Yoʻllarda harakatlanish · 39-bilet, 5-savol

Agar qatnov qismining kengligi chetki chap boʻlakdan qayrilish uchun yetarli boʻlmasa, qoidalar qayrilishni qatnov qismining oʻng chekkasi yoki yoʻlning oʻng yoqasidan amalga oshirishga yoʻl qoʻyadimi?

Javob variantlari

  1. Qatnov qismining faqat oʻng chekkasidan yoʻl qoʻyadi. Yoʻlning oʻng yoqasidan yoʻl qoʻyilmaydi
  2. Yoʻl qoʻyilmaydi
  3. Yoʻl qoʻyiladi. Bunda qayrilayotgan haydovchi yoʻlakay va qarama-qarshi kelayotgan transport vositalarini oʻtkazib yuborishi kerak✓ Toʻgʻri javob

Izoh

YHQ 9-bobi 59-bandi muvofiq, chorrahadan tashqaridagi qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilib olish uchun yetarli boʻlmasa, ushbu manevrni qatnov qismining oʻng chetidan (yoʻlning oʻng yoqasidan) amalga oshirish mumkin. Bu holda haydovchi bir yoʻnalishdagi va qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalariga yoʻl berishi shart.

«Yoʻllarda harakatlanish» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish