Yoʻllarda harakatlanish · 41-bilet, 13-savol
Koʻrsatilgan vaziyatda yengil avtomobilning haydovchisi qanday yoʻl tutishi kerak?
Javob variantlari
- Transport vositalariga yoʻl berish, qatnov qismi chetida toʻxtashi
- Transport vositalariga toʻsqinlik qilmasligi uchun burilishni tezroq tugallashi
- Hovlidan chiqishda piyodani va transport vositalarini oʻtkazib yuborishi✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 9-bobi 54-bandiga asosan, haydovchi yondosh hudud(hovlilar, mahallalar, turar joy dahalari, transport vositasi toʻxtab turish joylari, yonilgʻi quyish shoxobchalari, korxona va shunga oʻxshashlar)dan yoʻlga chiqayotganda unda harakatlanayotgan piyodalar va transport vositalariga, shuningdek, yoʻldan chiqishda harakatlanish yoʻnalishini kesib oʻtayotgan piyodalar va velosipedchilarga yoʻl berishi kerak.
«Yoʻllarda harakatlanish» mavzusidagi boshqa savollar
- Qaysi transport vositasining haydovchisi qayrilishni toʻgʻri bajaradi?
- Qaysi transport vositasining haydovchisi aylanma harakatli kesishmaga toʻgʻri chiqadi?
- Qayta tizilishda haydovchi boshqa transport vositalariga yoʻl berishi kerakmi?
- Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻlda tezlanish boʻlagi boʻlganda unga chiqish qoidasini buzdi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.