Yoʻllarda harakatlanish · 13-bilet, 6-savol
Haydovchi harakatlanishni boshlashidan oldin qanday amallarni bajarishi kerak?
Javob variantlari
- Transport vositasining sozligini va toʻla jihozlanganligini tekshirishi
- Sanab oʻtilgan hamma harakatlarni bajarishi
- Tegishli yoʻnalishdagi burilishning yorugʻlik koʻrsatkichi bilan ishora berishi
- Harakatlanish boshlanishi xavfsiz boʻlishiga va harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi kerak✓ Toʻgʻri javob
Izoh
Yoʻl harakati qoidalarining (YHQ) tegishli bandiga muvofiq, haydovchi harakatlanishni boshlashdan oldin har doim manevr xavfsiz ekanligiga va harakatning boshqa ishtirokchilariga (piyodalar, boshqa transport vositalari) xalaqit bermasligiga toʻliq ishonch hosil qilishi shart. Harakat boshlashdan oldin burilish koʻrsatkichini yoqish majburiy boʻlsa-da, u haydovchiga harakatlanishda ustunlik bermaydi — asosiy shart boshqalarga xavf va xalaqit tugʻdirmaslikdir
«Yoʻllarda harakatlanish» mavzusidagi boshqa savollar
- Transport vositasini orqaga harakatlantirish paytida haydovchi qanday talablarni bajarishi kerak?
- Chorrahada aylanma harakatlanish tashkil qilingan. Siz yaqinlashib kelayotgan chorrahaning qatnov qismi ikkita harakat boʻlagiga ega. Chorrahaga kirishda burilish uchun Siz qaysi boʻlakni egallashingiz lozim?
- Agar transport vositasi oʻlchamlari kattaligidan yoki boshqa sabablarga koʻra chetki holatda burilishni bajara olmagan boʻlsa, bu qoidadan chetga chiqqan holda burilishga yoʻl qoʻyiladimi?
- Haydovchi piyodalarga qachon yoʻl berishi kerak?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.