Yoʻllarda harakatlanish · 64-bilet, 11-savol
Koʻrsatilgan holatda avtomobil haydovchisiga orqaga harakatlanishga ruxsat etiladimi?
Javob variantlari
- Ruxsat etiladi
- Piyodaga xalaqit bermasa ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQga koʻra, piyodalar oʻtish joylarida orqaga harakatlanish taqiqlanadi. Rasmda transport vositasi piyodalar oʻtish joyi chegarasida turgani sababli, haydovchiga orqaga harakatlanish taqiqlanadi.
«Yoʻllarda harakatlanish» mavzusidagi boshqa savollar
- Haydovchi harakatlanishni boshlashidan oldin qanday amallarni bajarishi kerak?
- Transport vositasini orqaga harakatlantirish paytida haydovchi qanday talablarni bajarishi kerak?
- Chorrahada aylanma harakatlanish tashkil qilingan. Siz yaqinlashib kelayotgan chorrahaning qatnov qismi ikkita harakat boʻlagiga ega. Chorrahaga kirishda burilish uchun Siz qaysi boʻlakni egallashingiz lozim?
- Agar transport vositasi oʻlchamlari kattaligidan yoki boshqa sabablarga koʻra chetki holatda burilishni bajara olmagan boʻlsa, bu qoidadan chetga chiqqan holda burilishga yoʻl qoʻyiladimi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.