Yoʻllarda harakatlanish · 24-bilet, 1-savol
Chorrahada aylanma harakatlanish tashkil qilingan. Siz yaqinlashib kelayotgan chorrahaning qatnov qismi ikkita harakat boʻlagiga ega. Chorrahaga kirishda burilish uchun Siz qaysi boʻlakni egallashingiz lozim?
Javob variantlari
- Oʻng boʻlakni
- Oʻng yoki chap boʻlakni✓ Toʻgʻri javob
- Chap boʻlakni
Izoh
YHQ 9 – bobi 56 – bandi: Haydovchi, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishidan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Yaʼni aylanma harakatli chorrahadan kirishda eng chetki holatni egallash shart emas va bu holatda oʻng yoki chap yoʻlakdan harakatlanish mumkin.
«Yoʻllarda harakatlanish» mavzusidagi boshqa savollar
- Agar transport vositasi oʻlchamlari kattaligidan yoki boshqa sabablarga koʻra chetki holatda burilishni bajara olmagan boʻlsa, bu qoidadan chetga chiqqan holda burilishga yoʻl qoʻyiladimi?
- Haydovchi piyodalarga qachon yoʻl berishi kerak?
- Hamma boʻlaklar band boʻlgan serqatnov harakatlanish vaqtida qayrilib olishga ruxsat beriladimi?
- Haydovchi qayta tizilishdan va harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishdan oldin nima qilishi zarur?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.