Yoʻllarda harakatlanish · 48-bilet, 12-savol

Qaysi javobda orqaga harakatlanish taqiqlangan joylar koʻrsatilgan?

Javob variantlari

  1. Chorrahalarda
  2. Barcha javoblar toʻgʻri✓ Toʻgʻri javob
  3. Piyodalarning oʻtish joylarida
  4. Tunnellarda

Izoh

Yoʻl harakati qoidalarining 63 bandiga asosan, transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashi va yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat tugʻilganda haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi kerak.
Orqaga harakatlanish chorrahalarda va ushbu Qoidalarning 62-bandiga muvofiq qayrilib olish mumkin boʻlmagan joylarda taqiqlanadi.
Yoʻl harakati qoidalarining 62 bandiga asosan, quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning oʻtish joylarida; tunnellarda; koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan bunday manevrni bajarish ruxsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno); temir yoʻl kesishmalarida; yoʻlning koʻrinishi biror-bir yoʻnalishda 100 metrdan kam boʻlgan joylarda.

«Yoʻllarda harakatlanish» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish