59-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
59-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 59-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. “Quvib oʻtish” atamasi nimani bildiradi?
- Egallab turgan boʻlakdan qarama qarshi harakat boʻlagiga chiqib bir yoki bir necha transport vositalaridan oʻzib ketish va dastlab egallab turgan boʻlagiga qaytish
- Egallagan harakatlanish boʻlagidan chiqib, oldinda harakatlanayotgan transport vositasidan oʻzib ketish
- Bir va bir necha transport vositalaridan oʻzib ketish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Egallab turgan boʻlakdan qarama qarshi harakat boʻlagiga chiqib bir yoki bir necha transport vositalaridan oʻzib ketish va dastlab egallab turgan boʻlagiga qaytish
YHQ 1-bobi 6-bandi 24-tushunchasiga asosan, quvib oʻtish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan tasmaga chiqib, soʻngra ilgari egallagan qatoriga qaytib oʻtish bilan bogʻliq boʻlgan oʻzib ketish.
Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →
2-savol. Qaysi avtomobilning haydovchisi toʻxtab turish qoidalarini buzmadi?
- Har ikkisi buzgan
- Hech kim buzmadi
- Qizil
- Sariq
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Har ikkisi buzgan
YHQ 13-bobi 88-bandiga asosan, transport vositalariga yoʻlning oʻng tomonida yoʻl yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi. Aholi punktlarida oʻrtada tramvay yoʻli boʻlmagan, har yoʻnalishda bittadan tasmasi boʻlgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda yoʻlning chap tomonida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.
YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno) toʻxtash taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
3-savol. Ushbu chorrahada chapga burilishga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Ruxsat etiladi
YHQ 1-ilovasi 4-boʻlimining birinchi va sakkizinchi xatboshilariga asosan: 4.1.1. “Harakatlanish toʻgʻriga”. 4.1.1 yoʻl belgisi qatnov qismining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga joriy qilinadi. Yoʻlning qismi boshlanishida oʻrnatilgan 4.1.1 belgisining taʼsiri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovlilarga va yoʻlga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.
4-savol. Jarohatdan behushlanganda birinchi tibbiy yordamni qanday koʻrsatish kerak?
- Mutloq tinch qoʻyish. Boshni tushirish, oyoqlarni koʻtarish, badanni isitish. Qaynoq ichimlik (choy va shu kabilar) berish. Bogʻlangan jgutni shifokorsiz echmaslik va boʻshatmaslik
- Kiyim-boshni yechish yoki boʻshatish, toza havo kelishini taʼminlash. Nashatir spirti hidlatish. Yuzga sovuq suv sepish. Peshonaga va gardanga iliq malhamlar qoʻyish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Mutloq tinch qoʻyish. Boshni tushirish, oyoqlarni koʻtarish, badanni isitish. Qaynoq ichimlik (choy va shu kabilar) berish. Bogʻlangan jgutni shifokorsiz echmaslik va boʻshatmaslik
Bu holat travmatik shok hisoblanadi. Jabrlanganga mutlaqo tinchlik taʼminlanadi: boshi pastga tushiriladi, oyoqlari koʻtariladi, badani isitiladi va imkon boʻlsa qaynoq ichimlik (choy va h.k.) beriladi. Qon ketishini toʻxtatish uchun bogʻlangan jgutni shifokordan boshqa hech kim yechmasligi yoki boʻshatmasligi kerak — bu ichki qon ketishi yoki holatning yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
5-savol. Transport vositalari chorrahadan qanday tartibda oʻtadilar?
- Qizil; yashil; koʻk sariq bilan bir vaqtda
- Qizil; koʻk sariq bilan bir vaqtda; yashil
- Sariq yashil bilan bir vaqtda; qizil; koʻk
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Qizil; koʻk sariq bilan bir vaqtda; yashil
YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →
6-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?
- Tez yordam avtomobilining haydovchisi
- Yengil avtomobilining haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yengil avtomobilining haydovchisi
YHQ 6-bobi 26-bandiga muvofiq, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yoʻl berishlari shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 32-dars «Maxsus transport: signal va mayoqchalar» →
7-savol. Ushbu belgi qaysi turdagi transport vositalarini toʻxtamasdan oʻtishlarini taqiqlaydi?
- Yuk avtomobillarini
- Barcha turdagi transport vositalarini
- Yengil avtomobillarni
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Barcha turdagi transport vositalarini
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.17.1 belgiga asosan, «Bojxona». Bojxona (nazorat punkti) oldida toʻxtamasdan oʻtib ketish taqiqlanadi.
8-savol. Avtomobilning yon tomonga sirpanib ketishi nima sababdan roʻy berishi mumkin?
- Birdaniga keskin tezlik olish va keskin tormozlash sababli
- Faqat birdaniga keskin burilish sababli
- Barcha sanab oʻtilgan hollarda
- Faqat birdaniga keskin tormozlash sababli
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Barcha sanab oʻtilgan hollarda
Avtomobilning yon tomonga sirpanib ketishiga quydagi omillar sababli roʻy beradi: avtomobil rulini birdaniga keskin burish, keskin tormozlash hamda avtomobil tezligini keskin oshirish.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
9-savol. Yoʻl burilishlarida avtomobilning markazdan qochirma kuchi qanday hollarda oshadi?
- Harakat tezligi ortishi bilan
- Burilish radiusi koʻpayishi bilan
- Harakat tezligi pasayishi bilan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Harakat tezligi ortishi bilan
Inersiya (markazdan qochirma) kuchi avtomobilning burilish boʻylab harakatidavujudga keladi. Bu holda u burilish markazidan qarama-qarshi yoʻnalish tomon yoʻnaltirilgan va harakat tezligi kattalashishi hamda burilish radiusi kamayishi bilan koʻpayadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
10-savol. Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olinganda, yuk avtomobilining yukxonasida odamlarni tashishga ruxsat beriladimi?
- Faqat shatakka olingan avtomobil yukxonasida ruxsat beriladi
- Shatakka olgan va shatakka olingan avtomobillarning yukxonasida ruxsat beriladi
- Faqat shatakka olgan avtomobil yukxonasida ruxsat beriladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Faqat shatakka olgan avtomobil yukxonasida ruxsat beriladi
Yoʻl harakati qoidalarining 143 bandiga asosan, qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar boʻlishi taqiqlanadi.
11-savol. Ushbu holatda siz qanday yoʻl tutishingiz kerak?
- Ovozli ishora berib, tezlikni oshiring
- Zarur boʻlganda darhol toʻxtash imkoniyatini beradigan darajada tezlikni kamaytiring
- Chapga burilib, toʻsiqni aylanib oʻting
- Toʻxtovsiz harakatni davom ettiring
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Zarur boʻlganda darhol toʻxtash imkoniyatini beradigan darajada tezlikni kamaytiring
YHQning 6-bob. 27-bandiga asosan: 27. Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchasini yoqib toʻxtab turgan transport vositasiga yaqinlashayotgan haydovchilar zarur boʻlgan hollarda harakatlanish tezligini darhol toʻxtash imkoniyatini beradigan darajada kamaytirishlari shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
12-savol. Ushbu koʻrsatilgan yoʻl nechta qatnov qismiga ega?
- Bitta
- Ikkita
- Sakkizta
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Ikkita
Yoʻl harakati qoidalarining 6-bandiga asosan, ajratuvchi mintaqa — yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʻxtashi uchun moʻljallanmagan, yoʻl sathidan koʻtarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus toʻsiqlar bilan ajratilgan baland qismi.
Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →
13-savol. Qaysi avtomobil haydovchisi yoʻl berishi kerak?
- Sariq avtomobil haydovchisi
- Yashil avtomobil haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Sariq avtomobil haydovchisi
YHQning 16-bob. 105-band 1-xatboshi va 106-bandiga asosan: 105. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.
106. Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →
14-savol. Avtomagistrallarda yuk avtomobillariga yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi.
- Taqiqlanadi.
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi.
YHQ 19-boʻlimi 121-bandi 2-xatboshiga asosan, avtomagistrallarda yuk avtomobillariga yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishi taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →
15-savol. Tartibga soluvchining ushbu ishorasida qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Yashil va oq avtomobillarga
- Qizil avtomobil va YPX avtomobiliga
- Faqat YPX avtomobiliga
- Hech biriga ruxsat etilmaydi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Hech biriga ruxsat etilmaydi
YHQning 7-bob. 38-bandi va 6-bob. 25-bandi 1-xatboshiga asosan:
Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi:
Qoʻlini yuqoriga koʻtarganda:
ushbu Qoidalarning 42-bandida koʻrsatilganidan boshqa holatlarda transport vositalari va piyodalarning barcha yoʻnalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi.
Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, harakatlanish xavfsizligini taʼminlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7-bobi (tartibga soluvchining ishoralaridan tashqari), 9 — 16, 19-20 va 22 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.
Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →
16-savol. Ushbu belgilardan qaysi biri “Sunʼiy yoʻl notekisligi” deb ataladi?
- Ikkinchi belgi
- Har ikkala belgi
- Birinchi belgi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Birinchi belgi
YHQga 1-ILOVA 1.31 bandiga asosan: 1.31. “Sunʼiy yoʻl notekisligi”. Yoʻlning sunʼiy notekislik oʻrnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi toʻgʻrisida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qoʻllaniladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →
17-savol. Ushbu koʻrsatilgan joyda toʻxtashga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Ruxsat etiladi
YHQning 13-bob. 91-band 5-xatboshiga asosan: 91. Quyidagilarda toʻxtash taqiqlanadi: bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega boʻlgan koʻprik, yoʻl oʻtkazgich va estakadalarning ustida.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
18-savol. Qaysi yoʻnalishlarga harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Barcha yoʻnalishlarga oʻngga burilish va qayrilishdan tashqari
- Barcha yoʻnalishlarga
- Faqat toʻgʻriga
- Toʻgʻriga, chapga va qayrilishga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Faqat toʻgʻriga
YHQning 56-bandiga asosan, haydovchi chorrahaga kirishda oʻngga, chapga burilish yoki qayrilib olishdan oldin shu yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatini oldindan egallashi shart. Rasmda avtomobil faqat toʻgʻriga moʻljallangan lentada turibdi, shu sababli undan chapga burilish yoki qayrilib olish mumkin emas. Bundan tashqari, 3.18.1 «Oʻngga burilish taqiqlangan» belgisi oʻngga burilishni ham taqiqlaydi. Shuning uchun ushbu holatda faqat toʻgʻriga harakatlanishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
19-savol. Mazkur joyda yoʻlovchilarni tushirish yoki chiqarish uchun toʻxtashga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
- Faqat taksi haydovchilariga ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi
YHQning 13-bob. 91-band 4-xatboshiga asosan: 91. Quyidagilarda toʻxtash taqiqlanadi: tunnellarda.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
20-savol. Qizil avtomobil chorrahadan nechanchi boʻlib kesib oʻtadi?
- Birinchi
- Ikkinchi
- Uchinchi
- Oxirgi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Ikkinchi
YHQning 16-bob. 104-band, 105-band 1-xatboshi va 106-bandiga asosan: 104. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak.
Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.
105. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.
106. Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidalariga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
59-biletni onlayn yechish