26-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

26-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 26-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Agar piyodalar oʻtish joylaridan keyin tirbandlik paydo boʻlsa haydovchi qayerda toʻxtashi kerak?

  1. Bevosita piyodalar oʻtish joyi oldida
  2. Piyodalar oʻtish joyiga 5 m yetmasdan
  3. Piyodalar oʻtish joyida, agar piyodalar boʻlmasa
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Bevosita piyodalar oʻtish joyi oldida

Yoʻl harakati qoidalarining 112 bandiga asosan, piyodalar oʻtish joylaridan keyin paydo boʻlgan tirbandlik tufayli haydovchi piyodalar oʻtish joyida toʻxtashga majbur boʻladigan boʻlsa, piyodalar oʻtish joyiga kirish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 26-dars «Piyodalar oʻtish joyi va bekatlar» →

2-savol. Svetoforning bir vaqtda yoqilgan sariq va qizil ishoralari nimani bildiradi?

Svetoforning bir vaqtda yoqilgan sariq va qizil ishoralari nimani bildiradi?
  1. Harakatni taqiqlaydi va tezda yashil ishora yoqilishi haqida ogohlantiradi
  2. Harakatni boshlash mumkin
  3. Chorrahaga maxsus ovoz yoki miltillovchi chiroq bilan ishora berayotgan transport vositasi yaqinlashib kelayotganini
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Harakatni taqiqlaydi va tezda yashil ishora yoqilishi haqida ogohlantiradi

YHQ 7-bobi 31-bandi 7-xatboshisiga asosan, qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlanishni taqiqlaydi va koʻp oʻtmay yashil ishora yonishi haqida axborot beradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

3-savol. M3 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yigʻindisiga yoʻl qoʻyiladi:

  1. 25°
  2. 10°
  3. 20°
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 20°

YHQ 3-ilovasining 2.1-bandiga muvofiq, M3 toifa avtotransport vositasining boshqaruv qurilmasidagi lyuft yigʻindisi reglament (qatʼiy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda 20 gradusdan katta boʻlmasligi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

4-savol. Boshqarishni oʻrgatishdagi transport vositasi qanday jihozlangan boʻlishi kerak?

  1. Ilashma va ishchi tormozning qoʻshimcha tepkilari bilan
  2. Oʻrgatuvchi uchun orqani koʻrsatuvchi koʻzgu bilan
  3. Sanab oʻtilgan barcha jihozlar va belgilar bilan
  4. Qoidalarning talablariga asosan taniqlik belgilari bilan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Sanab oʻtilgan barcha jihozlar va belgilar bilan

YHQ 25-bobi 150-bandiga muvofiq, boshqarishni oʻrgatish uchun moʻljallangan mexanik transport vositalari "Boshqarishni oʻrgatish transport vositasi" taniqlik belgisi va oʻrgatuvchi uchun ulashish mexanizmi va ishchi tormozning qoʻshimcha tepkilari, qoʻshimcha orqani koʻrsatuvchi koʻzgu bilan jihozlanishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 35-dars «Oʻquv haydash» →

5-savol. Qizil avtomobil chorrahani nechanchi boʻlib kesib oʻtadi?

Qizil avtomobil chorrahani nechanchi boʻlib kesib oʻtadi?
  1. Ikkinchi boʻlib, sariqdan keyin
  2. Ikkinchi boʻlib, ayni vaqtda koʻk bilan birga
  3. Uchinchi boʻlib, yashil, sariqdan keyin
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ikkinchi boʻlib, ayni vaqtda koʻk bilan birga

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

6-savol. Bu belgi qaysi transport vositalariga tegishli emas?

Bu belgi qaysi transport vositalariga tegishli emas?
  1. Belgi taʼsirida joylashgan korxonalarga xizmat koʻrsatayotgan transport vositasiga
  2. Traktorlar va oʻziyurar avtomobillarga
  3. Avtobuslar va mikro avtobuslarga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Belgi taʼsirida joylashgan korxonalarga xizmat koʻrsatayotgan transport vositasiga

YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining uchinchi va oʻttiz sakkizinchi xatboshilariga asosan: 3.2. “Harakatlanish taqiqlangan”. Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi. 3.2 belgisi belgilangan zonada joylashgan korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, belgilangan zonada yashaydigan yoki ishlaydigan fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki ularga tegishli boʻlgan transport vositalariga taʼsir qilmaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

7-savol. Koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etiladi?

Koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Avtomobil va motosikl haydovchisiga
  2. Tramvay va avtomobil haydovchisiga
  3. Avtomobil haydovchisiga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Tramvay va avtomobil haydovchisiga

YHQ 7-bobi 32-bandiga asosan, yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil maʼnoga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga taʼsir etadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

8-savol. Qaysi yoʻnalish boʻyicha burilish mumkin?

Qaysi yoʻnalish boʻyicha burilish mumkin?
  1. Faqat «А»
  2. Ikkala sanab oʻtilgan hollarda
  3. Faqat «Б»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Faqat «А»

YHQ 1 ilova: 5.37. “Reversiv harakatlanish yoʻliga chiqish”. YHQ 2 ilova: 1.9 — reversiv harakat tashkil etilgan boʻlaklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yoʻllarda (reversiv svetofori oʻchirigan holatda) qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimini ajratadi.
YHQ 10-bobi 71-bandi: Reversiv harakatlanishli yoʻlga burilishda haydovchi transport vositasini shunday boshqarishi kerakki, bunda transport vositasi qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki oʻng qatorni egallashi kerak. Shu yoʻnalishdagi boshqa tasmalardan ham harakatlanish ruxsat etilganiga ishonch hosil qilingandan keyingina haydovchiga qayta tizilishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

9-savol. M2; M3 toifadagi avtotransport vositalarining shina protektori naqshlarining balandligi quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak:

  1. 2,0 mm
  2. 2,5 mm
  3. 1,6 mm
  4. 0,8 mm
  5. 1,0 mm
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. 2,0 mm

YHQ 3-ilovasining 5.1-bandiga muvofiq, agar shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, o4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam boʻlsa; M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,6 mm dan, kam boʻlsa; M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm dan kam boʻlsa; motosikl va mopedlar (skuterlar, Kvadrosikllar) uchun — 0,8 mm dan kam boʻlsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

10-savol. Miltillovchi qizil ishora?

  1. Keskin tormoz bermasdan toʻxtashga ulgura olmaydigan haydovchilarga harakatlanishni davom ettirishga ruxsat etiladi
  2. Harakatni taqiqlaydi
  3. Harakatlanishga ruxsat beradi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Harakatni taqiqlaydi

YHQning 7-bob. 31-band 7-xatboshiga asosan: 31. Svetoforning doirasimon ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi: qizil ishora, shuningdek, miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

11-savol. Shokning belgilari qanday?

  1. Kuchli ter ajralishi
  2. Teri va shilliq qavatlarning oqarishi
  3. Yuqoridagi barcha holatlar
  4. Es-hushning noaniqligi, behush holat
  5. Ogʻiz qurishi, chanqoqolik, nafas olishning tezlashuvi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Yuqoridagi barcha holatlar

Yoʻl - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, shokning belgilari quyidagilar:
- Teri va shilliq qavatlarning oqarishi;
- Kuchli ter ajralishi;
- Ogʻiz qurishi, chanqoqlik, nafas olishning tezlashuvi;
- Es - hushning noaniqligi, behush holat.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

12-savol. Koʻk avtomobil chorrahani nechanchi boʻlib kesib oʻtadi?

Koʻk avtomobil chorrahani nechanchi boʻlib kesib oʻtadi?
  1. Ikkinchi boʻlib
  2. Uchinchi boʻlib
  3. Birinchi boʻlib
  4. Oxirgi boʻlib
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Oxirgi boʻlib

YHQ 16-bobi 104, 106-bandlariga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼi nazar, asosiy yoʻldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yoʻldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak. Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga muvofiq, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan, shuningdek, ruxsat etilgan hollarda quvib oʻtayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →

13-savol. Yengil avtomobilda qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Yengil avtomobilda qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat toʻgʻriga
  2. Faqat oʻngga va chapga
  3. Istalgan yoʻnalishda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Istalgan yoʻnalishda

YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.1.1 belgiga asosan, «Harakatlanish toʻgʻriga». Faqat belgilarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi.
YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimidagi 7.4.1 belgiga asosan, «Transport vositasining turi». Belgining taʼsiri joriy etilgan transport vositalari turini koʻrsatadi. 7.4.1 belgi bilan oʻrnatilgan yoʻl belgisining taʼsiri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositalariga tatbiq etiladi.
Yengil avtomobilga istalgan yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

14-savol. Qizil avtomobil chorrahani nechinchi boʻlib kesib oʻtadi?

Qizil avtomobil chorrahani nechinchi boʻlib kesib oʻtadi?
  1. Birinchi boʻlib
  2. Ikkinchi boʻlib
  3. Oxirgi boʻlib
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Oxirgi boʻlib

Yoʻl harakati qoidalarining 105 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼiy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.
Yoʻl harakati qoidalarining 107 bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.
Ushbu chorrahada tramvay birinchi, toʻgʻriga harakatlanayotgan avtobus ikkinchi, chapga burilayotgan qizil avtomobil uchinchi boʻlib harakatlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

15-savol. Koʻrsatilgan belgilardan qaysi biri ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga harakatlanishga ruxsat beradi?

Koʻrsatilgan belgilardan qaysi biri ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga…
  1. A va B
  2. Faqat A va C
  3. Faqat C
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Faqat A va C

YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.3 belgiga asosan, «Avtomobillar uchun moʻljallangan yoʻl». Faqat avtomobillar, avtobus va mototsikllarning harakatlanishi uchun moʻljallangan yoʻlni bildiradi.
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.4 belgiga asosan, «Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan». Ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida koʻrsatilmagan boʻlsa) yoki ruxsat etilgan toʻliq vazni belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, oʻziyurar uskunalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.4. yoʻl belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

16-savol. Agar transport vositasi oʻlchamlari kattaligidan yoki boshqa sabablarga koʻra chetki holatda burilishni bajara olmagan boʻlsa, bu qoidadan chetga chiqqan holda burilishga yoʻl qoʻyiladimi?

  1. Yoʻl qoʻyiladi, agar bu boshqa transport vositalariga xalaqit bermasa, harakat xavfsizligini taʼminlab, talablardan chetga chiqishi mumkin
  2. Yoʻl qoʻyilmaydi
  3. Aholi punktidan tashqaridagi yoʻllarda yoʻl qoʻyiladi
  4. Yoʻl qoʻyiladi, lekin faqat chorrahada emas
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yoʻl qoʻyiladi, agar bu boshqa transport vositalariga xalaqit bermasa, harakat xavfsizligini taʼminlab, talablardan chetga chiqishi mumkin

YHQ 9-bobi 58-bandiga muvofiq, transport vositasi oʻzining tashqi gabaritlari yoki boshqa sabablarga koʻra shu yoʻnalishda harakatlanishi moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatini egallab burilishni bajara olmasa, harakat xavfsizligini taʼminlab, boshqa transport vositalariga xalaqit bermasdan, talablardan chetga chiqishiga yoʻl qoʻyiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

17-savol. Quyidagi qaysi suratda haydovchi avtomobilni qoidaga xilof ravishda toʻxtash joyiga qoʻygan?

Quyidagi qaysi suratda haydovchi avtomobilni qoidaga xilof ravishda toʻxtash joyiga qoʻygan?
  1. Barchasida
  2. Faqat chapdagi
  3. Chap va oʻrtadagi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Chap va oʻrtadagi

YHQ 13-bobi 88-bandiga asosan, transport vositalariga yoʻlning oʻng tomonida yoʻl yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

18-savol. Qoʻshaloq shinalar orasiga begona jismlar tiqilib qolganda transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladimi?

  1. Koʻpi bilan 40 km/soat tezlikda harakat qilishga ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Mazkur yoʻnalishda ikki va undan ortiq boʻlak boʻlganda yoʻlning faqat oʻng tarafdagi boʻlagi boʻylab harakatlanishga ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi

YHQ 3-ilovasining 5.3-bandiga muvofiq, agar qoʻshaloq shinalar orasiga xavf-xatar tugʻdiruvchi begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan boʻlsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

19-savol. Koʻrsatilgan yoʻl belgilarining qaysi birida eng kam tezlikda harakatlanish kerak?

Koʻrsatilgan yoʻl belgilarining qaysi birida eng kam tezlikda harakatlanish kerak?
  1. Oʻngdagi belgida
  2. Har ikkisida
  3. Chapdagi belgida
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Oʻngdagi belgida

YHQga 1-ILOVA 4.7 bandiga asosan: 4.7. «Eng kam tezlik». Faqat belgida koʻrsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

20-savol. Ushbu chorrahada kim yoʻl beradi?

Ushbu chorrahada kim yoʻl beradi?
  1. Koʻk avtomobil
  2. Motosikl va sariq avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Koʻk avtomobil

Yoʻl harakati qoidalarining 98 bandi 3 xatboshiga asosan, aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

26-biletni onlayn yechish

Keyingi: 27-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish