 metr qolganda toʻxtashi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →

7-savol. Avtomobilning antiblokirovka tizimi (ABS) burilishda sirpanish va yonga siljishni oldini oladimi?

  1. Avtomobilning sirpanish va yonga tomonga sirpanishini oldini olmaydi
  2. Avtomobilni faqat sirpanish ehtimolining oldini oladi
  3. Avtomobilni faqat yonga siljish ehtimolining oldini oladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Avtomobilning sirpanish va yonga tomonga sirpanishini oldini olmaydi

Burilish paytida, transport vositasiga markazdan qochma kuch taʼsir qiladi, tezlikni oshishi bilan bu kuch ham oshib, transport vositasini yoʻl egriligining tashqi tomoniga yoʻnaltirishga moyildir. Burilishdan oʻtayotganda transport vositasining sirpanishi yoki surilib ketishi yuqori tezlikdan, tormozlashdan yoki gʻildiraklarning ishqalanish koeffisientining kamligidan kelib chiqadi. Gʻildiraklarning sirpanib tormozlashga qarshi tizimi tormozlanganda gʻildiraklarni birdaniga toʻxtab, qotib qolishini oldini olish uchun xizmat qiladi, u sirpanish yoki surilib ketish ehtimolini kamaytirishi mumkin, ammo ularning paydo boʻlish ehtimolini istisno qilmaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

8-savol. Sariq avtobusning haydovchisiga chorrahaga chiqishga ruxsat etiladimi?

Sariq avtobusning haydovchisiga chorrahaga chiqishga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi
  3. Agar avtobus belgilangan yoʻnalish boʻyicha yursa ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi

YHQ 14-bobi 97-bandiga asosan, haydovchi tirbandlik tufayli majburiy toʻxtab, koʻndalang yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik tugʻdiradigan boʻlsa, chorrahaga kirishi, agar toʻxtash chizigʻi yoki 5.33 yoʻl belgisidan oʻtib boʻlgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →

9-savol. Chorrahani oxirgi kesib oʻtadi:

Chorrahani oxirgi kesib oʻtadi:
  1. Qizil avtomobil
  2. Koʻk avtomobil
  3. Yashil avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Yashil avtomobil

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →

10-savol. Balandlikda yoʻl chetida toʻsiq mavjud boʻlganda toʻxtagan avtomobilni joyidan gʻildirab ketishini oldini olish uchun oldingi gʻildiraklarni burib qoʻyish usuli qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan:

Balandlikda yoʻl chetida toʻsiq mavjud boʻlganda toʻxtagan avtomobilni joyidan gʻildirab ketishini oldini…
  1. B va C
  2. B va D
  3. A va D
  4. A va C
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. A va C

Gʻildiraklarni shunday burib qoʻyish kerakki, bunda avtomobillar tasodifan yurib ketganda qatnov qismiga chiqib ketmasdan trotuar bordyuriga qadalib qolsin. Belgiga koʻra pastdan yuqoriga qarab yoʻlning koʻtarilishi koʻrsatilgan. A avtomobilining oldingi gʻildiraklari bordyurga qadaladi. C avtomobili ham oldingi gʻildiraklari bilan bordyurga qadalib, yurib keta olmaydi. B avtomobili toʻgʻridan-toʻgʻri qatnov qismiga chiqib ketadi. Orqa gʻildiraklari bordyurga qadalgungacha D avtomobili ham yoʻlga chiqib ketadi, natijada avtomobil yoʻlga koʻndalang boʻlib qolib, harakatlanish boʻlagining bir qismini yopib qoʻyadi. Old gʻildiraklarni A va C avtomobillarining haydovchilari toʻgʻri burib qoʻyganlar.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

11-savol. Oq chiziq bilan belgilangan orolchaga kirishga ruxsat etiladimi?

Oq chiziq bilan belgilangan orolchaga kirishga ruxsat etiladimi?
  1. Orqa bilan harakat qilganda ruxsat etiladi
  2. Faqat toʻxtash uchun ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Taqiqlanadi

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.16.2 chizigʻi transport oqimlari ajraladigan yoki qoʻshiladigan xavfsizlik orolchasini bildiradi. YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.1 chizigʻi chegaraning kirish taqiqlangan oʻtish qismini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

12-savol. Transport vositalariga sidirgʻa oq chiziq bilan ajratilgan va «Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlak» yoʻl belgisi bilan belgilangan yoʻlning oʻng boʻlagida toʻxtab turishga ruxsat etiladimi?

  1. Agar toʻxtab turishni taqiqlovchi belgi boʻlmasa, ruxsat etiladi
  2. Faqat shu hududdagi korxonaga xizmat qiladigan yoki yaqin oʻrtadagi uylarda yashaydigan fuqarolarga qarashli avtomobillarga ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Taqiqlanadi

YHQ 22-bobi 132-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 - 5.10.3 yoʻl belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va toʻxtashi taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

13-savol. Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzib hovliga burildi?

Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzib hovliga burildi?
  1. Hech qaysi buzmadi
  2. Ikkisi ham buzdi
  3. Faqat sariq avtomobil haydovchisi
  4. Faqat oq avtomobil haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Faqat sariq avtomobil haydovchisi

YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish toʻgʻriga”. Yoʻlning qismi boshlanishida oʻrnatilgan 4.1.1 belgisining taʼsiri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovlilarga va yoʻlga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

14-savol. Turar joy dahalarida piyodalar yoʻlning qaysi qismida harakatlanishlari kerak?

  1. Qatnov qismi chetida bir qator boʻlib
  2. Faqat trotuar boʻyicha
  3. Trotuardan yoki qatnov qismidan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Trotuardan yoki qatnov qismidan

YHQ 20-bobi 123-bandi: Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yoʻl belgilari bilan belgilangan hududlar) da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega boʻladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 29-dars «Turar joy dahalari» →

15-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?
  1. Velosiped haydovchisi
  2. Avtomobil haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Avtomobil haydovchisi

YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

16-savol. Belgilardan qaysi biri qatnov qismi kesishmasi hududini bildiradi?

Belgilardan qaysi biri qatnov qismi kesishmasi hududini bildiradi?
  1. «A»
  2. «Б»
  3. «В»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. «A»

YHQ 1-ilova: 1.33. “Qatnov qismi kesishmasi hududi”. 1.30 yotiq chizigʻi bilan belgilangan chorrahaga yaqinlashayotganligini anglatib, oldinda tirbandlik yuzaga kelganligi tufayli majburiy toʻxtab, koʻndalang yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik tugʻdiradigan boʻlsa, chorrahaga kirish taqiqlanadi. Agar toʻxtash chizigʻi yoki 5.33 yoʻl belgisidan oʻtib boʻlgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirish taqiqlanishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

17-savol. Yoʻlovchilarga taqiqlanadi?

  1. Harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida oʻtirish
  2. Barcha koʻrsatilgan javoblar toʻgʻri
  3. Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish
  4. Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalgʻitish va unga xalaqit berish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Barcha koʻrsatilgan javoblar toʻgʻri

YHQning 5-bob. 24-bandga asosan: 24. Yoʻlovchilarga:
- transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalgʻitish (unga xalaqit berish);
- harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida oʻtirish;
- transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish;
- transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) chiqarish taqiqlanadi.
Bu talablarning bajarilishini haydovchi nazorat qilishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 3-dars «Piyodalarning vazifalari» →

18-savol. Mazkur holatda avtobus toʻgʻriga harakatlansa chorrahaga kirishiga ruxsat etiladimi?

Mazkur holatda avtobus toʻgʻriga harakatlansa chorrahaga kirishiga ruxsat etiladimi?
  1. Agar avtobus belgilangan yoʻnalish boʻyicha harakatlanayotgan boʻlsa ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi

Agar chorrahadan keyin majburiy toʻxtashga majbur qiladigan tirbandlik yuzaga kelgan boʻlsa va bu boshqa yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga xalaqit bersa, haydovchiga chorrahaga chiqish taqiqlanadi (YHQ 103-bandi).

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

19-savol. Avtomobil harakatining barcha ruxsat etilgan yoʻnalishlari qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?

Avtomobil harakatining barcha ruxsat etilgan yoʻnalishlari qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?
  1. Barcha yoʻnalishlarga
  2. Faqat oʻngga
  3. Faqat chapga
  4. Chapga va oʻngga
  5. Faqat toʻgʻriga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Barcha yoʻnalishlarga

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.9 "Velosipedda harakatlanish taqiqlangan" belgisiga muvofiq, faqat velosipedlarning harakatlanishi taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

20-savol. Kunning yorugʻ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak:

  1. Barcha sanab oʻtilgan hollarda
  2. Mototsikl va mopedlarda
  3. Xavfli, katta oʻlchamli va ogʻir vaznli yuklarni tashishda
  4. Yoʻlovchilarni tashiyotgan avtobus va yoʻnalishli transport vositalarida
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Barcha sanab oʻtilgan hollarda

Yoʻl harakati qoidalarining 138 bandiga asosan, sutkaning yorugʻ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak: transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda; yoʻlovchilarni tashiyotgan avtobuslar va yoʻnalishli transport vositalarida; bolalar guruhini tashkiliy tashishda; xavfli, katta oʻlchamli va ogʻir vaznli yuklarni tashishda;
mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida); kuchli yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) sharoitida; mototsikl va mopedlarda.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

24-biletni onlayn yechish

Keyingi: 25-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish