Yoʻllarda harakatlanish · 20-bilet, 19-savol

Haydovchining oʻzi aniqlay oladigan harakatlanish uchun toʻsqinlik yoki xavf tugʻilganda qanday choralar koʻrishi kerak?

Javob variantlari

  1. DYHX xizmatining eng yaqin mahkamasiga yoki IIO idorasiga kelishi va paydo boʻlgan toʻsqinliklar yoki xavf-xatar toʻgʻrisida xabar berishi
  2. Sodir boʻlgan hodisa haqida ichki ishlar organlariga xabar berishi
  3. Tezlikni transport vositasi toʻxtagunicha kamaytirishi yoki toʻsiqni aylanib oʻtishning boshqa harakat qatnashchilari uchun xavfsiz choralarni koʻrishi✓ Toʻgʻri javob
  4. Xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda tezlikni kamaytirishi va xavfli yoʻl qismidan oʻtishi

Izoh

YHQ 11-bobi 77-bandi 3-xatboshisiga asosan, haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin boʻlgan xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini toʻliq toʻxtashni taʼminlaydigan darajada kamaytirishi yoki toʻsiqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavf tugʻdirmagan holda aylanib oʻtish choralarini koʻrishi kerak.

«Yoʻllarda harakatlanish» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish