22-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

22-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 22-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Muskul va paylarning ezilishi hamda choʻzilishi alomatlari qanday?

  1. Jarohatlangan joyda ogʻriq seziladi
  2. Jarohatlangan joyda shishi paydo boʻladi, ogʻriq seziladi, baʼzan shu joyda mayda kapillyar qon tomirlari yorilib, qon quyilishlari natijasida koʻkarish paydo boʻladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Jarohatlangan joyda shishi paydo boʻladi, ogʻriq seziladi, baʼzan shu joyda mayda kapillyar qon tomirlari yorilib, qon quyilishlari natijasida koʻkarish paydo boʻladi

Yoʻl - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, muskul va paylarning ezilishi hamda choʻzilishi alomatlari, jarohatlangan joyda shish paydo boʻlishi, ogʻriq sezilishi, baʼzan shu joyda mayda kapillyar qon tomirlari yorilib, qon quyilishi natijasida koʻkarish paydo boʻlishi hisoblanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

2-savol. Yaxmalak boʻlganda shatakka olishga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Faqat qattiq ulagichda ruxsat etiladi
  3. Sirpanishga qarshi vositalarni qoʻllab egiluvchan ulagichda faqat bitta transportga ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Faqat qattiq ulagichda ruxsat etiladi

YHQ 24 – bobi 145 – bandining oltinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quydagi holatlarda taqiqlanadi: yoʻl yaxmalak, sirpanchiq boʻlgan hollarda egiluvchan ulagichda.

Mavzu boʻyicha videodars: 34-dars «Shatakka olish» →

3-savol. Avtomobil haydovchisi oʻzib ketishni qaysi yoʻnalish boʻyicha toʻgʻri bajaradi?

Avtomobil haydovchisi oʻzib ketishni qaysi yoʻnalish boʻyicha toʻgʻri bajaradi?
  1. «А» va «Б» yoʻnalishi boʻyicha
  2. «Б» yoʻnalishi boʻyicha
  3. «А» yoʻnalishi boʻyicha
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. «Б» yoʻnalishi boʻyicha

YHQning 22-bob. 132-bandi 2 va 3 - xatboshiga asosan: Agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.
Shuningdek, bunday joylarda yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

4-savol. Agar avtomobilning balandligi (yuki bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlsa haydovchi:

Agar avtomobilning balandligi (yuki bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlsa haydovchi:
  1. Boshqa yoʻnalish boʻyicha yoʻl qismini aylanib oʻtishi kerak
  2. Avtoxoʻjalik rahbaridan yurishga ruxsat olishi kerak
  3. DYHXXdan yurishga ruxsatnoma olishi kerak
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Boshqa yoʻnalish boʻyicha yoʻl qismini aylanib oʻtishi kerak

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.13 "Cheklangan balandlik" belgisiga muvofiq, gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan transport vositalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

5-savol. Quruq ob-havo sharoitida asfalt-beton qoplamali yoʻlda harakatlanayotgan haydovchi yomgʻir tomchilab qolganda nima qilishi kerak?

  1. Yomgʻir tezlashib ketmasdan tezroq harakat qilishi
  2. Tezlikni oʻzgartirmasdan harakatni davom ettirish
  3. Tezlikni kamaytirish va ehtiyot boʻlishi kerak
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Tezlikni kamaytirish va ehtiyot boʻlishi kerak

Yomgʻir tomchilay boshlaganda, haydovchilar ayniqsa ehtiyotkor boʻlishlari kerak, chunki yoʻldagi chang, moy, rezina qurumi va shunga oʻxshashlar yomgʻir suvi bilan aralashib, sirpanchiq qatlamni hosil qiladi, keyinchalik esa bu qatlam yomgʻir bilan yuvilib ketadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

6-savol. Qaysi yotiq yoʻl chizigʻi avtomobil yoʻllarida 3D koʻrinishidagi piyodalar oʻtish joyini bildiradi?

Qaysi yotiq yoʻl chizigʻi avtomobil yoʻllarida 3D koʻrinishidagi piyodalar oʻtish joyini bildiradi?
  1. «В»
  2. «А»
  3. «Б»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. «В»

YHQ 2 ilova: 1.29.3 — avtomobil yoʻllarida “3D” koʻrinishdagi piyodalar oʻtish joyi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

7-savol. Agar barcha transport vositalari 80 km/soat tezlik bilan harakat qilsa, haydovchilardan qay biri qoidalarning talablarini buzadi?

Agar barcha transport vositalari 80 km/soat tezlik bilan harakat qilsa, haydovchilardan qay biri qoidalarning…
  1. Motosikl va yuk avtomobilining haydovchilari
  2. Motosikl haydovchisi
  3. Hamma haydovchilar
  4. Hech kim buzmaydi
  5. Motosikl va yengil avtomobilning haydovchilari
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Hech kim buzmaydi

YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimi 3.24 belgi talabiga asosan, “Yuqori tezlik cheklangan” belgisi transport vositalarining yuqori tezligini cheklaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

8-savol. Qaysi rasmda haydovchi yoʻlovchilarni tushirish uchun oʻz avtomobilini toʻgʻri toʻxtatdi?

Qaysi rasmda haydovchi yoʻlovchilarni tushirish uchun oʻz avtomobilini toʻgʻri toʻxtatdi?
  1. Chapdagi rasmda
  2. Ikkala rasmda
  3. Oʻngdagi rasmda
  4. Ikkala rasmda notoʻgʻri toʻxtatdi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Ikkala rasmda notoʻgʻri toʻxtatdi

YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan: piyodalar oʻtish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda; qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

9-savol. Qaysi yoʻl belgilari chapga burilishni taqiqlaydi?

Qaysi yoʻl belgilari chapga burilishni taqiqlaydi?
  1. Faqat «А» va «Б»
  2. Barchasi
  3. Faqat «А» va «Г»
  4. Faqat «А»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Faqat «А» va «Г»

YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.7.1 belgiga asosan, «Bir tomonlama harakatli yoʻlga chiqish». Harakatlanish bir tomonlama boʻlgan yoʻlga yoki qatnov qismiga chiqish. Chapga burilishni taqiqlaydi.
YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.10.2 belgiga asosan, «Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻlga chiqish».Chapga burilishni taqiqlaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

10-savol. Kunning qorongʻi vaqtida sunʼiy yoritilmagan yoʻllarda yoki yetarli koʻrinmaslik sharoitida yonmaydigan orqa gabarit chiroqlari bilan toʻxtab turish yoki taʼmirlash joyiga borishga ruxsat beriladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Alohida ehtiyotkorlik bilan borishga ruxsat beriladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi

YHQ 2 – bobi 12 – bandining uchinchi xatboshisiga asosan: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi ( avtopoyezd tarkibida ) nosoz boʻlgan, sutkaning qorongʻi vaqtida yoki koʻrinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomgʻir yoki qor yogʻayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →

11-savol. Shatakka olish taqiqlanadi?

  1. Yaxmalakda, qattiq ulagich bilan
  2. Yon kajavasi bor motosikllarni
  3. Yon kajavasi yoʻq motosikllarni
  4. Ulagich bilan birga transport vositalarining umumiy uzunligi 20 metr boʻlganda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Yon kajavasi yoʻq motosikllarni

YHQ 24-bobi 145-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: kajavasiz mototsikllar bilan, shuningdek bunday mototsikllarni.

Mavzu boʻyicha videodars: 34-dars «Shatakka olish» →

12-savol. Koʻk avtomobil chorrahani kesib oʻtadi:

Koʻk avtomobil chorrahani kesib oʻtadi:
  1. Ikkinchi boʻlib
  2. Birinchi boʻlib
  3. Oxirgi boʻlib
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Oxirgi boʻlib

Yoʻl harakati qoidalarining 106 bandiga asosan, Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.
Ushbu chorrahani tramvay birinchi, qizil avtomobil ikkinchi, yashil avtomobil uchinchi va koʻk avtomobil oxirgi boʻlib kesib oʻtadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →

13-savol. Qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. «А» yoʻnalishida
  2. «А», «Б» va «В» yoʻnalishlarida
  3. «Б» yoʻnalishida
  4. «Б» va «В» yoʻnalishlarida
  5. «В» yoʻnalishida
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. «А», «Б» va «В» yoʻnalishlarida

YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining 1.11 yotiq chizigʻi faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yoʻl qismlarida, bir yoʻnalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi. Qayrilib olish, toʻxtash maydonchalari va shunga oʻxshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yoʻnalishda ruxsat etilganligini koʻrsatadi. 1.11 chizigʻini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirgʻa chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

14-savol. Yoʻlning yoritilmagan qismlarida qorongʻi vaqtda toʻxtaganda gabarit chiroqlari buzuq boʻlsa:

  1. Transport vositasini yoʻldan tashqariga chiqarish, agar buning iloji boʻlmasa mazkur qoidalar talablariga binoan uni belgilash lozim
  2. Oʻngroqqa olish va yaqinni yorituvchi farani yoqish zarur
  3. Yaqinni yorituvchi faralarni yoqish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Transport vositasini yoʻldan tashqariga chiqarish, agar buning iloji boʻlmasa mazkur qoidalar talablariga binoan uni belgilash lozim

YHQ 23 – bobi 136 – bandi: Sutkaning qorongʻi vaqtida yoʻlning yoritilmagan qismida, shuningdek, yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda toʻxtagan yoki toʻxtab turgan transport vositasida gabarit fara chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →

15-savol. Sirpanchiq yoʻlda yurgizgich bilan tormozlashni qoʻllash orqa uzatmali avtomobil uchun:

  1. Avtomobilning turgʻunligini kamaytiradi
  2. Avtomobilning turgʻunligiga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi
  3. Avtomobilning turgʻunligini oshiradi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Avtomobilning turgʻunligini oshiradi

Sirpanchiq yoʻlda toʻxtatish tepkisini uzuq-uzuq bosib, uzatma va ilashish mexanizmini ajratmagan, dvigatel bilan tormozlanishni ishlatgan hamda gʻildiraklarning blokirovkasi (sirgʻanish) ga yoʻl qoʻymagan holda toʻxtatish lozim.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

16-savol. Aholi yashaydigan joylarda ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ziyod avtomobillarning harakatlanishiga qaysi boʻlakdan ruxsat etiladi?

  1. Boshqa boʻlaklarda qatnov koʻp boʻlganda istalgan boʻlakdan
  2. Istalgan boʻlakdan, biroq agar relssiz transport vositalarining harakati uchun bir yoʻnalishda uchta va undan ortiq boʻlak boʻlsa, u holda chetki chap boʻlakka faqat chapga burilish, orqaga qayrilish uchun oʻtishga
  3. Iloji boricha qatnov qismining oʻng chetiga yaqin boʻlakdan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Iloji boricha qatnov qismining oʻng chetiga yaqin boʻlakdan

YHQ 10-bobi 67-bandiga muvofiq, bir yoʻnalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yoʻlda yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap tasmani egallashga ruxsat etiladi. Boshqa hollarda yuk avtomobillariga yoʻlning chetki chap tasmasida harakatlanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

17-savol. Chorrahani oxirgi boʻlib kesib oʻtadi:

Chorrahani oxirgi boʻlib kesib oʻtadi:
  1. Sariq
  2. Yashil
  3. Koʻk
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Sariq

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

18-savol. Harakatlanishga ruxsat etilgan barcha transport vositalari qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?

Harakatlanishga ruxsat etilgan barcha transport vositalari qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?
  1. Avtomobillar va motosikl
  2. Avtomobillar va tramvay
  3. Barcha transport vositalari
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Avtomobillar va motosikl

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →

19-savol. Haydovchi qaysi rasmda qoidani buzmay toʻxtagan?

Haydovchi qaysi rasmda qoidani buzmay toʻxtagan?
  1. Chapdagi rasmda
  2. Har ikkala rasmda
  3. Oʻngdagi rasmda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Har ikkala rasmda

YHQ 1-ilovasining 2-boʻlimi 2.5-bandiga asosan, «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi oʻrnatilgan joyda haydovchi toʻxtash chizigʻi oldida, agar u boʻlmasa, kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻxtashi shart. Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

20-savol. Sunʼiy yoritilgan tunnellarda harakatlanayotganda qoidalar haydovchiga qanday majburiyat yuklaydi?

  1. 40 km/s dan oshmaydigan tezlik bilan harakatlanishni
  2. Majburiy toʻxtash yoritgichini yoqishni
  3. Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlarini yoqish
  4. Tovushli xabar berishni
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlarini yoqish

YHQ 23-bobi 134-bandining birinchi xatboshisiga asosan, qorongʻi vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda, shuningdek yoʻlining yoritilganligidan qatʼi nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan boʻlishi kerak: barcha mexanik transport vositalari - uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

22-biletni onlayn yechish

Keyingi: 23-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish