Yoʻllarda harakatlanish · 16-bilet, 18-savol
Qayta tizilishda haydovchi boshqa transport vositalariga yoʻl berishi kerakmi?
Javob variantlari
- Kerak emas
- Kerak, agar transport vositasi qoʻshni boʻlak boʻyicha yoʻlakay harakat qilsa✓ Toʻgʻri javob
- Oʻzaro qayta tizilishda barcha hollarda kerak
Izoh
YHQ 9-bobi 55-bandiga asosan: Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirmasdan harakatlanayotgan yoʻlakay transport vositalariga yoʻl berishi kerak. Bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganlarida haydovchi oʻng tomondagi transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
«Yoʻllarda harakatlanish» mavzusidagi boshqa savollar
- Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻlda tezlanish boʻlagi boʻlganda unga chiqish qoidasini buzdi?
- Agar qatnov qismining kengligi chetki chap boʻlakdan qayrilish uchun yetarli boʻlmasa, qoidalar qayrilishni qatnov qismining oʻng chekkasi yoki yoʻlning oʻng yoqasidan amalga oshirishga yoʻl qoʻyadimi?
- Tormozlanish boʻlagi boʻlgan yoʻlda qaysi transport vositasi unga chiqish qoidasini buzdi?
- Haydovchining oʻzi aniqlay oladigan harakatlanish uchun toʻsqinlik yoki xavf tugʻilganda qanday choralar koʻrishi kerak?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.