Yoʻnalishli transport vositalarining imtiyozlari · 9-bilet, 6-savol

Yoʻnalishli boʻlmagan transport vositalari “A” harfi bilan belgilangan oʻng boʻlakda qaysi holatlarda harakatlanishlari mumkin?

Yoʻnalishli boʻlmagan transport vositalari “A” harfi bilan belgilangan oʻng boʻlakda qaysi holatlarda…

Javob variantlari

  1. Yoʻlovchilarni chiqarish va tushirishda
  2. Yuqoridagi barcha holatlarda agarda yoʻnalishli transport vositalariga xalaqit bermasa✓ Toʻgʻri javob
  3. Oʻnga burilishda

Izoh

Yoʻl harakati qoidalarining 132 bandiga asosan, Yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yoʻl belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va toʻxtashi taqiqlanadi.
Agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.
Shuningdek, bunday joylarda yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladi.

Savoldagi belgilar

Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.

«Yoʻnalishli transport vositalarining imtiyozlari» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish