9-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
9-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 9-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Yoʻlning oʻrtasida joylashgan bekatda toʻxtagan yoʻlakay yoʻnalishli tramvay yonidan oʻtayotganda haydovchi nima qilishi kerak?
- Toʻxtashi kerak va tramvay eshiklarini yopganidan soʻng qoʻzgʻalish kerak
- Toʻxtab turgan tramvayga ketayotgan yoki undan tushayotgan yoʻlovchilarga yoʻl berishi kerak
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Toʻxtab turgan tramvayga ketayotgan yoki undan tushayotgan yoʻlovchilarga yoʻl berishi kerak
YHQ 17 – bobi 114 – bandiga asosan: Agar yoʻlovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan boʻlsa, haydovchi bekatda toʻxtagan yoʻnalishli transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyoda (lar) ga yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 26-dars «Piyodalar oʻtish joyi va bekatlar» →
2-savol. Bu joyda toʻxtashga ruxsat etilganmi?
- Taqiqlangan
- Ruxsat etilgan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlangan
YHQga 2-ILOVA 1.4 bandiga asosan: 1.4 — toʻxtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 «Toʻxtash taqiqlangan» yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
3-savol. Aholi punktlaridan tashqarida qaysi belgi takrorlanadi?
- 4
- 3
- 5
- 1
- 2
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. 3
YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.10 belgi "Sohilga chiqish" belgisi aholi punktlaridan tashqari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yoʻlning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda oʻrnatiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →
4-savol. Qaysi hollarda velosipedchilarga qatnov qismining oʻng chekkasidan chiqishga yoʻl qoʻyiladi?
- Yuk ortib ketayotganda
- Ikkala sanab oʻtilgan hollarda
- Ruxsat etilgan hollarda chapga burilish yoki orqaga qaytish uchun
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Ruxsat etilgan hollarda chapga burilish yoki orqaga qaytish uchun
YHQ 28-bobi 168-bandiga asosan, velosipedchilarga va moped haydovchilariga tramvay harakatlanadigan yoʻllarda va shu yoʻnalishda harakatlanish uchun tasmasi bittadan koʻp boʻlgan yoʻllarda chapga burilish yoki qayrilib olish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 38-dars «Velosiped, moped, aravalar va hayvonlar» →
5-savol. Qaysi javobda belgining nomi toʻgʻri koʻrsatilgan?
- Otda harakatlanish
- Otda yurish taqiqlanadi
- Otda yurish yoʻli
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Otda yurish yoʻli
YHQ 1-ilovasi: 4.5.3 «Otda yurish yoʻli» — faqat otliqlar harakatlanishi uchun moʻljallangan yoʻlni bildiradi.
6-savol. Yoʻnalishli boʻlmagan transport vositalari “A” harfi bilan belgilangan oʻng boʻlakda qaysi holatlarda harakatlanishlari mumkin?
- Yoʻlovchilarni chiqarish va tushirishda
- Yuqoridagi barcha holatlarda agarda yoʻnalishli transport vositalariga xalaqit bermasa
- Oʻnga burilishda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yuqoridagi barcha holatlarda agarda yoʻnalishli transport vositalariga xalaqit bermasa
Yoʻl harakati qoidalarining 132 bandiga asosan, Yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yoʻl belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va toʻxtashi taqiqlanadi.
Agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.
Shuningdek, bunday joylarda yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →
7-savol. Koʻrsatilgan avtomobillardan qaysi biri agʻdarilishga qarshi turgʻunroq?
- Ichida tik turgan yoʻlovchilar boʻlgan avtobus
- Avtokran
- Boʻsh yuk avtomobili
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Boʻsh yuk avtomobili
Burilishlarda yoʻlovchisi va yuki boʻlmagan avtomobillar koʻproq muvozanat saqlab qoladi, chunki bunday avtomobilda ogʻirlik markazi eng past joylashgan boʻlib, eng kam agʻdarilish ehtimoliga ega boʻladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
8-savol. Ushbu belgi qanday nomlanadi?
- Piyodalarning harakati taqiqlangan
- Individual harakatlanish vositalarini boshqarish taqiqlangan
- Koʻrsatilgan barcha javoblar toʻgʻri
- Bolalar uchishi taqiqlangan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Individual harakatlanish vositalarini boshqarish taqiqlangan
YHQ 1 ilova: 3.34. “Individual harakatlanish vositalarini boshqarish taqiqlangan”.
9-savol. Aholi yashaydigan joylardan tashqarida transport vositalarining uzoq toʻxtab turishi (dam olishi, tunash va hokazo)ga qayerda ruxsat etiladi?
- Toʻxtab turish maydonchalarida yoki yoʻldan tashqarida
- Yoʻlning chap tomonida, biroq harakat xavfsizligi choralariga rioya qilgan holda
- Yoʻl qatnov qismining oʻng tomonida, biroq boshqa transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak
- Yoʻl chetida
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Toʻxtab turish maydonchalarida yoki yoʻldan tashqarida
YHQ 13-bobi 90-bandiga asosan: Aholi punktlaridan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda uzoq vaqt toʻxtab turishga faqat buning uchun koʻzda tutilgan maydonchalarda yoki yoʻldan tashqarida ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
10-savol. Nosoz transport vositasini shatakka olgan yengil avtomobil salonida odam tashishga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Ruxsat etiladi
Yoʻl harakati qoidalarining 143 bandiga asosan, qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar boʻlishi taqiqlanadi.
11-savol. Qaysi belgi «Toʻsiqni chapdan aylanib oʻtish» deb ataladi?
- 4
- 2
- 1
- 5
- 3
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 5. 3
YHQ 1 – ilovasi 4 – boʻlimining oʻn birinchi xatboshisiga asosan: 4.2.2. “Toʻsiqni chapdan chetlab oʻtish”. Toʻsiqni koʻrsatilgan yoʻnalish boʻyicha chetlab oʻtishga ruxsat etilishini bildiradi.
12-savol. Quyidagi javoblardan qaysi birida «Xavf» atamasining toʻgʻri taʼrifi koʻrsatilgan?
- Yoʻl harakati jarayonidan oʻsha yoʻnalishda va oʻsha tezlikda harakatlanishni davom ettirish yoʻl transport hodisasi sodir boʻlishiga tahdid soladigan omil
- Yoʻl harakati xavfsizligiga xavf soluvchi har qanday omil
- Yoʻl harakati qatnashchilarining yoʻnalishini oʻzgartirishga majbur qiladigan har qanday toʻsiq
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yoʻl harakati xavfsizligiga xavf soluvchi har qanday omil
YHQ umumiy qoidalar: Xavf – yoʻl harakati xavfsizligiga xavf soluvchi har qanday omil.
Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →
13-savol. Qaysi transport vositalariga toʻxtab turishga ruxsat etilgan?
- Faqat motosiklga
- Faqat yuk avtomobiliga
- Yengil avtomobil va motosiklga
- Faqat yengil avtomobilga
- Barcha transport vositalariga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Yengil avtomobil va motosiklga
YHQ 1-ilovasidagi 7.4.1 "Transport vositasining turi" qoʻshimcha axborot belgisi, 3.28. "Toʻxtab turish taqiqlangan" belgisining taʼsiri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositalariga tatbiq etilishini bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
14-savol. Rulda oʻrganuvchi boʻlsa, qaysi tomonga harakatlanishga ruxsat beriladi?
- Hamma tomonga
- Oʻngga, chapga va qayrilish
- Faqat oʻngga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Oʻngga, chapga va qayrilish
YHQ 7-bobi 38-bandi (tartibga soluvchi ishorasi) yoki savol rasmidagi ruxsat etuvchi belgi boʻyicha rulda oʻrganuvchi boʻlgan transport vositasiga oʻngga, chapga va qayrilishga ruxsat etiladi. 124-band (turar joyda oʻqitish taqiqi) bu savolga tegishli emas.
15-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi quvib oʻtishni toʻgʻri bajaryapti?
- Har ikkisi notoʻgʻri
- Yuk avtomobilining haydovchisi
- Har ikkisi toʻgʻri
- Yengil avtomobilning haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yuk avtomobilining haydovchisi
YHQ 10-bobining 66-bandiga muvofiq, harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yoʻl chizigʻi bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yoʻllarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta qatorga faqat quvib oʻtish, aylanib oʻtish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
16-savol. Avtopoezdning belgisi qanday holda yoqilgan boʻlishi kerak?
- Faqat avtopoezd harakat qilganda
- Tunda yoki yetarli koʻrinmaydigan sharoitda harakat qilganda
- Faqat avtopoezd yuk bilan harakat qilganda
- Avtopoezd harakat qilganda, shuningdek, qorongʻi vaqtida toʻxtaganda va toʻxtab turganida
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Avtopoezd harakat qilganda, shuningdek, qorongʻi vaqtida toʻxtaganda va toʻxtab turganida
YHQ 23-bobi 141 - bandiga muvofiq, "Avtopoezd" taniqlik belgisi avtopoezd harakatlanayotganda, shuningdek, sutkaning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda yoʻlda toʻxtash va toʻxtab turish paytida ham yoqib qoʻyilishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →
17-savol. Koʻk avtomobilning haydovchisi qanday yoʻl tutishi kerak?
- Qarama-qarshi harakat boʻlagiga darhol qayta tizilishi
- Tezlikni kamaytirishi, sariq avtomobilga quvib oʻtishni tugallashiga imkon berishi, soʻng esa chapga burilishni koʻrsatadigan chiroqni yoqib, chapga burilishi lozim
- Sariq avtomobilga u orqadan kelayotgani uchun yoʻl bermay, moʻljallangan yoʻnalishda chorrahani kesib oʻtishi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Tezlikni kamaytirishi, sariq avtomobilga quvib oʻtishni tugallashiga imkon berishi, soʻng esa chapga burilishni koʻrsatadigan chiroqni yoqib, chapga burilishi lozim
YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib oʻtayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
18-savol. Qaysi avtomobil toʻxtab turishga toʻgʻri qoʻyilgan?
- Yengil avtomobil
- Har ikkisi notoʻgʻri qoʻyilgan
- Yuk avtomobil
- Har ikkisi toʻgʻri qoʻyilgan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Har ikkisi notoʻgʻri qoʻyilgan
YHQ 13-bobi 88-bandi 3-xatboshi va 91-band, 8-xatboshiga asosan, ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan koʻp boʻlgan yuk transport vositalari bir tomonlama harakatli yoʻllarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun toʻxtashlari mumkin. Piyodalar oʻtish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
19-savol. Koʻrsatilgan belgilardan qaysilarining talabi bevosita oʻrnatilgan joyidan kuchga kiradi?
- Hammasi
- Faqat B
- A va B
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. A va B
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.24 belgiga asosan, «Yuqori tezlik cheklangan». Belgida koʻrsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimidagi 7.2.1 belgiga asosan, «Taʼsir oraligʻi». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-koʻrsatkich belgilarining taʼsir oraligʻini koʻrsatadi.
20-savol. Svetoforning asosiy yashil ishorasiga yoʻnaltirgich (yoʻnaltirgichlar)ning shakli tushirilgan boʻlsa, haydovchilarga nima haqida axborot beradi?
- Yaqin orada yashil ishorasi yonishi haqida axborot beradi
- Svetofor ishlamayotganligi toʻgʻrisida axborot beradi
- Svetoforning qoʻshimcha tarmogʻi borligi haqida axborot beradi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Svetoforning qoʻshimcha tarmogʻi borligi haqida axborot beradi
YHQning 7-bob. 33-bandga asosan: 33. Svetoforning asosiy yashil ishorasiga yoʻnaltirgich (yoʻnaltirgichlar)ning shakli tushirilgan boʻlsa, u haydovchilarga svetoforning qoʻshimcha tarmogʻi borligi haqida axborot beradi va asosiy yashil ishora yonganda harakatlanishga ruxsat berilgan yoʻnalishlarni koʻrsatadi.
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
9-biletni onlayn yechish