«Odam va yuk tashish» mavzusi boʻyicha YHQ testi

YHQ testidagi «Odam va yuk tashish» mavzusiga oid 39 ta savol: toʻgʻri javoblar va izohlar bilan. Izohni oʻqish uchun savolni oching yoki butun mavzuni trenajyorda yeching.

Mavzuni mashq qilish

39 ta savol ketma-ket · toʻgʻri javob darhol koʻrinadi

Mavzuni mashq qilish

Bu mavzu savollari testning 31 ta biletida uchraydi, ulardan 5 tasida rasm bor.

Mavzu savollari

  1. Yuk avtomobilining yukxonasida qancha miqdorda odamlarni tashishga ruxsat beriladi?Tashilayotgan odamlar soni oʻtirish uchun jihozlangan oʻrinlar miqdoridan ortiq boʻlmasligi kerak
  2. Yuk tirkamasida odam tashishga ruxsat etiladimi?Taqiqlanadi
  3. 12 yoshga yetmagan bolalarni transport vositasining oldingi oʻrindigʻida tashishga ruxsat etiladimi?Bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilgan boʻlsa ruxsat etiladi
  4. Bolalarni tashkiliy tashishda qanday talablar qoʻyiladi?Barcha sanab oʻtilgan talablar
  5. Odamlarni tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobili yukxonasida odam tashishga ruxsat etiladimi?Faqat yukni kuzatib boruvchi shaxslarga shu shart bilanki, ular bortlaridan pastda joylashgan oʻtiradigan joy bilan taʼminlangan boʻlsalar ruxsat…
  6. Yengil avtomobillarning oldingi oʻrindigʻida bolalarni tashishga ruxsat etiladimi?12 yosh va undan katta boʻlgan bolalarni tashishga ruxsat etiladi
  7. Yon kajavasi boʻlmagan motosiklda bolalarni tashishga ruxsat etiladimi?12 yoshga toʻlgan va undan katta bolalarga ruxsat etiladi
  8. Furgon yukxonada odamlarni tashishga ruxsat etiladimi?Agar ularning tuzilishi odamlarni tashishga moslashtirilgan boʻlsa, ruxsat etiladi
  9. Harakatni boshlashdan avval shaharlararo avtobus haydovchilari nima qilishlari kerak?Yoʻlovchilarga halokat boʻlganda chiqish joylaridan foydalanish haqida tushuntirish
  10. Yoʻlovchi tashishga moʻljallanmagan yuk avtomobilida yukni kuzatib boruvchi yoki qabul qilib oluvchi shaxslarning tashilishiga ruxsat beriladimi?Agar bort balandligidan pastda joylashgan qulay oʻrindiq boʻlsa ruxsat beriladi
  11. Shatakka olingan yengil avtomobilda yoʻlovchilarni tashish mumkinmi?Egiluvchi va qattiq ulagichda ruxsat etiladi
  12. Yuk avtomobilining yukxonasida 8 nafardan koʻp odamlarni tashish qaysi haydovchilarga ruxsat beriladi?«D» va «С» toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan…
  13. Yuk avtomobili kuzovida yoʻlovchilar tashishda, ularning soni nima bilan belgilanadi?Jihozlangan oʻrindiqlarning soni bilan
  14. Yengil avtomobilning oldingi oʻrindigʻida bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan boʻlsa, ularni tashish qaysi yoshdan ruxsat etiladi?12 yosh
  15. Qattiq yoki egiluvchan ulagichda shatakka olgan yuk avtomobilining kuzovida odam tashishga ruxsat etiladimi?Ruxsat etiladi
  16. Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobili yukxonasiga oʻrnatilgan oʻrindiqlar, yukxonasi pastki qismidan qancha balandlikda mahkamlangan boʻlishi kerak?0.3 - 0,5 metr
  17. Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobilining yuk xonasi bortining balandligi:1,3 metrdan kam boʻlmasligi kerak
  18. Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobili yuk xonasi bordlari balandligi:1,3 metrdan kam boʻlmasligi kerak
  19. Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobili yukxonasiga oʻrnatilgan oʻrindiqlar, yukxona pastgi qismidan qancha balandlikda maxkamlangan boʻlishi kerak?0,3-0,5 metr
  20. Odamlarni quyidagi hollarda tashishga ruxsat etiladi:Barcha hollarda tashish taqiqlanadi
  21. Yuk transport vositasiga shunday joylashtirilishi kerakki, u:Shovqin hosil qilmasligi, chang koʻtarmasligi va atrof-muhitni iflos qilmasligi kerak
  22. Bir tirkamali avtopoezdning qanday eng katta uzunligida DYHXX ruxsatisiz harakatlanishga yoʻl qoʻyiladi?20 m
  23. Yuk tashish taqiqlanadi, agar:Tashilayotgan yuk vazni shu transport vositasi uchun ishlab chiqargan korxona belgilagan kattalikdan ortiq boʻlsa
  24. Kunduzgi vaqtda transportning old yoki orqa tomoniga 1 metrdan ortiq chiqib turgan yuk qanday belgilanadi?«Katta oʻlchamli yuk» diagonali boʻyicha qizil va oq chiziqlari boʻlgan taxtacha yoki bayroqchalar bilan
  25. Tashilayotgan yuk DYHX xizmatining ruxsatisiz transport vositasi oʻlchamlarining orqa nuqtasidan eng katta miqdorda qanday chiqib turishi mumkin?2,0 m
  26. Davlat YHX xizmatining ruxsatisiz transport vositasining yuk bilan yoki yuksiz qanday yuqori oʻlchamdagi balandlik bilan harakatlanishiga yoʻl qoʻyiladi?4,0 m
  27. Qanday holatlarda tashilayotgan yuk ishora taxtachalari yoki bayroqchalar bilan, kunning qorongʻi vaqtida, yetarli koʻrinmaydigan sharoitlarda esa yorugʻlik qaytargich yoki chiroqlar bilan belgilanadi?Yuk transport vositasining oʻlchamidan oldinda yoki orqada 1 m dan koʻp chiqib qolganda
  28. Davlat YHX xizmati ruxsatisiz transport vositasining yuk bilan yoki yuksiz harakatlanishiga qanday yuqori maksimal kenglikda yoʻl qoʻyiladi?2,55 m
  29. Tashiladigan yuk vaznini va oʻqlar boʻyicha tushadigan ogʻirlikni taqsimlashni kim tartibga solib turadi?Mazkur transport vositasini tayyorlovchi-korxona
  30. «Gazel» yuk avtomobilining yuk bilan balandligi yoʻl ustidan 3,8 m boʻlsa, uni tashish mumkinmi?Ruxsat beriladi
  31. Yuk transport vositasining oʻlchamlaridan chiqib tursa, kunning qorongʻi vaqtida va yetarli koʻrinmaydigan sharoitda qanday belgilanadi?«Katta oʻlchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi, qoʻshimcha ravishda oldiga oq, orqasiga esa qizil chiroqlar yoki yorugʻlik qaytargich bilan
  32. Qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti?A
  33. Kunning yorugʻ vaqtida harakatlanayotgan qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti?Hech kim buzmayapti
  34. Qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti?A va B
  35. Yengil avtomobilning tom qismiga oʻrnatilgan yukxonasida yukning balandligi (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) necha metrdan oshmasligi kerak?1,0 metr
  36. Yengil avtomobilning tom qismiga oʻrnatilgan yukxonasida yuk tashishdan, yukning uzunligi avtomobilning gabaritidan necha metrdan oshmasa tashishga yoʻl qoʻyiladi?0,5 metr
  37. Avtomobilda bolalarni himoya qilish tizimini joylashtirish uchun qaysi joy eng xavfsiz hisoblanadi?Orqa oʻrta oʻrindiq
  38. Velosipedlarda yuk tashilganda gabaritidan boʻyiga va eniga qanchadan ortiq chiqib tursa, yuk tashish taqiqlanadi?0,5 m
  39. Yengil avtomobilning tom qismiga oʻrnatilgan yukxonasidagi ushbu yuk transport vositasining gabaritlaridan oldi va orqasiga necha metrgacha chiqib turishiga ruxsat etiladi?0,5 m

Mavzu uchun kerakli YHQ bandlari

Shu mavzudagi savollar izohlarida eng koʻp tilga olinadigan bandlar:

«Maxsus holatlar» boʻlimidagi boshqa mavzular

Koʻp beriladigan savollar

«Odam va yuk tashish» mavzusida nechta savol bor?

YHQ testida «Odam va yuk tashish» mavzusiga 39 ta savol berilgan. Har birining toʻgʻri javobi va izohi alohida sahifada.

«Odam va yuk tashish» mavzusini qanday mashq qilish mumkin?

«Mavzuni mashq qilish» tugmasini bosing: savollar trenajyorda ketma-ket ochiladi, toʻgʻri javob darhol koʻrinadi. Bepul va roʻyxatdan oʻtmasdan.

Qoʻngʻiroq qilish