Yoʻllarda harakatlanish · 19-bilet, 16-savol

Qayrilish taqiqlanadi:

Javob variantlari

  1. Barcha sanab oʻtilgan hollarda✓ Toʻgʻri javob
  2. Piyodalar oʻtish joylarida va tunnellarda
  3. Temir yoʻl kesishmalarida
  4. Koʻpriklarda, osma yoʻllarda, estakadalarda va ularning ostida
  5. Loaqal bir yoʻnalishda yoʻl 100 m dan kamroq koʻringanda

Izoh

YHQ 9-bobi 62-bandiga asosan, quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning oʻtish joylarida; tunnellarda; koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan bunday manevrni bajarish ruxsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno); temir yoʻl kesishmalarida; yoʻlning koʻrinishi biror-bir yoʻnalishda 100 metrdan kam boʻlgan joylarda.

«Yoʻllarda harakatlanish» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish