Tartibga solinmagan chorrahada asosiy yoʻl · 27-bilet, 10-savol
Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzmay harakatlanmoqda?
Javob variantlari
- Chapdagi rasmda✓ Toʻgʻri javob
- Ikkala rasmda
- Oʻngdagi rasmda
Izoh
YHQning 22-bob. 132-band 2 va 3-xatboshi, 17 prim 1-bob. 115 prim 2-band 1-xatboshi hamda YHQga 2-ILOVA 1.23 bandga asosan: Agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.
Shuningdek, bunday joylarda yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladi.
115 prim 2. Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻlda harakatlanishi taqiqlangan transport vositalari ushbu yoʻldan faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida yondosh hududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanishi mumkin. 1.23 — yoʻlning faqat yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlagini bildiradi.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Tartibga solinmagan chorrahada asosiy yoʻl» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.
