Yoʻllarda harakatlanish · 12-bilet, 6-savol
Avtomobil haydovchisi qaysi yoʻnalish boʻyicha qoidani buzib burilmoqda?
Javob variantlari
- Har ikki yoʻnalish boʻyicha qoidani buzmoqda✓ Toʻgʻri javob
- A
- B
- Har ikki yoʻnalish boʻyicha qoidani buzmayapti
Izoh
YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshi hamda YHQga 2-ILOVA 1.1 bandi va 44-xatboshiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
1.1 — qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini va velosipedchilar uchun boʻlagining chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi; 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.
«Yoʻllarda harakatlanish» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.