5.9 yoʻl belgisi «Belgilangan yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlak»

5.9 belgisi nimani anglatadi
Belgilangan yoʻnalishli transport vositalari (avtobus, trolleybus) uchun moʻljallangan, umumiy oqim bilan bir yoʻnalishda boʻlgan boʻlakni bildiradi.
Qayerda oʻrnatiladi
Belgi qaysi boʻlak ustida joylashgan boʻlsa, shu boʻlakka amal qiladi; yoʻlning oʻng tomoniga oʻrnatilgan belgi oʻng boʻlakka taalluqli.
Boʻlakning boshlanishida va har bir chorrahadan keyin takrorlanadi.
Haydovchi nima qilishi kerak
- Boshqa transport vositalariga bu boʻlakda harakatlanish va toʻxtash taqiqlanadi.
- Agar 5.9 belgisi bilan belgilangan boʻlak qatnov qismining boshqa boʻlaklaridan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan haydovchilar bu boʻlakka qayta tizilishlari kerak; shuningdek yoʻlga chiqishda hamda qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladi, agar bu yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermasa (YHQ 132-band).
Shu belgiga oid test savollari
Trenajyorda shu belgiga bogʻliq savollar bor.
Yoʻlovchilarni tushirish uchun bu belgi oʻrnatilgan boʻlakda toʻxtashga ruxsat etiladimi?
Toʻgʻri javob: Agar boʻlak qatnov qismining oʻng chetida joylashgan va u yotiq uzluksiz chizigʻi bilan qatnov qismidan ajratilmagan boʻlsa ruxsat etiladi
8-bilet, 19-savolni ochishToʻgʻri javob: Yuqoridagi barcha holatlarda agarda yoʻnalishli transport vositalariga xalaqit bermasa
9-bilet, 6-savolni ochishRasmda koʻrsatilgan holatda yoʻlovchilarni tushirish uchun toʻxtashga ruxsat beriladimi?
Toʻgʻri javob: Ruxsat etiladi
14-bilet, 5-savolni ochishToʻgʻri javob: Faqat belgilangan yoʻnalishli transport vositasining harakatlanish vaqti tugaganida ruxsat etiladi
16-bilet, 20-savolni ochishKoʻrsatilgan vaziyatda qaysi boʻlakdan oʻngga burilish lozim?
Toʻgʻri javob: Faqat «А» chizigʻi bilan belgilangan oʻng chekkadagi boʻlakdan
19-bilet, 1-savolni ochishAvtomobil haydovchisi oʻzib ketishni qaysi yoʻnalish boʻyicha toʻgʻri bajaradi?
Toʻgʻri javob: «Б» yoʻnalishi boʻyicha
22-bilet, 3-savolni ochishToʻgʻri javob: Taqiqlanadi
24-bilet, 12-savolni ochishQaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzmay harakatlanmoqda?
Toʻgʻri javob: Chapdagi rasmda
27-bilet, 10-savolni ochish
Shu guruhdagi boshqa belgilar
5.8.7Boʻlaklar boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi
5.8.8Boʻlaklar boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi
5.8.9Boʻlaklar soni
5.10.1Belgilangan yoʻnalishli transport vositalari uchun boʻlagi bor yoʻl
5.10.2Belgilangan yoʻnalishli transport vositalari uchun boʻlagi bor yoʻl
5.10.3Belgilangan yoʻnalishli transport vositalari uchun boʻlagi bor yoʻl