Yoʻllarda harakatlanish · 42-bilet, 9-savol
Hamma boʻlaklar band boʻlgan serqatnov harakatlanish vaqtida qayrilib olishga ruxsat beriladimi?
Javob variantlari
- Istalgan paytda ruxsat beriladi✓ Toʻgʻri javob
- Faqat chorrahalarda ruxsat beriladi
- Faqat harakatlanish uchun boʻlaklari uchtadan kam boʻlmagan yoʻllarda ruxsat beriladi
- Taqiqlanadi
Izoh
YHQ 10 – bobi 67 – bandining ikkinchi xatboshiga asosan: Aholi punktlarida ushbu bandning birinchi xatboshi va ushbu Qoidalarning 69, 123 va 161-bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda, haydovchilar oʻzlariga qulay boʻlgan harakatlanish boʻlagidan foydalanishlari mumkin. Harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band boʻlganda harakatlanish qatorini faqat oʻngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, toʻxtash yoki toʻsiqni aylanib oʻtish uchun oʻzgartirishga ruxsat etiladi.
«Yoʻllarda harakatlanish» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.