Odam va yuk tashish · 32-bilet, 4-savol

«Gazel» yuk avtomobilining yuk bilan balandligi yoʻl ustidan 3,8 m boʻlsa, uni tashish mumkinmi?

Javob variantlari

  1. Ruxsat berilmaydi
  2. Ruxsat beriladi, faqat yoʻnalishlarda osma koʻpriklar, osma yoʻl (estakada) boʻlmasa
  3. Ruxsat beriladi✓ Toʻgʻri javob

Izoh

YHQ 27-bobi 164-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Oʻta ogʻir, katta oʻlchamli va xavfli yuklarni tashishda gabarit oʻlchamlari yukli yoki yuksiz holda eni boʻyicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun - 2,6) metrdan va balandligi boʻyicha yoʻl sathidan 4 metrdan, uzunligi boʻyicha yakka avtotransport vositasi uchun - 12 metrdan, tirkama uchun - 12 metrdan, yarimtirkamali avtopoyezd uchun - 20 metrdan, tirkamali avtopoyezd uchun - 20 metrdan ortiq boʻlgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan boʻlishi kerak.

«Odam va yuk tashish» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish