«Yoʻllarda harakatlanish» mavzusi boʻyicha YHQ testi

YHQ testidagi «Yoʻllarda harakatlanish» mavzusiga oid 66 ta savol: toʻgʻri javoblar va izohlar bilan. Izohni oʻqish uchun savolni oching yoki butun mavzuni trenajyorda yeching.

Mavzuni mashq qilish

66 ta savol ketma-ket · toʻgʻri javob darhol koʻrinadi

Mavzuni mashq qilish

Bu mavzu savollari testning 45 ta biletida uchraydi, ulardan 42 tasida rasm bor.

Mavzu savollari

  1. Haydovchi harakatlanishni boshlashidan oldin qanday amallarni bajarishi kerak?Harakatlanish boshlanishi xavfsiz boʻlishiga va harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi kerak
  2. Transport vositasini orqaga harakatlantirish paytida haydovchi qanday talablarni bajarishi kerak?Harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaslik. Harakat xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlsa, boshqa shaxslar yordamidan foydalanish
  3. Chorrahada aylanma harakatlanish tashkil qilingan. Siz yaqinlashib kelayotgan chorrahaning qatnov qismi ikkita harakat boʻlagiga ega. Chorrahaga kirishda burilish uchun Siz qaysi boʻlakni egallashingiz lozim?Oʻng yoki chap boʻlakni
  4. Agar transport vositasi oʻlchamlari kattaligidan yoki boshqa sabablarga koʻra chetki holatda burilishni bajara olmagan boʻlsa, bu qoidadan chetga chiqqan holda burilishga yoʻl qoʻyiladimi?Yoʻl qoʻyiladi, agar bu boshqa transport vositalariga xalaqit bermasa, harakat xavfsizligini taʼminlab, talablardan chetga chiqishi mumkin
  5. Haydovchi piyodalarga qachon yoʻl berishi kerak?Barcha sanab oʻtilgan hollarda
  6. Hamma boʻlaklar band boʻlgan serqatnov harakatlanish vaqtida qayrilib olishga ruxsat beriladimi?Istalgan paytda ruxsat beriladi
  7. Haydovchi qayta tizilishdan va harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishdan oldin nima qilishi zarur?Ushbu manevr xavfsiz boʻlishiga va harakatlanishning boshqa qatnashchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi
  8. Qayrilib olish taqiqlanadi:Hamma sanab oʻtilgan hollarda
  9. Yashil avtomobil haydovchisi:Bir xil yoʻnalishda toʻgʻriga harakatlanayotgan koʻk avtomobilga yoʻl berishi kerak
  10. Qayrilish taqiqlanadi:Piyodalar oʻtish joylarida
  11. Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi lozim?Yengil avtomobil haydovchisi
  12. Harakatda imtiyozga ega boʻladi:Qizil avtomobil, chunki oʻzaro qayta tizilishda u oʻng tomonda boʻlgani uchun
  13. Qaysi joylarda orqa bilan harakatlanish taqiqlanadi?Sanab oʻtilgan barcha joylarda
  14. Serqatnov harakatda transport vositasini keskin tormozlash:Orqadan kelayotganlarning urib ketishini keltirib chiqarishi mumkin
  15. Koʻrsatilgan vaziyatda yengil avtomobilning haydovchisi qanday yoʻl tutishi kerak?Hovlidan chiqishda piyodani va transport vositalarini oʻtkazib yuborishi
  16. Qaysi transport vositasining haydovchisi qayrilishni toʻgʻri bajaradi?Har ikki haydovchi
  17. Qaysi transport vositasining haydovchisi aylanma harakatli kesishmaga toʻgʻri chiqadi?Ikki haydovchi
  18. Qayta tizilishda haydovchi boshqa transport vositalariga yoʻl berishi kerakmi?Kerak, agar transport vositasi qoʻshni boʻlak boʻyicha yoʻlakay harakat qilsa
  19. Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻlda tezlanish boʻlagi boʻlganda unga chiqish qoidasini buzdi?Yashil avtomobilning haydovchisi
  20. Agar qatnov qismining kengligi chetki chap boʻlakdan qayrilish uchun yetarli boʻlmasa, qoidalar qayrilishni qatnov qismining oʻng chekkasi yoki yoʻlning oʻng yoqasidan amalga oshirishga yoʻl qoʻyadimi?Yoʻl qoʻyiladi. Bunda qayrilayotgan haydovchi yoʻlakay va qarama-qarshi kelayotgan transport vositalarini oʻtkazib yuborishi kerak
  21. Tormozlanish boʻlagi boʻlgan yoʻlda qaysi transport vositasi unga chiqish qoidasini buzdi?Sariq avtomobil
  22. Haydovchining oʻzi aniqlay oladigan harakatlanish uchun toʻsqinlik yoki xavf tugʻilganda qanday choralar koʻrishi kerak?Tezlikni transport vositasi toʻxtagunicha kamaytirishi yoki toʻsiqni aylanib oʻtishning boshqa harakat qatnashchilari uchun xavfsiz choralarni…
  23. Koʻk avtomobilning haydovchisi qanday yoʻl tutishi kerak?Tezlikni kamaytirishi, sariq avtomobilga quvib oʻtishni tugallashiga imkon berishi, soʻng esa chapga burilishni koʻrsatadigan chiroqni yoqib, chapga…
  24. Qayrilish taqiqlanadi:Loaqal bir yoʻnalishda yoʻlning 100 metrdan kamroq qismi koʻringanda
  25. Siz chapga burilishga yoki qayrilishga qaror qildingiz. Orqa koʻrinadigan koʻzguga qarab, bildingizki, ortingizdagi haydovchi sizni quvib oʻtmoqchi. Sizning bundan keyingi harakatingiz?Sizning ortingizdan kelayotgan haydovchi sizni quvib oʻtib ketgandan soʻnggina burilishning chap koʻrsatkichini yoqish
  26. Chiziqlar bilan boʻlaklarga ajratilgan yoʻlning qatnov qismida transport vositalarining harakatlanishi qanday amalga oshirilishi kerak?Qatʼiy boʻlaklar boʻyicha, uzuq-uzuq chiziqni kesib oʻtishga faqat qayta tizilishda ruxsat etiladi
  27. Sanab oʻtilgan hollarning qay birida qatnov qismining oʻng chetidan yoki yoʻlning oʻng yoqasidan qayrilishga ruxsat etiladi?Chorrahalardan tashqarida, agar qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilish uchun yetarli boʻlmasa
  28. Qayrilish taqiqlanadi:Barcha sanab oʻtilgan hollarda
  29. Qishloq xoʻjalik ishlari olib boriladigan dalada yuk avtomobili va traktorning harakat traektoriyasi kesishadi. Kim yoʻl berishi kerak?Oʻng tomonidan transport vositasi yaqinlashayotgan haydovchi
  30. Ushbu koʻrsatilgan holatda mototsikl haydovchisi sizga yoʻl berishi kerakmi?Ha
  31. Ushbu koʻrsatilgan vaziyatda sizga hovliga orqa bilan kirib qayrilib olishga ruxsat beriladimi?Ruxsat beriladi agarda bunda harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit berilmasa
  32. Quvib oʻtishni bajarayotganda chapga burilishni koʻrsatuvchi chiroqni qachon oʻchirishingiz kerak?Manevrni tugallagach, darhol
  33. Cheklangan koʻrinish sharoitida orqaga harakatlanishda harakat xavfsizligini taʼminlash uchun:Boshqa shaxslar yordamidan foydalanish
  34. Sekinlashish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda burilmoqchi boʻlgan haydovchi qachon tezlikni kamaytirishi lozim?Sekinlashish boʻlagiga oʻtgach
  35. Ushbu holatda qaysi transport vositasi yoʻl berishi kerak?Yuk avtomobil
  36. Ushbu chorrahada haydovchiga orqaga harakatlanib koʻrsatilgan manevrni bajarishga ruxsat etiladimi?Taqiqlanadi
  37. Ushbu koʻrsatilgan holatda kim yoʻl berishi kerak?Motosikl haydovchisi
  38. Ushbu vaziyatda siz oʻngdagi boʻlakda harakatlanayotib sizning boʻlagingizga qayta tizilmoqchi boʻlgan transport vositasiga yoʻl berishingiz kerakmi?Kerak emas
  39. Chap tomondagi yondosh hududdan foydalanib qayrilib olishning koʻrsatilgan qaysi usuli harakat xavfsizligini taʼminlaydi?Faqat oʻng tomondagi rasmda
  40. Qaysi javobda orqaga harakatlanish taqiqlangan joylar koʻrsatilgan?Barcha javoblar toʻgʻri
  41. Chapga burilayotgan sariq avtomobil haydovchisi qaysi boʻlaklarni egallashi kerak?Istalgan boʻlakni
  42. Bir vaqtda qayrilishda qaysi transport vositasi yoʻl berishi kerak?Avtobus haydovchisi
  43. Toʻxtab turish joyidan chiqib ketganda boshqa transport vositasi bilan yoʻllaringiz kesishganda qanday harakat qilishingiz kerak?Yoʻl berish
  44. Ushbu vaziyatda qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?Qizil avtomobil haydovchisi
  45. Ushbu vaziyatda kim yoʻl berishi kerak?Yengil avtomobil haydovchisi
  46. Qaysi avtomobil haydovchisi yoʻl berishi kerak?Koʻk avtomobil haydovchisi
  47. Qaysi avtomobil chorrahada burilish qoidasini buzdi?Qizil avtomobil
  48. Avtomobil qaysi yoʻnalishda qayrilib olishiga ruxsat beriladi?A yoʻnalishga
  49. Avtomobil haydovchisi qaysi yoʻnalish boʻyicha qoidani buzib burilmoqda?Har ikki yoʻnalish boʻyicha qoidani buzmoqda
  50. Qaysi haydovchi burilishni toʻgʻri bajardi?Har ikkisi toʻgʻri
  51. Belgilangan yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladimi?Har ikkisiga ruxsat etiladi
  52. Ushbu qora transport vositasining haydovchisi yoʻnalishni oʻzgartirish qanday nomlanadi?Avariya holatini keltirish
  53. Avtomobil haydovchisi qaysi yoʻnalish boʻyicha toʻgʻri burilmoqda?Birinchi yoʻnalish boʻyicha
  54. Qaysi transport vositasi oʻngga toʻgʻri burilmoqda?Oq avtomobil
  55. Qaysi transport vositasi oʻngga toʻgʻri burilmoqda?Oq avtomobil
  56. Agar tegishli belgilar bilan belgilangan qiyaliklarda yuzma-yuz kelayotgan transportlarning oʻtib ketishi qiyin boʻlsa, yoʻl berish zarur:Balandlikka harakatlanayotgan transport vositasiga
  57. Qizil avtomobilga qaysi yoʻnalishlarda qayrilib olishga ruxsat beriladi?Ikkala yoʻnalishlarda ham qayrilib olish taqiqlangan
  58. Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzmasdan harakatlanmoqda?Koʻk avtomobil haydovchisi
  59. Yengil avtomobil haydovchisi yoʻl berishi kerakmi?Ha
  60. Qaysi rasmdagi haydovchilarga qayrilib olish taqiqlangan?Faqat chapdagi va oʻngdagi rasmlarda
  61. Koʻk avtomobil haydovchisiga avtoturargohga kirishga ruxsat etiladimi?Taqiqlanadi
  62. Qaysi yoʻnalishlarga harakatlanishga ruxsat etiladi?Faqat toʻgʻriga
  63. Haydovchiga koʻprikda turgan yoʻlovchini chiqarish uchun orqaga harakatlanishga ruxsat etiladimi?Taqiqlanadi.
  64. Yoʻlning ushbu qismida yoʻlovchini chiqarish uchun haydovchining orqa bilan harakatlanishiga ruxsat etiladimi?Ruxsat etiladi.
  65. Qaysi transport vositasi qayta tizilishda imtiyozga ega?Qizil
  66. Koʻrsatilgan holatda avtomobil haydovchisiga orqaga harakatlanishga ruxsat etiladimi?Taqiqlanadi

Mavzu uchun kerakli YHQ bandlari

Shu mavzudagi savollar izohlarida eng koʻp tilga olinadigan bandlar:

«Harakatlanish qoidalari» boʻlimidagi boshqa mavzular

Koʻp beriladigan savollar

«Yoʻllarda harakatlanish» mavzusida nechta savol bor?

YHQ testida «Yoʻllarda harakatlanish» mavzusiga 66 ta savol berilgan. Har birining toʻgʻri javobi va izohi alohida sahifada.

«Yoʻllarda harakatlanish» mavzusini qanday mashq qilish mumkin?

«Mavzuni mashq qilish» tugmasini bosing: savollar trenajyorda ketma-ket ochiladi, toʻgʻri javob darhol koʻrinadi. Bepul va roʻyxatdan oʻtmasdan.

Qoʻngʻiroq qilish