15-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

15-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 15-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Chap qoʻlni yonga choʻzish yoki oʻng qoʻlni tirsakdan toʻgʻri burchak ostida bukib, yuqoriga koʻtarish ishorasi nimani bildiradi?

  1. Chapga burilishni yoki qayrilib olishni
  2. Oʻngga burilish yoki qayrilib olishni
  3. Toʻxtashni
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Chapga burilishni yoki qayrilib olishni

Yoʻl harakati qoidalarining 45 bandiga asosan, haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va toʻxtashdan oldin tegishli yoʻnalishni koʻrsatuvchi yorugʻlik ishoralarini yoqishi, ular boʻlmaganda yoki ishlamaganda qoʻl bilan ishoralar berishi shart.
Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qoʻlni yonga uzatish yoki oʻng qoʻlni tirsakdan toʻgʻri burchak ostida bukib, yuqoriga koʻtarish mos keladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →

2-savol. Avtomobil qaysi yoʻnalishda qayrilib olishiga ruxsat beriladi?

Avtomobil qaysi yoʻnalishda qayrilib olishiga ruxsat beriladi?
  1. Har ikki yoʻnalishda
  2. A yoʻnalishga
  3. B yoʻnalishga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. A yoʻnalishga

YHQga 1-ILOVA 5.8.1 bandi va 5. Axborot-koʻrsatkich belgilarining 11-xatboshiga asosan: 5.8.1. «Tasmalar boʻyicha harakat yoʻnalishi». Tasmalar soni va har biri boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlari. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanish taqiqlanadi.
Yoʻlning chetki chap boʻlagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

3-savol. Kunning qorongʻi vaqtida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchi tezlikni tanlashda qanday eng asosiy hal qiluvchi omilni eʼtiborga olishi kerak?

  1. Transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻrsatilgan tezlik chegarasini
  2. Yoʻl harakati qoidalari oʻrnatgan tezlik chegaralarini
  3. Koʻrish sharoitini
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Koʻrish sharoitini

Kechasi harakatlanganda tezlikni tanlash juda muhim holat hisoblanadi. Bunday holda, asosiy shartni hisobga olish kerak – haydovchiga yetarli darajada yoʻlning koʻrinish masofasi toʻxtash yoʻli masofasidan ortiq boʻlishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

4-savol. Mazkur yoʻl belgisi:

Mazkur yoʻl belgisi:
  1. Vaqtinchalik belgi hisoblanadi
  2. Mavsumiy belgi hisoblanadi
  3. Doimiy belgi hisoblanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Vaqtinchalik belgi hisoblanadi

Yoʻl harakati qoidalari 1 – ilovasi, izoh qismiga asosan, 1,8 1.15, 1.16, 1.31, 1.17, 1.18.1 — 1.18.3, 1.21, 1.30, 2.6, 2.7, 3.1, 3.2, 3.11 — 3.16, 3.18.1 — 3.18.25 yoʻl belgilari vaqtincha yoʻl belgilari sifatida belgilanishi mumkin. Vaqtincha yoʻl belgilari sariq rangda boʻladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

5-savol. Qaysi belgi toʻxtamasdan oʻtishni taqiqlaydi?

Qaysi belgi toʻxtamasdan oʻtishni taqiqlaydi?
  1. 3
  2. 2
  3. 4
  4. 5
  5. 1
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 4

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlim 3.17.1 “Bojxona” belgisi davlat tili va ingliz tilida yozilib bojxona (nazorat punkti) oldida toʻxtamasdan oʻtib ketish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

6-savol. Yengil avtomobilning oldingi oʻrindigʻida bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan boʻlsa, ularni tashish qaysi yoshdan ruxsat etiladi?

  1. 8 yosh
  2. 10 yosh
  3. 12 yosh
  4. 5 yosh
  5. 6 yosh
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 12 yosh

YHQ 26-bobi 159-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 12 yoshga toʻlmagan bolalarni mototsiklning orqa oʻrindigʻida, shuningdek bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan transport vositasining old oʻrindigʻida.

Mavzu boʻyicha videodars: 36-dars «Odam tashish» →

7-savol. Chorrahadan qaysi yoʻnalishda harakatlanishingizga ruxsat berilgan?

Chorrahadan qaysi yoʻnalishda harakatlanishingizga ruxsat berilgan?
  1. Faqat oʻngga
  2. Toʻgʻriga va oʻngga
  3. Faqat toʻgʻriga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Faqat toʻgʻriga

YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish toʻgʻriga”. Faqat belgilarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yoʻnalishiga tegishli koʻrsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qoʻllash mumkin).

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

8-savol. Yengil avtomobilning tom qismiga oʻrnatilgan yukxonasida yukning balandligi (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) necha metrdan oshmasligi kerak?

  1. 0,5 metr
  2. 1,0 metr
  3. 1,2 metr
  4. 1,5 metr
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 1,0 metr

YHQ 27 – bobi 162 – bandi, sakkizinchi xatboshiga asosan: Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yoʻl qoʻyiladi: yengil avtomobilning tom qismiga oʻrnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlar va individual harakatlanish vositalarini tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasa.

Mavzu boʻyicha videodars: 37-dars «Yuk tashish» →

9-savol. Transport vositalarining tezligi texnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra 40 km/s dan kam boʻlganda avtomagistral boʻylab harakatlanishga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Ikkinchi boʻlakdan nariga oʻtmaganda ruxsat etiladi
  3. Agar «Eng kam tezlik» belgisi oʻrnatilmagan boʻlsa ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi

YHQ 18-bobining 121-bandiga muvofiq, avtomagistrallarda piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va oʻzi yurar mashinalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 28-dars «Avtomagistrallar» →

10-savol. Chapga burilayotgan sariq avtomobil haydovchisi qaysi boʻlaklarni egallashi kerak?

Chapga burilayotgan sariq avtomobil haydovchisi qaysi boʻlaklarni egallashi kerak?
  1. Chap boʻlakni
  2. Oʻng boʻlakni
  3. Istalgan boʻlakni
  4. Oʻrta boʻlakni
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Istalgan boʻlakni

YHQ 9-bobi 57-bandi: Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yoʻnalishdagi harakat tomoniga oʻtib ketmasligi kerak. Oʻngga burilayotgan transport vositasi iloji boricha qatnov qismining oʻng tomoniga yaqinroqda harakatlanishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

11-savol. Qaysi holda avtomobilning agʻdarilib ketishiga qarshi turgʻunligi ortadi?

Qaysi holda avtomobilning agʻdarilib ketishiga qarshi turgʻunligi ortadi?
  1. Ogʻirlik markazi oʻngga siljiganda
  2. Ogʻirlik markazi balandda joylashganda
  3. Ogʻirlik markazi pastda joylashganda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Ogʻirlik markazi pastda joylashganda

Burilishlarda yoʻlovchisi va yuki boʻlmagan avtomobillar koʻproq muvozanat saqlab qoladi, chunki bunday avtomobilda ogʻirlik markazi eng pastda joylashgan boʻlib, eng kam agʻdarilish jihatiga ega boʻladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

12-savol. Qaysi belgi «Avtomobillar uchun moʻljallangan yoʻl» deb nomlanadi?

Qaysi belgi «Avtomobillar uchun moʻljallangan yoʻl» deb nomlanadi?
  1. 5
  2. 3
  3. 4
  4. 1
  5. 2
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. 2

YHQ 1-ilova: 5.3. “Avtomobillar uchun moʻljallangan yoʻl”. Faqat avtomobillar, avtobus hamda mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning harakatlanishi uchun moʻljallangan yoʻlni bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

13-savol. Qaysi belgi velosipedchilar va individual harakatlanish vositalari uchun tasmani bildiradi?

Qaysi belgi velosipedchilar va individual harakatlanish vositalari uchun tasmani bildiradi?
  1. A
  2. B
  3. C
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. B

Koʻk rangli toʻrtburchak shaklidagi “Velosipedchilar va individual harakatlanish vositalari uchun tasma” axborot-koʻrsatuvchi yoʻl belgisi (B rasmda koʻrsatilgan) ana shunday maxsus tasma mavjudligini bildiradi. A rasmdagi doira shaklidagi koʻk belgi “Velosipedlar yoʻli” boʻylab majburiy harakatlanishni bildiruvchi buyuruvchi belgi, C rasmdagi qizil uchburchak esa “Velosipedchilar kesib oʻtishi mumkin” ogohlantiruvchi belgisidir.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

14-savol. Qaysi belgi yoʻlning tor qismlarida roʻparadan kelayotgan transport vositasiga yoʻl berish lozimligini bildiradi?

Qaysi belgi yoʻlning tor qismlarida roʻparadan kelayotgan transport vositasiga yoʻl berish lozimligini…
  1. B
  2. B va V
  3. A
  4. G
  5. A va G
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. A

YHQ 1-ilovasining 2-boʻlimidagi 2.6 belgiga asosan, «Roʻpara harakatlanishning ustunligi». Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yoʻlning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yoʻlning tor qismida boʻlgan yoki roʻparadan unga yaqin boʻlgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 5-dars «Imtiyoz belgilari» →

15-savol. Qanday hollarda quvib oʻtish taqiqlanadi?

  1. Hamma sanab oʻtilgan hollarda
  2. Tartibga solingan chorrahalarda
  3. Tartibga solinmagan chorrahalardagi asosiy boʻlib hisoblanmaydigan yoʻllarda
  4. Teng ahamiyatga ega boʻlgan chorrahalarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Hamma sanab oʻtilgan hollarda

YHQ 12-bobi 86-bandiga asosan, quvib oʻtish quyidagi hollarda taqiqlanadi - tartibga solingan chorrahalarda, tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yoʻllarda harakatlanishda, koʻpriklarda, yoʻl oʻtkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida, piyodalar oʻtish joylarida, temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda, quvib yoki aylanib oʻtayotgan transport vositalarini, tepalikning oxirida va yoʻlning koʻrinishi cheklangan joylarida, 3.20 va 3.22 yoʻl belgilari taʼsir oraligʻida.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

16-savol. Ushbu belgilardan qaysi biri-bir yoki bir necha boʻlaklarda harakatlanish yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan yoʻl qismining boshlanishini bildiradi?

Ushbu belgilardan qaysi biri-bir yoki bir necha boʻlaklarda harakatlanish yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga…
  1. B
  2. V
  3. A
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. V

YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.35 belgiga asosan, «Reversiv harakatlanish». Bir yoki bir necha tasmalarda harakatlanish yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan yoʻl qismining boshlanishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

17-savol. Siz reversiv harakatli yoʻlga burildingiz. Burilishdan keyin siz qaysi boʻlak boʻylab harakatlanish huquqiga egasiz?

  1. Aholi punktlaridan tashqarida qatnov qismining iloji boricha oʻng chetiga yaqinroqda
  2. Chetki oʻng boʻlak boʻylab. Faqat reversiv svetofor yoki boshqa boʻlaklar boʻyicha ham harakatlanishga ruxsat etadigan "boʻlaklar boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi" belgisidan oʻtgandan soʻng qayta tizilishga ruxsat etiladi
  3. Aholi punktlarida istalgan boʻlak boʻylab harakatlanishga ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Chetki oʻng boʻlak boʻylab. Faqat reversiv svetofor yoki boshqa boʻlaklar boʻyicha ham harakatlanishga ruxsat etadigan "boʻlaklar boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi" belgisidan oʻtgandan soʻng qayta tizilishga ruxsat etiladi

YHQ 10-bobi 71-bandiga asosan: reversiv harakatlanishli yoʻlga burilishda haydovchi transport vositasini shunday boshqarishi kerakki, qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki oʻng qatorni egallashi kerak. Shu yoʻnalishdagi boshqa tasmalardan ham harakatlanish ruxsat etilganiga (reversiv svetofor yoki «Boʻlaklar boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi» belgisi) ishonch hosil qilingandan keyingina qayta tizilishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

18-savol. Koʻrsatilgan vaziyatda yengil avtomobil haydovchisiga quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?

Koʻrsatilgan vaziyatda yengil avtomobil haydovchisiga quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlangan
  2. Ruxsat etilgan
  3. Ruxsat etilgan, agar motosiklchining tezligi 40 km/soatdan kam boʻlsa
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlangan

YHQ 10-bobining 66-bandiga muvofiq, harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yoʻl chizigʻi bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yoʻllarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta qatorga faqat quvib oʻtish, aylanib oʻtish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

19-savol. Haydovchi, boshqa haydovchilarning koʻzini qamashtirishi mumkin boʻlgan uzoqni yorituvchi chiroqni yaqinni yorituvchiga qachon almashtirishi kerak?

  1. Roʻparadagi transport vositasiga 100 m qolganda
  2. Roʻparadagi transport vositasiga 300 m qolganda
  3. Roʻparadagi transport vositasiga 250 m qolganda
  4. Roʻparadagi transport vositasiga 150 m qolganda, shuningdek koʻproq masofada ham, agar roʻparadagi transport vositasining haydovchisi faralar chirogʻini oʻchirib yoqib shuni zarur deb koʻrsatsa
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Roʻparadagi transport vositasiga 150 m qolganda, shuningdek koʻproq masofada ham, agar roʻparadagi transport vositasining haydovchisi faralar chirogʻini oʻchirib yoqib shuni zarur deb koʻrsatsa

YHQ 23-bobi 135-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilariga asosan, quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi chiroqlar oʻrniga yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak: qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda, shuningdek haydovchi transport vositasining chiroqlarini vaqt-vaqti bilan oʻchirib bunga zaruriyat borligini bildirgan hollarda undan ham koʻproq masofada; qarama-qarshi va bir yoʻnalishdagi transport vositalari haydovchilarining koʻzini qamashtirishi mumkin boʻlgan boshqa barcha holatlarda.

Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →

20-savol. Oq-qizil (1.14.4 zebra) yoʻl chizigʻi qanday joylarda piyodalar oʻtish joyini belgilash uchun chiziladi?

Oq-qizil (1.14.4 zebra) yoʻl chizigʻi qanday joylarda piyodalar oʻtish joyini belgilash uchun chiziladi?
  1. Piyodalar gavjum boʻlgan joylarda
  2. Barcha javoblar toʻgʻri
  3. Savdo, madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish binolari oldida
  4. Maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari oldida
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari oldida

YHQ 2 – ilovasi 1 – boʻlimiga asosan: 1.14.4 – oq-qizil rangli yoʻl chizigʻi maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari oldida piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi;

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

15-biletni onlayn yechish

Keyingi: 16-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish