14-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

14-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 14-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Motosikl haydovchisi qoʻlini yuqoriga koʻtarib nima haqida axborot berayapti?

Motosikl haydovchisi qoʻlini yuqoriga koʻtarib nima haqida axborot berayapti?
  1. Harakatni davom ettirish haqida
  2. Toʻxtash haqida
  3. Oʻnga burilmoqchi ekanligi haqida
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Toʻxtash haqida

Yoʻl harakati qoidalarining 45 bandiga asosan, haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va toʻxtashdan oldin tegishli yoʻnalishni koʻrsatuvchi yorugʻlik ishoralarini yoqishi, ular boʻlmaganda yoki ishlamaganda qoʻl bilan ishoralar berishi shart.
Toʻxtash ishorasi chap yoki oʻng qoʻlni yuqoriga koʻtarib beriladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →

2-savol. Bu yoʻl belgisi:

Bu yoʻl belgisi:
  1. Yoʻlning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligini koʻrsatadi
  2. Belgida koʻrsatilgandan ortiq tezlikdagi harakatni taqiqlaydi
  3. Faqat belgida koʻrsatilgan yoki yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat beradi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Faqat belgida koʻrsatilgan yoki yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat beradi

YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.7 belgiga asosan, "Eng kam tezlik" belgisi faqat unda koʻrsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

3-savol. Qizil avtomobil haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezdni oʻtkazib yuborish uchun toʻgʻri toʻxtadimi?

Qizil avtomobil haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezdni oʻtkazib yuborish uchun toʻgʻri toʻxtadimi?
  1. Toʻgʻri toʻxtadi
  2. Notoʻgʻri toʻxtadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Notoʻgʻri toʻxtadi

YHQning 18-bob. 119-bandiga asosan: 119. Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi toʻxtash chizigʻi, 2.5 yoʻl belgisi yoki svetofor oldida, ular boʻlmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum boʻlmaganda esa birinchi temir yoʻl iziga kamida 10 metr qolganda toʻxtashi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

4-savol. Yoʻl transport hodisasi-

  1. Yoʻl harakati qatnashchilarining yoʻl-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yoʻl harakati holati
  2. Transport vositasining yoʻlda harakatlanishi jarayonida roʻy bergan, fuqarolarning halok boʻlishiga yoki sogʻligiga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab boʻlgan hodisa
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Transport vositasining yoʻlda harakatlanishi jarayonida roʻy bergan, fuqarolarning halok boʻlishiga yoki sogʻligiga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab boʻlgan hodisa

Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, yoʻl-transport hodisasi — transport vositasining yoʻlda harakatlanish jarayonida roʻy bergan, fuqarolarning halok boʻlishiga yoki sogʻligʻiga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab boʻlgan hodisa.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

5-savol. Rasmda koʻrsatilgan holatda yoʻlovchilarni tushirish uchun toʻxtashga ruxsat beriladimi?

Rasmda koʻrsatilgan holatda yoʻlovchilarni tushirish uchun toʻxtashga ruxsat beriladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ruxsat etiladi

YHQ 22-bobi 132-bandiga muvofiq, agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, bunday joylarda yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →

6-savol. Yengil avtomobilning tom qismiga oʻrnatilgan yukxonasida yuk tashishdan, yukning uzunligi avtomobilning gabaritidan necha metrdan oshmasa tashishga yoʻl qoʻyiladi?

  1. 1 metr
  2. 2 metr
  3. 1,2 metr
  4. 0,5 metr
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. 0,5 metr

YHQ 27 – bobi 162 – bandi, sakkizinchi xatboshiga asosan: Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yoʻl qoʻyiladi: yengil avtomobilning tom qismiga oʻrnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlar va individual harakatlanish vositalarini tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasa.

Mavzu boʻyicha videodars: 37-dars «Yuk tashish» →

7-savol. Sanab oʻtilgan hollardan qaysi birida transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?

  1. Transport vositasining bitta oʻqiga diagonal shinalar radial shinalar bilan birga oʻrnatilgan
  2. M1 toifadagi avtotransport vositalarining oldingi oʻqiga birinchi toifada taʼmirlangan shinalar oʻrnatilgan
  3. Shinalar oʻlchami va yoʻl qoʻyiladigan bosimi boʻyicha transport vositasining rusumiga mos emas
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. M1 toifadagi avtotransport vositalarining oldingi oʻqiga birinchi toifada taʼmirlangan shinalar oʻrnatilgan

YHQ 3-ilovasi 5-boʻlimining 5.7-bandiga asosan, M1, M2, M3 toifadagi I klass avtotransport vositalarining oldingi oʻqiga ikkinchi taʼmirlash klassi boʻyicha qayta tiklangan shinalar oʻrnatilsa — foydalanish taqiqlanadi. Shu sababli birinchi taʼmirlash klassi boʻyicha qayta tiklangan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa, foydalanishga ruxsat etiladi. Bir oʻqqa diagonal va radial shinalarni birga qoʻyish yoki shina oʻlchami (bosimi) rusumga mos kelmasa — foydalanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

8-savol. Ushbu holatda koʻk avtomobil haydovchisi kimga yoʻl berishi lozim?

Ushbu holatda koʻk avtomobil haydovchisi kimga yoʻl berishi lozim?
  1. Faqat avtobusga
  2. Hech kimga
  3. Faqat yengil avtomobilga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Hech kimga

YHQ 16-bobi 104-bandi: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega. YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼi nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 26-dars «Piyodalar oʻtish joyi va bekatlar» →

9-savol. Qaysi belgi "Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlangan" deb nomlanadi?

Qaysi belgi "Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlangan" deb nomlanadi?
  1. A
  2. B
  3. C
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. C

YHQ 1-ilovasi 3-boʻlim: 3.32 «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan» — xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

10-savol. Svetoforning taqiqlovchi ishorasida va shlagbaum ochiq boʻlganda haydovchi nima qilishi kerak?

  1. Yaqinlashib kelayotgan poezd yoʻqligiga shaxsan ishonch hosil qilishi va kesishmadan oʻtishi kerak
  2. Shlagbaumning holatiga asoslangan holda kesishmadan oʻtishi kerak
  3. Shlagbaumgacha 10 metrdan yaqin boʻlmagan masofada toʻxtash
  4. Toʻxtash chizigʻi oldida, «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi oldida, agar ular yoʻq boʻlsa, shlagbaumgacha 5 metrdan yaqin boʻlmagan masofada toʻxtash
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Toʻxtash chizigʻi oldida, «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi oldida, agar ular yoʻq boʻlsa, shlagbaumgacha 5 metrdan yaqin boʻlmagan masofada toʻxtash

YHQ 18-bobi 119-bandiga asosan, kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi toʻxtash chizigʻi, 2.5 "Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan" yoʻl belgisi yoki svetofor oldida, ular boʻlmaganda shlagbaumga kamida 5 metr qolganda toʻxtashi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →

11-savol. Gʻildiraklarni yoʻl bilan ilashishi yoʻqolganda (kuchli yomgʻir, sel yoki suv toshgan yoʻl qismlari) haydovchi:

  1. Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim
  2. Tormoz tepkisini keskin bosish bilan tezlikni kamaytirishi lozim
  3. Tezlikni oshirishi lozim
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim

Yomgʻir yogʻayotganida gʻildiraklar bilan qoplama orasida albatta suv qoladi (ayniqsa yedirilgan shina protektorida) va bu oʻz navbatida "Suv ponasi"ni hosil qiladi. Oqibatda gʻildiraklar sirpana boshlaydi. Bunda haydovchi tezlikni dvigatel yordamida pasaytirishi kerak, aks holda tezlikning keskin pasayishi avtomobilning sirpanib ketishiga olib keladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

12-savol. Bu joyda quvib oʻtishga ruxsat beriladimi?

Bu joyda quvib oʻtishga ruxsat beriladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Agar quvib oʻtilayotgan transportning tezligi 40 km/s dan kam boʻlsa ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ruxsat etiladi

YHQ 1-ilova 3-boʻlim 3.22. "Yuk avtomobillarida quvib oʻtish taqiqlangan" yoʻl belgisi, toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno), belgisi ostidagi 7.1.1. "Obyektgacha boʻlgan masofa" qoʻshimcha axborot belgisi 3.22 belgisi taʼsir hududi boshlanadigan joygacha boʻlgan masofani koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

13-savol. Yengil avtomobilning tormoz yoʻli tormoz tizimiga ega boʻlmagan tirkama bilan harakatlanayotganda qanday oʻzgaradi?

  1. Ortadi
  2. Oʻzgarmaydi
  3. Kamayadi, chunki tirkama harakatlanishga qoʻshimcha qarshilik koʻrsatadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ortadi

Avtomobilni tirkama bilan haydash maʼlum bir koʻnikma talab qiladi. Tormoz yoʻli ortadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

14-savol. Velosipedlarda yuk tashilganda gabaritidan boʻyiga va eniga qanchadan ortiq chiqib tursa, yuk tashish taqiqlanadi?

  1. 1 m
  2. 0,3 m
  3. 0,5 m
  4. 0,4 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 0,5 m

YHQ 28-bobi 168-bandi: Velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
Rulni ushlamasdan yoki bir qoʻlda ushlab harakatlanish (manevrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno);
Odam tashish (ishonchli oyoq qoʻygich bilan jihozlangan velosipeddagi qoʻshimcha oʻrindiqda 7 yoshgacha boʻlgan bolani tashish bundan mustasno);
Gabaritidan boʻyiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga xalal beradigan yuklarni tashish.

Mavzu boʻyicha videodars: 38-dars «Velosiped, moped, aravalar va hayvonlar» →

15-savol. Temir yoʻl kesishmasi oldida toʻxtagandan keyin harakatni boshlashdan oldin haydovchi:

  1. Yaqinlashib kelayotgan poezdning yoʻqligiga ishonch hosil qilishi kerak
  2. Harakat xavfsizligini taʼminlovchi tezlik bilan kesishma orqali harakatni boshlashi kerak
  3. Birinchi uzatmada kesishmadan oʻtishi kerak
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yaqinlashib kelayotgan poezdning yoʻqligiga ishonch hosil qilishi kerak

YHQ 18-bobining 117-bandiga asosan, temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib uni kesib oʻtmoqchi boʻlgan haydovchi kesishma navbatchisining koʻrsatmalariga, svetoforlar ishoralariga, yoʻl belgilariga, yoʻl chiziqlariga, shlagbaum holatiga amal qilishi va yaqinlashayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) yoʻqligiga ishonch hosil qilish shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →

16-savol. Qizil avtomobil haydovchisiga qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat berilgan?

Qizil avtomobil haydovchisiga qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat berilgan?
  1. Faqat chapga
  2. Chapga va qayrilib olishga
  3. Toʻgʻriga va chapga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Chapga va qayrilib olishga

YHQ 2 ilova: Yoʻl belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yoʻl belgilarining va yotiq yoʻl chiziqlarining maʼnolari bir-biriga zid kelgan hollarda yoki yoʻl chiziqlarini yetarlicha farqlab boʻlmasa, haydovchilar yoʻl belgilariga amal qilishlari kerak. YHQ 1 ilova: 5.8.1. “Tasmalar boʻyicha harakat yoʻnalishi”. Tasmalar soni va har biri boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlari. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanish taqiqlanadi. Yoʻlning chetki chap boʻlagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

17-savol. Chapga burilish sizga qaysi trayektoriya boʻyicha amalga oshirishga ruxsat etiladi?

Chapga burilish sizga qaysi trayektoriya boʻyicha amalga oshirishga ruxsat etiladi?
  1. Koʻrsatilgan trayektoriyalardan istalgan biri boʻyicha
  2. Faqat A trayektoriya boʻyicha
  3. Faqat B trayektoriya boʻyicha
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Faqat B trayektoriya boʻyicha

YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

18-savol. Qishda boldirga qon toʻxtatadigan jgutni qancha muddatga qoʻyish mumkin?

  1. 2 soatdan koʻp boʻlmagan
  2. 3 soatdan koʻp boʻlmagan
  3. 1 soatdan koʻp boʻlmagan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 1 soatdan koʻp boʻlmagan

Qon toʻxtatish jguti yilning sovuq fasllarida bir soatdan ortiq boʻlmagan vaqtga qoʻyiladi. Jgut qoʻyilishi barcha quyi joylashgan toʻqimalarda qon aylanishini toʻxtatish bilan bogʻliq. Qon aylanishini uzoqroq vaqtga toʻxtatish qoʻl yoki oyoqda qon tomirlari yoʻnalishi boʻyicha jgutdan quyiroq qismda halokatli oʻzgarishlarga olib keladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

19-savol. Yengil avtomobilning orqa oynasiga parda yoki jalyuzilar oʻrnatish mumkinmi?

  1. Ruxsat etiladi, agarda ikki tomonda orqani koʻrsatuvchi koʻzgusi boʻlsa
  2. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ruxsat etiladi, agarda ikki tomonda orqani koʻrsatuvchi koʻzgusi boʻlsa

Yoʻl harakati qoidalariga 3-ilova 7.4 bandiga asosan, barcha transport vositasining old, yon oynalarining yorugʻlik oʻtkazuvchanligi 70 foizdan kam boʻlsa, avtomobil tomidagi lyuk oynasi, shuningdek, ruxsatnoma asosida tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) avtotransport vositalarining oynalari bundan mustasno. Izoh. III klass M3 toifadagi avtotransport vositalarining orqa va yon oynalariga pardalar, ikki yonga orqa tomonni koʻrish uchun tashqi koʻzgusi mavjud boʻlgan barcha toifadagi avtotransport vositalari orqa oynalarining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, ushbu orqa oynalarga parda (chiy parda, darparda) oʻrnatishga ruxsat beriladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

20-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi harakatlanishda imtiyoziga ega?

Qaysi transport vositasining haydovchisi harakatlanishda imtiyoziga ega?
  1. Tramvay haydovchisi
  2. Avtomobil haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Tramvay haydovchisi

YHQ 15-bobi 101-bandiga asosan, agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, tramvay oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 12-dars «Tartibga solingan chorrahalar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

14-biletni onlayn yechish

Keyingi: 15-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish