16-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

16-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 16-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Qattiq yoki egiluvchan ulagichda shatakka olgan yuk avtomobilining kuzovida odam tashishga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ruxsat etiladi

Yoʻl harakati qoidalarining 143 bandiga asosan, qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar boʻlishi taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 36-dars «Odam tashish» →

2-savol. 72 km/soat tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda qancha masofani bosib oʻtadi?

  1. 15 m
  2. 25 m
  3. 20 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 20 m

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, 72 km/s tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda 20 m masofani bosib oʻtadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

3-savol. Yoʻnaltirgichlar bilan koʻrsatilgan yoʻnalishlarning qaysi biridan harakat qilish mumkin?

Yoʻnaltirgichlar bilan koʻrsatilgan yoʻnalishlarning qaysi biridan harakat qilish mumkin?
  1. Faqat toʻgʻriga
  2. Chapga va orqaga
  3. Toʻgʻriga, chapga va orqaga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Faqat toʻgʻriga

YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining 1.11 yotiq chizigʻi faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yoʻl qismlarida, bir yoʻnalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi. Qayrilib olish, toʻxtash maydonchalari va shunga oʻxshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yoʻnalishda ruxsat etilganligini koʻrsatadi. 1.11 chizigʻini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirgʻa chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

4-savol. Koʻrsatilgan joyda toʻxtashga ruxsat etiladimi?

Koʻrsatilgan joyda toʻxtashga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi

YHQ 13-bobi 88-bandi 2-xatboshiga asosan, aholi punktlarida oʻrtada tramvay yoʻli boʻlmagan, har yoʻnalishda bittadan tasmasi boʻlgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda yoʻlning chap tomonida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

5-savol. Mazkur chiziq nima haqida ogohlantiradi?

Mazkur chiziq nima haqida ogohlantiradi?
  1. Transport vositalarining majburiy toʻxtash joyiga yaqinlashayotgani
  2. Transport vositasi piyodalarga yoʻl berishi kerak boʻlgan joyni koʻrsatadi
  3. «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi bilan birga qoʻllanilganda haydovchini «Toʻxtash» chizigʻiga yaqinlashayotganligini
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi bilan birga qoʻllanilganda haydovchini «Toʻxtash» chizigʻiga yaqinlashayotganligini

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimiga asosan, 1.21 yotiq chizigʻi ("STOP" – toʻxtang! yozuvi) – 2.5 belgisi bilan birga qoʻllanilganda haydovchini 1.12 chizigʻiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

6-savol. Qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti?

Qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti?
  1. B
  2. A
  3. A va B
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. A va B

Yoʻl harakati qoidalari 163 bandi 8 xatboshiga asosan, yengil avtomobilning tom qismiga oʻrnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasa yuk tashishga yoʻl qoʻyiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 37-dars «Yuk tashish» →

7-savol. Spidometr jihozlari tamgʻalanmagan transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladimi?

  1. Faqat xususiy egalariga tegishli avtomobillar, motosikllar va mopedlarga ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Faqat xususiy egalariga tegishli avtomobillar, motosikllar va mopedlarga ruxsat etiladi

YHQ 3-ilovasi 7-boʻlimining 7.6.-bandiga asosan: 7.6. Spidometr qurilmasi nosoz va tamgʻalanmagan (shaxsiy transport vositalari, mototsikl, elektromototsikl, skuter va mopedlardan tashqari) boʻlsa foydalanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

8-savol. Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yoʻllarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq boʻlgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari oʻzi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida qancha masofani saqlashlari kerak?

  1. Ularni quvib oʻtayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak
  2. Haydovchi oʻzidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda, toʻqnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani
  3. 3 metr
  4. 5 metr
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ularni quvib oʻtayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak

YHQning 10-bob. 74-bandi 1-xatboshiga asosan: 74. Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yoʻllarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq boʻlgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari oʻzi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida, ularni quvib oʻtayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

9-savol. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadi:

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadi:
  1. 1- va 2-tramvaylar ayni vaqtda yashil avtomobil bilan, qizil, koʻk avtomobillar
  2. 1-tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil bilan, qizil avtomobil; 2-tramvay va koʻk avtomobil bir vaqtda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 1-tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil bilan, qizil avtomobil; 2-tramvay va koʻk avtomobil bir vaqtda

YHQ 16-bobi 106-, 105- va 104-bandlariga asosan, asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

10-savol. Tuman sharoitida, agar koʻrinish masofasi 300 metrdan kam boʻlsa kunduzgi chiroqlarni yoqish yetarlimi?

  1. Yetarli
  2. Yetarli emas
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yetarli emas

oʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, yetarlicha koʻrinmaslik — yomgʻir, qor yogʻishi, tuman tushishi va shunga oʻxshash sharoitlarda, shuningdek, kunning gʻira-shira vaqtida yoʻlning koʻrinish masofasi 300 metrdan kam boʻlishi.
Yoʻl harakati qoidalarining 137 bandiga asosan, quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin: yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek, uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan.

Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →

11-savol. Chorraha qismida kesib oʻtgan yoʻlga nisbatan asosiy boʻlgan yoʻlda transport vositalarini quvib oʻtishga ruxsat beriladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat beriladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ruxsat beriladi

YHQ 12-bobi 86-bandi 2-xatboshiga asosan, quvib oʻtish quyidagi hollarda taqiqlanadi - tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yoʻllarda harakatlanishda.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

12-savol. Shatakka olingan avtomobilda odamlarni tashishga ruxsat etiladimi?

  1. Yengil avtomobilda ruxsat etiladi
  2. Qattiq ulagichda shatakka olingan yuk avtomobili yukxonasida ruxsat etiladi
  3. Avtobusda ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yengil avtomobilda ruxsat etiladi

YHQ 24-bobi 143-bandiga asosan: Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar boʻlishi taqiqlanadi.
Qoidalarda shatakka olingan yengil avtomobilda odamlarni tashish taqiqlanmagan.

Mavzu boʻyicha videodars: 34-dars «Shatakka olish» →

13-savol. 108 km/s tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda qancha masofani bosib oʻtadi?

  1. 25 m
  2. 30 m
  3. 15 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 30 m

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, 108 km/s tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda 30 m masofani bosib oʻtadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

14-savol. Bunday yoʻl belgisi bilan belgilangan yoʻl qismlarida ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 t dan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarining qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Bunday yoʻl belgisi bilan belgilangan yoʻl qismlarida ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 t dan ortiq boʻlgan yuk…
  1. 90 km/s
  2. 80 km/s
  3. 60 km/s
  4. 100 km/s
  5. 70 km/s
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 80 km/s

YHQ 11-bobining 79-bandi 3-xatboshiga muvofiq, boshqa avtobuslar (shaharlararo va mikroavtobuslardan tashqari), tirkamali yengil avtomobillar, motosikllar, ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

15-savol. Mexanik transport vositasi - bu ...

  1. Dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va oʻziyurar moslamalarga ham taalluqlidir
  2. Odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga moʻljallangan qurilma
  3. Mexanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga moʻljallangan, dvigatel bilan jihozlanmagan transport vositasi. Bu atama yarim tirkama va uzaytirilgan tirkama va uzaytiriladigan tirkamalarga ham taalluqlidir
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va oʻziyurar moslamalarga ham taalluqlidir

Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, mexanik transport vositasi — dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va oʻzi yurar moslamalarga ham taalluqlidir.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

16-savol. Chorrahadan chapga burilmoqchisiz, sizning harakatingiz:

Chorrahadan chapga burilmoqchisiz, sizning harakatingiz:
  1. Chorrahadan birinchi oʻtish
  2. «Т» simon svetoforning ruxsat beradigan ishorasini kutish va tramvayga yoʻl berib chiqish
  3. Tramvayga yoʻl berish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Chorrahadan birinchi oʻtish

YHQ 7-bobi 31-bandiga muvofiq, svetoforning doirali yashil ishorasi harakatlanishga ruxsat beradi. YHQ 7-bobi 36-bandiga muvofiq, tramvaylarning harakatlanishini tartibga solish uchun "T" — harfi koʻrinishida joylashgan toʻrtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qoʻllanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning oʻzida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, oʻngdagisi oʻng tomonga burilishga, oʻrtadagisi toʻgʻriga yurishga ruxsat beradi. Agar yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

17-savol. Koʻrsatilgan qaysi belgi reversiv harakat boshlanishi haqida axborot beradi?

Koʻrsatilgan qaysi belgi reversiv harakat boshlanishi haqida axborot beradi?
  1. «В»
  2. «Б»
  3. «А»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. «В»

YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimi 5.35 "Reversiv harakatlanish" belgisiga muvofiq, bir yoki bir necha tasmalarda harakatlanish yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan yoʻl qismining boshlanishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

18-savol. Qayta tizilishda haydovchi boshqa transport vositalariga yoʻl berishi kerakmi?

  1. Kerak emas
  2. Kerak, agar transport vositasi qoʻshni boʻlak boʻyicha yoʻlakay harakat qilsa
  3. Oʻzaro qayta tizilishda barcha hollarda kerak
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Kerak, agar transport vositasi qoʻshni boʻlak boʻyicha yoʻlakay harakat qilsa

YHQ 9-bobi 55-bandiga asosan: Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirmasdan harakatlanayotgan yoʻlakay transport vositalariga yoʻl berishi kerak. Bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganlarida haydovchi oʻng tomondagi transport vositasiga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

19-savol. Yondosh hudud bu - ...

  1. Yoʻllarning oʻzaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi
  2. Yoʻlning relssiz transport vositalari harakati uchun moʻljallangan qismi
  3. Bevosita yoʻlga tutashgan va transport vositalari oʻtib ketishi uchun moʻljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari avtomobil toʻxtab turish joylari, yonilgʻi quyish shoxobchalari, korxona va shunga oʻxshashlar).
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Bevosita yoʻlga tutashgan va transport vositalari oʻtib ketishi uchun moʻljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari avtomobil toʻxtab turish joylari, yonilgʻi quyish shoxobchalari, korxona va shunga oʻxshashlar).

Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, yondosh hudud — bevosita yoʻlga tutashgan va transport vositalari oʻtib ketishi uchun moʻljallanmagan hudud (hovlilar, mahallalar, turar joy dahalari, transport vositasi toʻxtab turish joylari, yonilgʻi quyish shoxobchalari, korxona va shunga oʻxshashlar).

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

20-savol. Faqat belgilangan yoʻnalishli transport vositalariga qatnov qismida ajratilgan tasmasida boshqa turdagi transport vositalari harakatlanishga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi
  3. Faqat belgilangan yoʻnalishli transport vositasining harakatlanish vaqti tugaganida ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Faqat belgilangan yoʻnalishli transport vositasining harakatlanish vaqti tugaganida ruxsat etiladi

YHQ 22-bobi 132-bandiga asosan, yoʻnalishli transport vositalari uchun 5.9, 5.10.1–5.10.3 belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va toʻxtashi taqiqlanadi. Yoʻnalishli transport vositalari harakatlanish vaqti tugaganida (tegishli tartibda) boshqa transport vositalariga ruxsat etilishi mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

16-biletni onlayn yechish

Keyingi: 17-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish