8-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

8-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 8-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Chorrahani oxirgi boʻlib kesib oʻtadi:

Chorrahani oxirgi boʻlib kesib oʻtadi:
  1. Yashil avtomobil
  2. Koʻk avtomobil
  3. Qizil avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Koʻk avtomobil

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

2-savol. Yengil avtomobil tirkamasi burilishda qanday trayektoriya boʻyicha harakatlanadi?

  1. Burilish markaziga nisbatan avtomobil trayektoriyasidan tashqarida
  2. Burilish markaziga nisbatan avtomobil trayektoriyasidan ichkarida
  3. Avtomobil burilish trayektoriyasi boʻyicha
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Burilish markaziga nisbatan avtomobil trayektoriyasidan ichkarida

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, yengil avtomobil tirkamasi burilishda burilish markaziga nisbatan avtomobil trayektoriyasidan ichkarida harakatlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

3-savol. Bu belgilar amal qiladigan hududda «Nogiron» taniqlik belgisi bilan belgilangan avtomobilga toʻxtashga ruxsat etiladimi?

Bu belgilar amal qiladigan hududda «Nogiron» taniqlik belgisi bilan belgilangan avtomobilga toʻxtashga ruxsat…
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ruxsat etiladi

YHQ 1 – ilovasi 7 – boʻlimining oʻttiz birinchi xatboshisiga asosan: 7.18 “Nogironlar mustasno”. Belgilarning taʼsiri ushbu qoidalarning 175 – bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

4-savol. Harakatlanish taqiqlangan:

Harakatlanish taqiqlangan:
  1. Koʻk-sariq avtomobilga toʻgʻriga, qizil avtomobilga toʻgʻriga va oʻngga
  2. Qizil avtomobilga - toʻgʻriga va oʻngga
  3. Koʻk-sariq avtomobilga chapga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Koʻk-sariq avtomobilga chapga

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →

5-savol. "Imtiyoz" atamasiga tegishli taʼrifni koʻrsating

  1. Moʻljallangan yoʻnalishda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi
  2. Yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozi boʻlgan boshqa yoʻl harakati qatnashchisining harakat yoʻnalishi yoki tezligini oʻzgartirishga majbur etishi mumkin boʻlgan hollarda harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biror-bir manevr bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Moʻljallangan yoʻnalishda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi

Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, imtiyoz — moʻljallangan yoʻnalishda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

6-savol. Avtomobilda tibbiyot qutichasini qayerda saqlash lozim?

  1. Avtomobilning kuzovida koʻrinadigan joyda
  2. Tayyorlovchi korxona tomonidan belgilangan joylarda berk holatda
  3. Yengil avtomobilning yukxonasida
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Tayyorlovchi korxona tomonidan belgilangan joylarda berk holatda

Tibbiyot qutichasi (aptechka) avtomobil salonida favqulodda holatlarda tezda olish imkoniyati boʻlishi va shu bilan birga harakat davomida surilib ketmasligi uchun tayyorlovchi korxona (zavod) tomonidan maxsus belgilangan joylarda berk holatda saqlanishi lozim.

Agar avtomobil konstruksiyasida zavod tomonidan bunday maxsus joy koʻzda tutilmagan boʻlsa, u holda tibbiyot qutichasini transport vositasi salonida (masalan, oʻrindiqlar ostidagi maxsus gʻaladonlarda yoki salonning qulay qismlarida) haydovchi va yoʻlovchilar uchun oson yetib boʻladigan, quyosh nuri toʻgʻridan-toʻgʻri tushmaydigan xavfsiz joyda saqlash tavsiya etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

7-savol. Chorrahadan birinchi boʻlib oʻtadi:

Chorrahadan birinchi boʻlib oʻtadi:
  1. Yashil avtomobil
  2. Sariq avtomobil
  3. Koʻk avtomobil
  4. Qizil avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yashil avtomobil

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

8-savol. Transport vositasi qachon faqat oʻng chetki boʻlakda harakatlanishi kerak?

  1. Agar harakatlanish vaqtida mahkamlangan yuk boʻshashib ketsa
  2. Transport vositasi texnik sabablarga koʻra 40 km/s dan ortiq tezlikda yura olmasa
  3. Ogʻir vaznli va yirik oʻlchamli yuklarni tashishda
  4. Agar haydovchi oʻzini betob his qilsa
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Transport vositasi texnik sabablarga koʻra 40 km/s dan ortiq tezlikda yura olmasa

YHQ 10-bobi 68-bandiga asosan: Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan yoki texnik sabablarga koʻra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib oʻtish, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yoʻlning chap tomonida toʻxtashdan boshqa hollarda faqat chetki oʻng qatorida harakatlanishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

9-savol. Transport vositalari sunʼiy yoritilgan tunnelda harakatlanayotganda qanday yoritish chiroqlari yoqilishi kerak?

  1. Majburiy toʻxtash yoritgichi
  2. Uzoqni yorituvchi chiroqlar
  3. Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlar
  4. Yoritish asboblari yoqilmaydi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlar

YHQ 23 – bobi 134 – bandining birinchi va ikkinchi xatboshilariga asosan: Qorongʻi vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda, shuningdek yoʻlning yoritilganligidan qatʼi nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan boʻlishi kerak: barcha mexanik transport vositalari – uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar.

Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →

10-savol. Ushbu yoʻl nechta harakatlanish boʻlagiga ega?

Ushbu yoʻl nechta harakatlanish boʻlagiga ega?
  1. Uchta harakatlanish boʻlagiga
  2. Ikkita harakatlanish boʻlagiga
  3. Bitta harakatlanish boʻlagiga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ikkita harakatlanish boʻlagiga

YHQ umumiy qoidalar: Harakatlanish boʻlagi - avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama boʻlagi.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

11-savol. Chorrahadan uchinchi boʻlib qaysi avtomobil kesib oʻtadi?

Chorrahadan uchinchi boʻlib qaysi avtomobil kesib oʻtadi?
  1. Qizil avtomobil
  2. Koʻk avtomobil
  3. Yashil avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Qizil avtomobil

Yoʻl harakati qoidalarining 106 bandiga asosan, Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.
Yoʻl harakati qoidalarining 25 bandiga asosan, tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, harakatlanish xavfsizligini taʼminlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7-bobi (tartibga soluvchining ishoralaridan tashqari), 9 — 16, 19-20 va 22 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →

12-savol. Yoʻl patrul xizmati xodimlariga yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari va maxsus moslamalardan foydalanishda nizom toʻgʻrisidagi qonunda qanday tartib qoʻyilgan?

Yoʻl patrul xizmati xodimlariga yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari va maxsus…
  1. Kuzatish
  2. Koʻrsatilgan barcha javoblar
  3. Maxsus tadbirlar oʻtkazish
  4. Yoʻl transport hodisasini oldini olish va harakat xavfsizligini taʼminlash
  5. Taqib qilish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Koʻrsatilgan barcha javoblar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan, “Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisida”gi NIZOMga asosan: YPX xodimi oʻz xizmat vazifalarini bajarishda quyidagi huquq va majburiyatlarga ega: maxsus tadbirlar oʻtkazish, transport vositasini taʼqib qilish yoki kuzatish, yoʻl-transport hodisasining oldini olish va harakat xavfsizligini taʼminlash.

Mavzu boʻyicha videodars: 2-dars «Haydovchining vazifalari» →

13-savol. Ushbu yoʻlda sizga yoʻl belgisidan keyin qaysi boʻlaklarda harakatlanishga ruxsat beriladi?

Ushbu yoʻlda sizga yoʻl belgisidan keyin qaysi boʻlaklarda harakatlanishga ruxsat beriladi?
  1. Faqat chap boʻlakdan
  2. Oʻng boʻlakdan
  3. Istalgan boʻlakdan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Oʻng boʻlakdan

Yoʻl harakati qoidalarining 67-bandiga asosan, aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda hamda aholi punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruxsat etilgan yoʻl qismlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. Oʻng tasmalar boʻsh boʻlganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

14-savol. Avtomobilda bolalarni himoya qilish tizimini joylashtirish uchun qaysi joy eng xavfsiz hisoblanadi?

Avtomobilda bolalarni himoya qilish tizimini joylashtirish uchun qaysi joy eng xavfsiz hisoblanadi?
  1. Orqa oʻrta oʻrindiq
  2. Oldi oʻrindiq
  3. Haydovchi orqasidagi oʻrindiq
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Orqa oʻrta oʻrindiq

AVXB va HXA (Avtotransport vositalarini xavfsiz boshqarish va harakat xavfsizligi asoslari) faniga asosan: tadqiqotlarga koʻra, orqa oʻrta oʻrindiqda boʻlgan bolaning YTHda jarohat olish xavfi minimaldir. Avtomobil salonidagi boshqa barcha joylar bilan solishtirganda bu yerda himoya darajasi kamida 15-20% yuqori.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

15-savol. Rasmda koʻrsatilgan chorraha- ...

Rasmda koʻrsatilgan chorraha- ...
  1. Tartibga solingan chorraha
  2. Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorraha
  3. Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorraha
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorraha

Yoʻl harakati qoidalarining 98 bandiga asosan, harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari bilan boshqariladigan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi.
Miltillovchi sariq ishora yonib-oʻchayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi boʻlmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan oʻtish qoidalariga hamda chorrahada oʻrnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

16-savol. 108 km/s tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda qancha masofani bosib oʻtadi?

  1. 15 m
  2. 25 m
  3. 30 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 30 m

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, 108 km/s tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda 30 m masofani bosib oʻtadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

17-savol. Bu yoʻl belgisi bildiradi:

Bu yoʻl belgisi bildiradi:
  1. Umumiy haqiqiy vazni (yoʻlovchilar va yuk vaznini qoʻshgan holda) belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan transport vositalari, shu jumladan tirkamali transport vositalarining harakat qilishi taqiqlanadi.
  2. Belgida koʻrsatilgandan ortiq yuk koʻtaruvchi yuk avtomobillari va transport vositalari tarkibi (tirkamali yuk avtomobillari)ning harakat qilishi taqiqlanadi.
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Umumiy haqiqiy vazni (yoʻlovchilar va yuk vaznini qoʻshgan holda) belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan transport vositalari, shu jumladan tirkamali transport vositalarining harakat qilishi taqiqlanadi.

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.11 "Vazn cheklangan" belgisiga muvofiq, haqiqiy umumiy vazni belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining, shuningdek, transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

18-savol. Yoʻl harakati qoidalariga koʻra yoʻl belgilari nechta guruhga boʻlinadi

  1. 7
  2. 5
  3. 6
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. 7

YHQ 1-ilovasiga asosan, yoʻl belgilari 7 guruhga boʻlinadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

19-savol. Yoʻlovchilarni tushirish uchun bu belgi oʻrnatilgan boʻlakda toʻxtashga ruxsat etiladimi?

Yoʻlovchilarni tushirish uchun bu belgi oʻrnatilgan boʻlakda toʻxtashga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Agar boʻlak qatnov qismining oʻng chetida joylashgan va u yotiq uzluksiz chizigʻi bilan qatnov qismidan ajratilmagan boʻlsa ruxsat etiladi
  3. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Agar boʻlak qatnov qismining oʻng chetida joylashgan va u yotiq uzluksiz chizigʻi bilan qatnov qismidan ajratilmagan boʻlsa ruxsat etiladi

YHQ 22-bobi 132-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilariga asosan: Agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →

20-savol. Bosh miya jarohatlanishining quyidagi alomatlar bilan xarakterlanadi:

  1. Yuqoridagi barcha holatlar
  2. Amneziya - xotiraning yoʻqolishi, sodir boʻlgan jarohatlanish bilan bogʻliq va hayotdagi baʼzi voqealar xotirasidan oʻchadi
  3. Qayt qilish bir-ikki marta, ogʻir holatlarda koʻproq boʻlishi mumkin
  4. Hushdan ketish bir necha soniyadan bir necha soatgacha boʻlishi mumkin
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yuqoridagi barcha holatlar

Yoʻl - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, bosh miya jarohatlanishining asosiy alomatlari quyidagilar:
-Hushdan ketish bir necha soniyadan bir necha soatgacha boʻlishi mumkin;
-Qayt qilish bir - ikki marta, ogʻir holatlarda koʻproq boʻlishi mumkin;
-Amneziya - xotiraning yoʻqolishi, sodir boʻlgan jarohatlanish bilan bogʻliq va hayotidagi baʼzi voqealar xotirasidan oʻchadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

8-biletni onlayn yechish

Keyingi: 9-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish