Odam va yuk tashish · 46-bilet, 19-savol

Yengil avtomobillarning oldingi oʻrindigʻida bolalarni tashishga ruxsat etiladimi?

Javob variantlari

  1. Katta yoshli yoʻlovchi boʻlganda yoshidan qatʼiy nazar ruxsat etiladi
  2. 7 yoshdan kichik boʻlmagan bolalarni tashishga ruxsat etiladi
  3. 12 yosh va undan katta boʻlgan bolalarni tashishga ruxsat etiladi✓ Toʻgʻri javob

Izoh

YHQ 26-bobi 159-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 12 yoshga toʻlmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa oʻrindigʻida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan transport vositasining old oʻrindigʻida;

«Odam va yuk tashish» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish