7-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

7-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 7-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Bu joyda toʻxtash mumkinmi?

Bu joyda toʻxtash mumkinmi?
  1. Taqiqlangan
  2. Mumkin
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlangan

YHQ 13-bobi 91-bandi 13-xatboshiga asosan, toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi - bekat maydonchalarida, yoʻnalishli transport vositalari toʻxtash joylarida, jumladan, 1.17 chizigʻi bilan belgilangan, ular boʻlmaganda esa yoʻnalishli transport vositalari toʻxtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yoʻnalishi boʻylab (yetmasdan va oʻtib ketib) 15 metrdan kam masofada (yoʻnalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun toʻxtash bundan mustasno).

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

2-savol. Qaysi belgi Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilaydigan talablarning bekor qilinishini koʻrsatadi?

Qaysi belgi Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilaydigan talablarning bekor…
  1. 5
  2. 1
  3. 2
  4. 4
  5. 3
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. 4

YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimi 5.23 "Aholi punktining oxiri" belgisiga muvofiq, ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartib-talablari bekor qilingan joyni bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

3-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi qoidani buzib burilmoqda?

Qaysi transport vositasining haydovchisi qoidani buzib burilmoqda?
  1. Faqat mototsikl haydovchisi
  2. Faqat yengil avtomobil haydovchisi
  3. Ikkisi ham buzmoqda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Ikkisi ham buzmoqda

YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.1.1 belgiga asosan, «Harakatlanish toʻgʻriga». Faqat belgilarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yoʻnalishiga tegishli koʻrsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qoʻllash mumkin).

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

4-savol. Gʻildiraklarni yoʻl bilan ilashishi yoʻqolganda (kuchli yomgʻir, sel yoki suv toshgan yoʻl qismlari) haydovchi:

  1. Tezlikni oshirish lozim
  2. Tormoz tepkisini keskin bosish bilan tezlikni kamaytirish lozim
  3. Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim

Yomgʻir yogʻayotganida gʻildiraklar bilan qoplama orasida albatta suv qoladi (ayniqsa yedirilgan shina protektorida) va bu oʻz navbatida "Suv ponasi"ni hosil qiladi. Oqibatda gʻildiraklar sirpana boshlaydi. Bunda haydovchi tezlikni dvigatel yordamida pasaytirishi kerak, aks holda tezlikning keskin pasayishi avtomobilning sirpanib ketishiga olib keladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

5-savol. Ogohlantirish ishorasini berish haydovchiga birinchi harakatlanish huquqini beradimi?

  1. Hamma hollarda beradi
  2. Manevrni tugatish vaqtida beradi
  3. Bermaydi
  4. Manevrni boshlash vaqtida beradi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Bermaydi

YHQ 8-bobi 46-bandiga muvofiq, burilish koʻrsatkichlari bilan berilayotgan ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin oʻtish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini koʻrish masʼuliyatidan ozod etmaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →

6-savol. Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:
  1. Koʻk; qizil; yashil
  2. Yashil; koʻk; qizil
  3. Koʻk bilan yashil bir vaqtda, qizil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Koʻk; qizil; yashil

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

7-savol. Transport vositalari chorrahani qay tartibda kesib oʻtadi?

Transport vositalari chorrahani qay tartibda kesib oʻtadi?
  1. 2-tramvay; koʻk avtomobil; 1-tramvay; qizil avtomobil
  2. 2-tramvay ayni vaqtda 1-tramvay bilan; koʻk avtomobil ayni vaqtda qizil bilan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. 2-tramvay; koʻk avtomobil; 1-tramvay; qizil avtomobil

YHQ 16-bobi 106-, 105- va 104-bandlariga asosan, asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

8-savol. Yuk avtomobilining qaysi yoʻnalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Yuk avtomobilining qaysi yoʻnalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi?
  1. Faqat chapga
  2. Oʻngga, chapga va qayrilib olishga
  3. Faqat oʻngga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Oʻngga, chapga va qayrilib olishga

YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.30.1 belgi, "Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yoʻnalishi", chorrahada yuk avtomobillari, traktorlar va oʻziyurar moslamalarga biror yoʻnalishda harakatlanish taqiqlangan boʻlsa, bunday transport vositalariga tavsiya etilgan harakatlanish yoʻnalishlarini koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

9-savol. Qaysi belgi piyodalar oʻtish joyini bildiradi?

Qaysi belgi piyodalar oʻtish joyini bildiradi?
  1. «В»
  2. «А»
  3. «Б»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. «Б»

YHQ 1 ilova: 5.16.1, 5.16.2. “Piyodalar oʻtish joyi”. Oʻtish joyi oldida 1.14.1-1.14.2 yotiq chizigʻi boʻlmaganda 5.16.2 belgisi yoʻldan oʻng tomonga oʻtish joyining old chegarasiga, 5.16.1 belgisi esa chap tomonga oʻtish joyining orqa chegarasiga oʻrnatiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

10-savol. Qaysi belgi qayrilishga ruxsat etadi?

Qaysi belgi qayrilishga ruxsat etadi?
  1. 1
  2. 5
  3. 2
  4. 3
  5. 4
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 2

YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining yigirma ikkinchi xatboshisiga asosan: 3.18.2. “Chapga burilish taqiqlanadi”.
Izoh: 3.18.2. “Chapga burilish taqiqlanadi” belgisi, qayrilib olishni taqiqlamaydi

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

11-savol. Ushbu svetofor qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat beradi?

Ushbu svetofor qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat beradi?
  1. Faqat chapga
  2. Toʻgʻriga va chapga
  3. Toʻgʻriga va oʻngga
  4. Faqat oʻngga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Toʻgʻriga va oʻngga

Yoʻl harakati qoidalarining 36 bandiga asosan, Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma boʻylab harakatlanayotgan boshqa yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun «T» harfi koʻrinishida joylashgan toʻrtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qoʻllanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning oʻzida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, oʻngdagisi oʻngga, oʻrtadagisi toʻgʻriga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora oʻchirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

12-savol. Yoʻlovchilarga haydovchi transport vositasini boshqarayotganda, uni chalgʻitishga ruxsat etiladimi?

  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalarida faqat bir martalik chiptalar sotib olish uchun ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi

YHQ 5-bobi 24-bandi 1-xatboshiga asosan, yoʻlovchilarga transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalgʻitish (unga xalaqit berish) taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 3-dars «Piyodalarning vazifalari» →

13-savol. Jamoat transporti bekatidan tashqarida yoʻl chetidan qoʻzgʻalayotgan yoʻnalishli transport vositasiga yoʻl berishingiz kerakmi?

Jamoat transporti bekatidan tashqarida yoʻl chetidan qoʻzgʻalayotgan yoʻnalishli transport vositasiga yoʻl…
  1. Ha
  2. Yoʻq
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yoʻq

YHQ 22-bobi 133-bandi: Haydovchilar aholi yashash joylarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yoʻl berishlari kerak. Oʻz navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari oʻzlariga yoʻl berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →

14-savol. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash - ...

  1. Yoʻllarda harakatni boshqarish boʻyicha huquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui.
  2. Yoʻl transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini oldini olishga, ularning ogʻir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yoʻl transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini oldini olishga, ularning ogʻir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat

Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash — yoʻl-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarining oldini olishga, ularning ogʻir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

15-savol. Qaysi yotiq yoʻl chizigʻi baland piyodalar oʻtish joyini bildiradi?

Qaysi yotiq yoʻl chizigʻi baland piyodalar oʻtish joyini bildiradi?
  1. «В»
  2. «А»
  3. «Б»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. «А»

YHQ 2 ilova: 1.29.1 — sunʼiy notekislik (baland piyodalar oʻtish joyini bildiradi).

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

16-savol. Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda oʻtadilar

Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda oʻtadilar
  1. Avtobus, yengil avtomobil, tramvay
  2. Yengil avtomobil, tramvay, avtobus
  3. Tramvay, avtobus, yengil avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Tramvay, avtobus, yengil avtomobil

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼi nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

17-savol. Aholi punktlaridan tashqarida qaysi avtomobil toʻxtab turish qoidasini buzmadi?

Aholi punktlaridan tashqarida qaysi avtomobil toʻxtab turish qoidasini buzmadi?
  1. Yashil avtomobil
  2. Koʻk avtomobil
  3. Qizil avtomobil
  4. Barcha avtomobillar toʻxtab turish qoidasini buzdi
  5. Qizil va yashil avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Qizil avtomobil

YHQning 13-bob. 88-band 1-xatboshiga asosan: 88. Transport vositalariga yoʻlning oʻng tomonida yoʻl yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida va Qoidalarning 89-bandida koʻrsatilgan hollarda trotuarda toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

18-savol. Ushbu yoʻl belgisi qanday nomlanadi:

Ushbu yoʻl belgisi qanday nomlanadi:
  1. Bir izli temir yoʻl kesishmasi
  2. Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashuv
  3. Shlagbaumli temir yoʻl kesishmasi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashuv

YHQ 1-ilovasi 1-boʻlim: «Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashuv» (1.4.1–1.4.6) temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi. 3.32 «Xavfli yuk…» bu javob emas.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

19-savol. Chorrahada qaysi yoʻnalishlarda harakat qilishga ruxsat etiladi?

Chorrahada qaysi yoʻnalishlarda harakat qilishga ruxsat etiladi?
  1. «Б», «В», «Г», «Д»
  2. Faqat «Г» va «Е»
  3. «А», «Б», «Г», «Д»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Faqat «Г» va «Е»

YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.8.1 "Tasmalar boʻyicha harakat yoʻnalishi" belgisi boʻlaklar soni va har biri boʻlak boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatadi. Chorrahadan oldin oʻrnatilgan 5.8.1 belgisining taʼsiri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, butun chorrahaga tatbiq etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

20-savol. Qoʻl-oyoq uchlari (tirsakdan past qismi, boldir) sinishida transport shinalari yoki ularni qoʻlda yasash uchun vositalar boʻlmasa birinchi tibbiy yordam qanday koʻrsatiladi?

  1. Qoʻllarni tirsakdan bukib, roʻmolga osgan holda tanaga bogʻlash, oyoqlarni bir-biriga yaxshilab jipslab tekkazib bogʻlash
  2. Qoʻllarni tirsakdan bukib, roʻmolga osgan holda tanaga bogʻlash, oyoqlarni orasiga albatta yumshoq mato qoʻyib bir-biriga bogʻlash
  3. Qoʻllarni tana boʻylab choʻzgan holda tanaga bogʻlash, oyoqlarni orasiga yumshoq mato qoʻyib bir-biriga bogʻlash
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Qoʻllarni tirsakdan bukib, roʻmolga osgan holda tanaga bogʻlash, oyoqlarni orasiga albatta yumshoq mato qoʻyib bir-biriga bogʻlash

Yoʻl - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, qoʻl oyoq uchlari (tirsakdan past qismi, boldir) sinishida transport shinalari yoki ularni qoʻlda yasash uchun vositalar boʻlmasa birinchi tibbiy yordam, qoʻllarni tirsakdan bukib, roʻmolga osgan holda tanaga bogʻlash, oyoqlarni orasiga albatta yumshoq mato qoʻyib bir-biriga bogʻlash orqali koʻrsatiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

7-biletni onlayn yechish

Keyingi: 8-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish